Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ciro Immobile (talaffuzi: Chiro Immobile: 1990-yil 20-fevralda tugʻilgan) — Italiyalik professional futbolchi, A Seriyaning Latsio klubi sardori va Italiya mill

Ciro Immobile

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ciro Immobile
Immobile Lazio 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ciro Immobile
Tavallud sanasi 1990-yil 20-fevral (1990-02-20) (36 yosh)
Tavallud joyi Torre Annunziata, Italy
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Markaziy Hujimchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lazio
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2008-yillar Sorrento
2008-2009-yillar Juventus
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2012-yillar Juventus 3 (0)
2010-2011-yillar → Siena (loan) 4 (1)
2011-yillar → Grosseto (loan) 16 (1)
2011-2012-yillar → Pescara (loan) 37 (28)
2012-2013-yillar Genoa 33 (5)
2013-2014-yillar Torino 33 (22)
2014-2015-yillar Borussia Dortmund 24 (3)
2015-2016-yillar Sevilla 8 (2)
2016-yil → Torino (loan) 14 (5)
2016-yil Lazio 219 (156)
Milliy terma jamoa
2009-2010-yillar Italy U20 6 (0)
2009-2013-yillar Italy U21 16 (9)
2014-yil Italy 55 (15)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-noyabr uchun)

Ciro Immobile (talaffuzi: Chiro Immobile: 1990-yil 20-fevralda tugʻilgan) — Italiyalik professional futbolchi, A Seriyaning Latsio klubi sardori va Italiya milliy futbol terma jamoasida hujumchisi.

Immobile dastlabki faoliyatini „Sorrento“ jamoasida boshlagan. 2009-yilda u "Yuventus" jamoasi tomonidan sotib olinadi va keyinchalik B Seriyaning uchta klubiga, jumladan Peskaraga jamoasiga ijaraga beriladi. Peskara bilan 2012-yilda Genoaga koʻchib oʻtishdan oldin eng yaxshi toʻpurar sifatida liga chempionligini qoʻlga kiritadi. Klubdagi bir mavsumdan soʻng u „Yuventus“ning shahardosh jamoasi „Torino“ga koʻchib oʻtadi. „Torino“da u A Seriyaning eng yaxshi toʻpurarligi uchun „Capocannoniere“ mukofotini qoʻlga kiritadi. „Torino“dagi mavsumdan soʻng u Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubiga 2014-yilda taxminan 18 million yevroga sotiladi va u yerda DFL Superkubogini qoʻlga kiritadi. Keyin esa Ispaniyaning „Sevilya“ klubiga 2015-yilda qoʻshiladi. 2016-yilda esa u ijara asosida „Torino“ga qaytadi, keyinroq oʻsha yilning iyulida „Latsio“ga sotib yuboriladi. „Latsio“dagi ikkinchi mavsumida u 33 oʻyinda 29 ta gol urib, ikkinchi marta Capocannoniere sovrinini qoʻlga kiritadi. 2019-2020-yilgi mavsum Immobile faoliyatidagi eng sermahsul mavsumlardan biri boʻladi. U 36 ta gol bilan bir mavsumda A Seriyada eng koʻp gol urish boʻyicha rekordni takrorlaydi va uchinchi Capocannoniere unvonini va yevropaning eng yaxshi toʻpurariga berilgan birinchi Yevropa Oltin butsasini qoʻlga kiritadi. Immobile shuningdek, „Latsio“ bilan Italiya kubogi va ikki marta Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Hozirda u „Latsio“ tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchi. 2022-yilda u 31 oʻyinda 27 ta gol urib, toʻrtinchi marta Capocannoniere gʻolibiga aylandi.

Immobile 2014-yilda Italiya milliy futbol terma jamoasida debyut qilgan va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Evro-2016 va UEFA Evro-2020 uchun tarkibga kiritilgan va Yevro-2020 turnirda gʻalaba qozongan.

