„Oltin butsa“ (inglizcha: European Golden Shoe) — UEFA tarkibiga kiruvchi mamlakatlar milliy chempionatlarining eng yaxshi toʻpurariga har yili taqdim etiladigan futbol mukofoti. Ushbu mukofot ilk bor 1968-yilda taqdim etilgan. 1997-yildan buyon Yevropa sport nashrlari uyushmasi (inglizcha: European Sports Media) va „Adidas“ kompaniyalari mukofotning tashkilotchilari hisoblanadi.
Turkum::
- Futbol mukofotlari