Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Eduardo Celmi Camavinga (2002-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing „Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi. Angolada tugʻilg

Eduardo Camavinga

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eduardo Camavinga
Camavinga, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eduardo Celmi Camavinga
Tavallud sanasi 2002-yil 10-noyabr (2002-11-10) (23 yosh)
Tavallud joyi Kabinda, Angola
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2013 Drapeau-Fougères
2013—2018 Renn
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2019 Renn B 13 (4)
2019—2021 Renn 71 (2)
2021- Real Madrid 26 (2)
Milliy terma jamoa‡
2019- Fransiya U21 13 (2)
2020- Fransiya 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-iyun uchun)

Eduardo Celmi Camavinga (2002-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing „Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi. Angolada tugʻilgan, Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi.

Yoshligi

Camavinga 2002-yilda Angolaning Kabinda shahridagi qochqinlar lagerida kongolik er-xotindan dunyoga kelgan. Uning beshta ukasi bor. Ikki yoshida oilasi Fransiyaga koʻchib oʻtdi. Ular Fujerga koʻchib oʻtishadi, Camavinga shu yerda voyaga yetadi. U bir muddat dzyudo bilan shugʻullangan, keyinchalik faqat futbolga eʼtibor qaratish uchun mashgʻulotlarni tark etgan. 2013-yilda Kamavingalarning uyi yonib, oilaning koʻp mol-mulki vayron boʻlgan; Eduardoning taʼkidlashicha, bu uni futboldagi karyerasini davom ettirishga undagan motivatsiya manbayi boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati

Renn

Camavinga 11 yoshida Rennning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2018-yilning 14-dekabrida, 16 yosh-u bir oyligida imzoladi va klubning eng yosh futbolchisiga aylandi. 2019-yilning 6-aprelida Liga 1 doirasida „Anje“ga qarshi 3-3 hisobida yakunlanga oʻyinda „Renn“ safida debyut qildi va 16 yos-hu 6 oyligida „Renn“ning asosiy jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

2019-yil 18-avgust kuni Kamavinga Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinda (2:1) golli uzatmani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U „Renn“ safidagi ilk golini 2019-yilning 15-dekabrida, „Lion“ga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida (1:0) kiritdi.

2020-21 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida „Renn“ safida „Krasnodar“, "Chelsi" va „Sevilya“ga qarshi toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi.

Real Madrid

2021-yilning 31-avgust kuni "Real Madrid" Kamavinga bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2021-yil 12-sentyabrda Vigoning „Selta“ klubi ustidan yirik 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qildi va zaxiradan maydonga tushganidan koʻp oʻtmay gol urdi. Uch kundan soʻng, 2021-yil 15-sentabrda u „Real Madrid“ safida Chempionlar ligasidagi debyutini oʻtkazdi, 80-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi va „Inter“ga qarshi oʻyindagi gʻalaba golida Rodrigoga assistentlik qildi. Kamavinga 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va „Real Madrid“ safida"Liverpul " ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2021-22-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro maydondagi faoliyat

2019-yil 5-noyabrda Kamavinga Fransiya fuqaroligini oldi. Olti kun oʻtib, Matt32eo Guendouzi kattalar jamoasiga chaqirilgandan soʻng, u Gruziya va Shveysariyaga qarshi oʻyinlarda Fransiyaning U21 terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun chaqirildi.

2020-yilning 27-avgustida Pol Pogba COVID-19 testi bilan safdan chiqqanidan keyin Kamavinga Fransiyaning milliy terma jamoasiga chaqiridi. Natijada Rene Jerarddan (1932-yil, 17 yosh) keyin Fransiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan eng yosh futbolchiga aylandi, oʻshanda endigina 17 yosh, 9 oy va 17 kunlik edi. 8-sentyabr kuni u UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlim oʻrtalarida NʼGolo Kantening oʻrniga maydonga tushdi. Bu bilan u Moris Gastigerdan (1914-yil) keyin 17 yosh, 9 oy va 29 kunligida Fransiya terma jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

2020-yil 7-oktyabrda Kamavinga Fransiya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini Ukrainaga qarshi 7:1 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi va u oʻzining birinchi xalqaro golini urib, tepadan zarbasi bilan hisobni ochdi. Bu uni 1914-yilda Moris Gastigerdan keyin Fransiya terma jamoasi safida eng yosh toʻpurarga aylantirdi

2021-yil 25-iyunda Kamavinga Silven Ripollning 2021-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Fransiya terma jamoasining 18 kishilik tarkibiga kiritildi. Ammo keyinroq klubi eʼtiroz bildirgach jamoadan chetlatildi.

Karyera statistikasi

Klublar safida

2022-yil 28-maygacha oʻtkazilgan oʻyinlar holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Renn B 2018-19 Milliy chempionat 3 13 4 — — — — 13 4
Renn 2018-19 Liga 1 7 0 0 0 0 0 0 0 — 7 0
2019-20 Liga 1 25 1 5 0 1 0 4 0 1 0 36 1
2020-21 Liga 1 35 1 0 0 — 4 0 — 39 1
2021-22 Liga 1 4 0 0 0 — 2 0 — 6 0
Jami 71 2 5 0 1 0 10 0 1 0 88 2
Real Madrid 2021-22 La Liga 26 2 3 0 — 10 0 1 0 40 2
Karyera jami 110 8 8 0 1 0 20 0 2 0 141 8

Xalqaro maydonda

2020-yil 14-oktabrgacha oʻtkazilgan oʻyinlar holatiga koʻra
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Fransiya 2020 3 1
Jami 3 1

Mukofotlar

Real Madrid

  • La Liga : 2021-22
  • Ispaniya Superkubogi : 2021-22
  • UEFA Chempionlar Ligasi : 2021-22

Individual

  • UNFP Liga 1 Oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil avgust
  • IFFHS Menʼs Youth (U20) Jahon terma jamoasi: 2020, 2021
Yuqori