Klublardagi faoliyati

Sorrento va Yuventus

Neapol provinsiyasidagi Torre Annunziata shahrida tugʻilgan Immobile oʻzining dastlabki faoliyatini „Torre Annunziata 88“ futbol maktabida boshlagan. Salernitananing yoshlar jamoasiga oʻtishdan oldin, „Maria Rosa“ jamoasiga oʻtgan. Ammo u jamoa tarkibida maydonga tushmagan. Keyinchalik u „Sorrento“ jamoasiga qoʻshiladi. Jamoa tarkibida 2007-2008- yilgi mavsumda 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi safida 30 ta gol urishga erishgan. Shu jumladan „Torino“ga qarshi oʻyinda qayt etgan dubli „Yuventus“ jamoasi kuzatuvchilarini etiboriga tushishiga sabab boʻlgan.

2008-yilda skaut Ciro Ferrara tavsiyasiga koʻra „Yuventus“ tomonidan 80 000 yevro evaziga shartnoma imzolagan.

2011-yilning avgustida „Yuventus“ tarkibdagi surati.

Immobile 2009-yilda Primavera jamoasiga qoʻshiladi. U yerda Ayub Daud bilan ajoyib tandim boʻlgan. Bu jamoani 2009-yilda Torneo di Viaregjioda gʻalaba qozonishida katta rol oʻynaydi. Jamoa tarkibida jami beshta gol urgan.

2009-yil 14-mart kuni Immobile A Seriyadagi debyutini „Bolonya“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Immobile 89-daqiqada "Yuventus" sardori Alessandro Del Pieroni oʻrniga maydonga tushadi. 2009-yil 25-noyabrda Immobile Yevropa musobaqalarida debyut qilgan. Chempionlar Ligasidagi dastlabki oʻyinida Fransiyaning „Bordo“ jamoasiga qarshi oʻyinda Del Pieroning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushadi. 2010-yil fevral oyida Torneo di Viareggo turnirida ilk oʻyinini „Empoli“ jamoasiga qarshi oʻtkazadi va oʻyinda xet-trik qayd etib, jamoa safida ketma-ket ikkinchi mavsum chempionlikni qoʻlga kiritadi.

Siena va Grosseto jamoalariga ijara

2010-yilning 1-iyulida Immobile jamoadoshi Luka Marrone bilan birgalikda B Seriyaga yaqinda tushib ketgan „Siena“ klubiga ijaraga beriib yuboriladi. Ularning evaziga esa „Yuventus“ Toskana klubidan Nikkolo Jannetti, Leonardo Spinatsola va avstriyalik yarim himoyachi Marsel Byuxelni ijaraga olgan. Immobile Seina jamoasi safida hech qachon asosiy jamoa tarkibiga kirmagan. 2011-yilning yanvariga kelib esa jamoani tark etadi. Sienadan ketganidan soʻng, „Yuventus“ uni B Seriyaning 2010-2011-yilgi mavsumining qolgan qismi uchun „Grosseto“ jamoasiga ijaraga beradi.

Peskaraga ijara

2011-yilning 17-avgustida Immobile „Yuventus“dan bir mavsumga ijara asosida B Seriyaning „Peskara“ klubiga oʻtadi. U Peskara uchun birinchi golini 26-avgust kuni ligada Hellas Verona jamosiga qarshi oʻyinda amalga oshiradi. 2011—2012-yilgi B Seriya mavsumning birinchi yarmida 14 ta gol urishga erishadi. 2012-yilning 30-yanvarida"Genoa" B Seriyadagi oʻyinidan keyin „Yuventus“dan oʻyinchi huquqlarining yarmi uchun 4 million yevro toʻlaganini tasdiqlaydi. U Italiya ikkinchi divizionida „Peskara“ jamoasi tarkibida mavsumni yakunladi. Oʻsha mavsumda Peskara klubi chempionlikni qoʻlga kiritgan. Shu bilan Pescara B seriyadan A Seriyaga koʻtariladi. Imobile oʻsha mavsumda 28 ta gol bilan B seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Immobile, shuningdek, jamoadoshlari Lorenzo Insigne va Marko Verratti bilan birga 2012-yilgi AIC Gran Gala del Calcio musobaqasida B seriyaning eng yaxshi futbolchilari deb topilgan.

