Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gerhard „Gerd“ Müller (talaffuzi: Gerhard "Gerd" Myuller) – Olmoniyalik futbolchi. Jahon, Yevropa va 3 karra Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi.

Gerd Müller

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gerd Müller
Müller Bayern Munich jamoasida, 1973-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gerhard Müller
Tavallud sanasi 3-noyabr 1945-yil
Tavallud joyi Nördlingen, Olmoniya
Vafot sanasi 15-avgust 2021-yil(2021-08-15)
(75 yoshda)
Vafot joyi Wolfratshausen, Olmoniya
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1958–1963 1861 Nördlingen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1963–1964 1861 Nördlingen 31 (51)
1964–1979 Bayern Munich 453 (398)
1979–1981 Fort Lauderdale Strikers 71 (38)
Total 555 (487)
Milliy terma jamoa
1966 Andoza:Fbu21 1 (1)
1966–1974 Olmoniya 62 (68)
Boshqargan klublari
1992–2014 Bavariya (yordamchi)
Medallar
Erkaklar futboli
 Germaniya vakili
Futbol boʻyicha jahon chempionati
Olmoniya 1974
Uchinchi oʻrinMeksika 1970
UEFA Yevropa chempionati
UEFA Yevro 1972
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Gerhard „Gerd“ Müller (talaffuzi: Gerhard "Gerd" Myuller) – Olmoniyalik futbolchi. Jahon, Yevropa va 3 karra Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi.

1945-yil 3-noyabrda Germaniyaning AQSH armiyasi egallab turgan qismi – Bavariyaning Nyordlingen hududida tavallud topgan."Bavariya" va Olmoniya terma jamoasida hujumchisi boʻlgan. Futbol tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri.

Terma jamoa tarkibida xalqaro miqyosda 62 ta oʻyinda 68 ta gol urgan. „Bavariya“ safida 15 yil davomida milliy chempionatda 427 ta oʻyinda 365 ta gol urdi. Yevrokuboklarda 74 ta oʻyinda 65 ta gol urdi. Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 21-oʻrinni egallaydi. Eng yaxshi toʻpurarlar orasida har bir oʻyinda gol urish boʻyicha uchinchi oʻrinni egallaydi.

1970-yil Müller Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. „Bavariya“dagi muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, 1970-yilgi Jahon chempionatida 10 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi toʻpurari sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan. 1972-yilgi Yevropa chempionati finalida 2 ta gol urib eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Ikki yil oʻtgach Jahon chempionatida 4 ta gol urgan.

Mundiallarda 14 ta gol urgan Müller 32 yil davom etgan rekordni oʻrnatgan. Uning rekordi avval braziliyalik Ronaldo tomonidan, keyin esa hamyurti Miroslav Klose tomonidan rekord yangilangan. 1999-yilda Yevropaning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ reytingida 9-oʻrinni egalladi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ reytingida 13-oʻrinni egalladi. 2004-yilda Pele Müllerni FIFA 100 roʻyxatiga kiritgan.

Tarjimai holi

Gerd Müllerning otasi Heinrich Müller yuk mashinasi haydovchisi boʻlib ishlagan, onasi Karolina uy bekasi edi. Gerd oilada olti farzandning eng kichigi edi.

Müller olti yoshidan futbol oʻynashni boshlagan va futbolga juda qiziqib qolgan. 15 yoshida otasi vafotidan keyin maktabni tashlab paxta zavodida ishlashga majbur boʻldi. Ammo Gerd barcha boʻsh vaqtini sevimli mashgʻuloti futbolga bagʻishlagan.

Klubdagi faoliyati

1967-yilda toʻpga dastxat qoʻymoqda. Uning oʻng tomonida Franz Beckenbauer va Werner Olk

Müller professional futbolchilik faoliyatini 1960-yilda „TSV-1861“ klubida boshlagan. 1964-yilda Myunxenning „Bavariya“ klubiga koʻchib oʻtgan. Müller quyi ligada oʻynashga ham rozi boʻlgan. Gerdning jamoadoshlari boʻlajak nemis futbol yulduzlari Franz Beckenbauer va Sepp Mayer edi. Bir mavsum oʻtgach, klub Bundesliga oʻynashni boshlagan.

Müller 1960—1970-yillarda Yevropa futbolining deyarli barcha sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Gerd bu gʻalabalarga munosib hissa qoʻshgan. Bundesligada 427 ta oʻyinda 365 ta gol (oʻzidan keyingi hujumchi Klaus Fischerdan 97 ta koʻp) urgan. 1971/72-yilgi mavsumda 40 ta gol urdi va bir mavsumda gol urish boʻyicha Bundesliga rekordini oʻrnatgan. Robert Lewandowski 2020/2021-yilgi mavsumda 41 ta gol urganiga qadar bu rekord saqlanib qolgan. Bundan tashqari Müller Yevrokuboklardagi urilgan gollar boʻyicha rekordchiga aylangan. Gerd Yevrokuboklarda 77 ta oʻyinda 69 ta gol urgan (2010-yil 20-oktyabrda bu rekord ispaniyalik Raúl González tomonidan yangilangan). Gerd 1970/1971-yilgi „Yarmarkalar kubogi“ musobaqasida ham 7 ta gol urgan. Bu musobaqa UEFA tomonidan oʻtkazilmagan edi. Gerdning bir taqvimiy yilda eng koʻp gol urish boʻyicha rekordi uzoq yillar yangilanmagan. Müller 1972-yilda 85 ta gol urgan. 2012-yilda Lionel Messi bu rekordni yangiladi.