Genoa

Immobile 2012-yilning 1-iyulida Peskara jamoasidagi ijara muddati tugaganidan soʻng rasman „Genoa“ futbolchisiga aylangan. 2013-yilning 19-iyunida „Genoa“ va „Yuventus“ Immobile va Boakyening birgalikdagi egalik shartnomasini yana yangiladilar.

Torino

2013-yilning 12-iyulida „Yuventus“ 2,75 million yevroga evaziga „Genoa“dan „Immobile“ transfer huquqlarining yarmini sotib oladi. Oʻsha kuni oʻzidayoq 2,75 million yevro evaziga yangi sheriklik shartnomasi boʻyicha shaharning boshqa bir jamoasi Torinoga sotib yuboriladi.

U „Torino“ safida debyut oʻyinini Italiya kubogining birinchi bosqichida sobiq jamoasi „Peskara“ga qarshi oʻtkazdi va mavsumdagi ilk golini kiritadi. Klub safida A Seriyadagi debyutida golli uzatmani amalga oshiradi. 7-oktyabrgacha „Sampdoriya“ jamosiga qarshi oʻyinda gol ura olmaydi. Immobile 2012-yilning dekabridan beri A Seriyada gol ura olmayotgandi. Bu gol Immobile uchun muvaffaqiyatdan darak beradi, futbolchi keyingi 15 oʻyinda yana 12 ta gol uradi, shu jumladan dekabr oyida „Kyevo Verona“ga qarshi oʻyinda A Seriyadagi birinchi dublini amalga oshiradi.

2014-yilning 22-martida Immobile Livornoga qarshi oʻyinda A Seriyadagi ilk xet-trikini qayd etadi. Uch kundan soʻng, "Roma" ga qarshi oʻyinda chap oyogʻi bilan ajoyib zarba yoʻllaydi va "Olimpiko" stadionida vaqtinchalik Granata darajasiga erishadi. 6 aprel kuni u Kataniyaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobidagi oʻyinda gʻalaba golini kiritadi.

Oʻsha yilning 13-aprel kunida A seriya navbatdagi turida „Genoa“ 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, oʻshanda Immobile va Alessio Cersi qoʻshib berilgan vaqtda gollar urib, „Torino“ni 2:1 hisobida gʻalaba qozonishiga xissa qoʻshishadi. U keyingi turda "Latsio" safarida 3:3 hisobidagi durang oʻyinda yana gol uradi. 27 aprel kuni esa Immobile "Udineze" 2:0 hisobida magʻlub etiladi va Immobile ketma-ket oltinchi oʻyinda gol uradi. Bu uning mavsumdagi gollari sonini 21 taga yetkazadi hamda „Torino“da Paolo Pulich va Franchesko Gratsianining mavsumiy gollari rekordini takrorlaydi.

11-may kuni Immobile „Parma“ ga qarshi mavsumning soʻnggi oʻyinida gol uradi, biroq ikkinchi boʻlimda qizil kartochka oladi va „Fiorentina“ ga qarshi final oʻyinida diskvalifikatsiya qilinadi. U mavsumni 33 oʻyinda 22 gol va Italiya kubogida bitta gol bilan yakunlaydi. U 1976-1977 yilgi mavsumda Franchesko Gratsianidan keyin Kapokanonyerni yutgan birinchi Turinlik futbolchi boʻladi.

Borussiya Dortmund

Immobile 2014-yilning iyul oyida Dortmundning „Borussiya“sida oʻynagan

2014-yil 2-iyunda Bundesliga klubi Dortmundning Borussiya klubi Immobilen bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi, garchi Torino va „Yuventus“ oʻrtasidagi umumiy egalik shartnomasi hal qilinmagan boʻlsa ham. Torino prezidenti Urbano Qohira 2014-yil 10-may kuni Yuventus va Dortmundni transferga oid FIFA qoidalarini buzganlikda ayblaydi, FIGC shuningdek, bunday transferlar huquqlari egalarning oʻzaro roziligida boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi. Qohira ham Immobileni sport va foyda uchun kamida bir mavsum saqlab qolmoqchi edi. 2014-yilning 18-iyunida Yuventus Immobilening qolgan 50% transfer huquqini Torinoga 8,035 million yevro evazigaga sotadi. Keyinroq „Torino“ moliyaviy hisobotida nemis tomoniga transfer narxi 17,955 million yevro ekanligini maʼlum qiladi. 2014-yil 13-avgust kuni Immobile Dortmund jamoasi safida 2014-yilgi DFL-Superkubogi uchun „Bavariya“ga qarshi asosiy tarkibda hujumchi sifatida oʻzining rasmiy debyutini oʻtkazadi. Uchrashuv „Borussiya“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi va kubokni koʻtarishi bilan yakunlanadi.