1979-yilda Müller Amerika Qoʻshma Shtatlarga joʻnab ketgan. Shimoliy Amerika futbol ligasining „Fort-Lauderdale Strikers“ klubida 3 mavsum davomida oʻynagan. Bu mavsumlarda 40 ta gol urgan. U jamoasi bilan „Soccer Boul“ musobaqasi finaligacha chiqdi va finalda „New-York Cosmos“ klubiga 0:3 hisobda magʻlub boʻlishgan.

Terma jamoadagi faoliyati

Gerd Olmoniya terma jamoasidagi debyutini 1966-yil 12-oktyabrda Turkiyaga terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoada 62 ta oʻyin oʻtkazib, 68 ta gol urgan. Müller oʻtkazgan oʻyinlaridan koʻra urgan gollari koʻp boʻlgan kam sonli futbolchilardan biridir.

Futbolchi terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini Germaniyada boʻlgan 1974-yilgi Jahon chempionati finalida oʻtkazgan. Finalda Gʻarbiy Germaniya Gollandiya terma jamoasini 2:1 hisobda magʻlub etgan va oltin toʻpni Müller olgan edi. Müller 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Bunga sabab sifatida esa oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazishini aytgan.

Futbolchilik faoliyatidan soʻng

1982-yil nafaqaga chiqqan Gerd depressiyaga tushib, alkogolga ruju qoʻygan. Uning klubdagi doʻstlari davolanish kursi oʻtashga koʻndirishgan. Keyin unga „Bavariya“ havaskorlar jamoasiga murabbiylik qilishni taklif etishgan. Adidas kompaniyasi Gerd Müller nomi bilan liboslar kolleksiyasini chiqargan.

2015-yilda Gerd qariyalar uyiga tushib qoldi. Bu vaqtda alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan edi.

Gerd xotini bilan ajrashgan va qizi bor. 2021-yil 15-avgustda 75 yoshida vafot etgan.

Yutuqlari

Gerd Müller Jahon kubogi bilan. 1974-yil.

Bavariya safida

  • 4 marta Germaniya chempioni – 1969, 1972, 1973, 1974.
  • 4 marta Germaniya kubogi sohibi – 1966, 1967, 1969, 1971.
  • 3 marta UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi – 1974, 1975, 1976.
  • UEFA kubok egalari kubogi sohibi – 1967.
  • Qitʼalararo kubok sohibi – 1976.

Germaniya terma jamoasida

  • Jahon chempioni – 1974.
  • Yevropa chempioni – 1972.

Individual yutuqlar

  • „Oltin toʻp“ sohibi – 1970
  • „Oltin butsa“ sovrindori – 1970, 1972
  • Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi – 1967, 1969
  • Germaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1967, 1969, 1970, 1972, 1973, 1974, 1978
  • Gʻarbiy Germaniya kubogi toʻpurari – 1967, 1969, 1971
  • Yevropa Chempionlar kubogi toʻpurari – 1972/73, 1973/74, 1974/75, 1976/77
  • Jahon chempionati toʻpurari – 1970
  • 1972-yilgi Yevropa Chempionati saralashining eng yaxshi toʻpurari – 7 gol
  • Yevropa chempionatining eng yaxshi toʻpurari – 4 gol
  • Bundesliga tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – 365 ta gol.
  • Gʻarbiy Germaniya kubogi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – 78 gol.
  • „Bavariya“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – 571 gol.
  • Bir mavsumda barcha musobaqalarda gollar soni boʻyicha „Bavariya“ rekordchisi – 67 gol.
  • Nemis futbolchilari orasida Yevrokuboklarda gol urish boʻyicha rekordchi – 66 gol.
  • FIFA „Xizmatlari uchun“ ordeni sohibi – 1998.
  • FIFA-100 roʻyxatiga kiritilgan.
  • „Golden Foot“ mukofoti sovrindori („Futbol afsonalari“ yoʻnalishi boʻyicha) – 2007
  • „Bravo Otto“ mukofoti sovrindori
  • Oltin haykalcha – 1973, 1974
  • Kumush haykalcha – 1975
  • Bronza haykalcha – 1972, 1976
  • IFFHS nashri Yevropaning XX asrdagi ramziy terma jamoasi roʻyxatiga kiritgan
Yuqori