Immobile Bundesligadagi debyutini 23-avgust kuni Dortmundning Bundesliganing 2014-2015 yilgi mavsumi ochilish oʻyinida oʻtkazadi va oʻz uyida „Bayer 04“ ga 0:2 hisobida magʻlub boʻladi. 2014-yilning 16-sentyabr kuni esa Immobile Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Arsenal" ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonadi va klub uchun birinchi golini uradi. U Chempionlar ligasining oltita oʻyinida, "Anderlext"ni mehmonda 3:0 hisobida, "Galatasaroy" ni 4:1 hisobida va „ Anderlext“ bilan 1:1 hisobida durang oʻyinda toʻrtta gol uradi, „Borussiya“ guruh bosqichidan birinchi oʻrinda chiqadi. 2014-yilning 17-dekabrida Immobile „Volfsburg“ ga qarshi oʻyinda (2:2) birinchi golga assistentlik qiladi va ikkinchi golni urdi.

Sevilla

2015-yilning avgustida, UEFA Superkubogi oldidan „Sevilya“ tarkibida.

2015-yilning 12-iyulida Immobile Dortmundning Borussiya klubidagi birinchi mavsumida ligada atigi 3 ta gol urgan va barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda jami 10 ta gol urganidan soʻng, ijara asosida „Sevilya“ jamoasiga qoʻshiladi. Shuningdek „Sevilya“ jamoasida ham uni toʻliq sotib olish imkoniyati bor edi. U 2015-yilning 11-avgustida "Barselona" ga qarshi kechgan UEFA Superkubogi finalining 80-daqiqasida Kevin Gameyro oʻrniga zaxiradan maydonga tushib, Yevgeniy Konoplyankaning vaqtinchalik tenglashtiruvchi goliga yordam berib, oʻyinni qoʻshimcha boʻlimlarga olib oʻtilishiga sababchi boʻladi. Ammo uchrashuvda „Barselona“ 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi.

2015-yil 31-iyul kuni Immobile Vikaraj Roudda "Uotford" ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida raqib bilan toʻqnash ketganidan soʻng bor-yoʻgʻi besh daqiqa oʻynagach, kislorod niqobi va boʻyinbog ‘ taqib maydondan tashqarisida hushini yoʻqotadi. U tekshiruvlar uchun kasalxonaga yotqizilgan va ahvoli tiklangan. Keyinchalik uning burun pardasi yorilib ketgani aniqlandi, bu katta jarohatga oʻxshardi, lekin jarohat faqat kichik boʻlib chiqdi. 2015-yilning 8-noyabrida Immobile oʻzining „Sevilya“ tarkibifagi birinchi golini La Liga doirasida Real Madrid bilan baxsning 36-daqiqada kiritadi va "Real Madrid" ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishadi. Noyabr oyida Immobile jamoa tarkibida beshinchi marta maydonga tushganida sotib olish majburiyati amalga oshirildi va uni 11 million evroga naqd 3 million evroga kredit evaziga sotib olinadi.

= "Torino"ga ijara

2016-yilning 14-yanvarida Immobile 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Torinoga qaytadi. Ikki kundan soʻng, debyutida u „Frozinone“ ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonadi. 14-fevral kuni u „Palermo“ga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, dubl qayd etadi. 22-mart kuni „Yuventus“ bilan derbida tanaffus paytida mushaklaridan jarohat olgani va bir oyga safdan chiqishi aniqlangan edi.

Latsio

2016-yilning 27-iyulida Immobile "Latsio" tarkibiga 8,75 million yevro (ortiqcha agentlarga 700 000 yevro komissiya) evaziga koʻchib oʻtgani va shartnoma imzolaganini elon qiladi. 21-avgust kuni esa Immobile „Latsio“ning „Atalanta“ ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozongan dastlabki oʻyinida debyut qiladi. Immobile mavsumni Italiya kubogida 36 oʻyinda 23 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan yakunlaydi, 2013-2014-yilgi mavsumda „Torino“ bilan Kapokanonyerda gʻalaba qozonganidan keyin oʻzining shaxsiy rekordidan oshib ketadi, ammo bu safar Kapokanonyerda toʻpurarlik poygasida gʻalaba qozona olmaydi va magʻlub boʻladi. Bu sovrin "Roma" ning bosniyalik hujumchisi Edin Jekoga 29 ta gol bilan nasib etadi.

2017-yil 13-avgustda Immobile Italiya Superkubogida jamoasining dastlabki ikkita golini kiritadi. „Latsio“ „Yuventus“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonadi. 10-sentyabr kuni „Latsio“ning mavsumdagi uchinchi oʻyinida u "Milan" ga qarshi oʻyinda (4:1) xet-trik qayd etadi va golli uzatmani amalga oshiradi. 21-oktabr kuni Immobile „Latsio“ bilan 2022-yilgacha shartnoma imzolaydi. 2018-yilning 6-yanvarida Immobile SPAL mehmoni boʻlib birinchi boʻlimda toʻrtta gol uradi, bu 16 yil ichida bir mavsumda bir nechta xet-trik qayd etgan birinchi „Latsio“ futbolchisi sifatida qayt etilishiga sabab boʻladi. Oʻyinda „Latsio“ 5:2 hisobida gʻalaba qozonadi. 2018-yilning 22-fevralida Immobile Yevropa Ligasi 32-tur javob oʻyinida „Styaua Buxurest“ jamoasiga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozonadi va bu „Latsio“ga 1/8 finalga chiqish imkonini beradi. 2018-yil 31-mart kuni Immobile „Latsio“ning „Benevento“ ga qarshi oʻz uyida 6:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida ikkita gol uradi, bu uning mavsumdagi 36-goli boʻldi va „Latsio“ futbolchisi tomonidan bir mavsumda eng koʻp gol urish boʻyicha Jorjio Chinaglianing oldingi rekordini ikki golga yangiladi. Immobile mavsumni 33 ta oʻyinda 29 ta gol urib, „Inter“ futbolchisi Mauro Ikardi bilan birgalikda Kapokanonyer gʻolibi boʻladi.

2019-yilning 3-noyabrida Immobile Latsio bilan „Milan“ jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida „Latsio“ safidagi oʻzining 100-golini kiritadi. 2020-yil 26-iyul kuni Immobile Hellas Verona jamoasiga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etadi. Immobile mavsumni 36 ta gol bilan yakunladi va Kapokanonyerda yana birinchilikni qoʻlga kiritadi va A Seriya mavsumida eng koʻp gol urish boʻyicha Gino Rossetti va Gonsalo Iguainning rekordini takrorlaydi. Shuningdek, u oʻz faoliyatida ilk bor Yevropa „Oltin butsa“ sovrinini qoʻlga kiritadi va 2007-yilda Franchesko Tottidan keyin bu sovrinni qoʻlga kiritgan birinchi italiyalik futbolchi shuningdek bu sovrinni Tottidan keyin qoʻlga kiritgan A Seriya futbolchisiga aylanadi. Bundan tashqari, u A Seriyada 14 ta gol bilan bir mavsumida eng koʻp penaltidan gol oʻrib rekord oʻrnatadi.

2020-yil 31-avgust kuni Immobile „Latsio“ bilan shartnomasini besh yillga uzaytiradi. 2020-yil 20-oktyabrda u 2020-2021-yilgi UEFA Chempionlar ligasida sobiq jamoasi „Borussiya Dortmund“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi. 2021-yil 12-may kuni Immobile A Seriyada „Parma“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan baxsda yagona golga mualliflik qiladi. Bu uning „Latsio“ safidagi barcha musobaqalardagi 150-goli boʻladi.

2021-yil 30-oktyabrda italiyalik hujumchi „Atalanta“ jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan baxsda oʻzining faoliyatidagi 159-golini kiritdi va Silvio Piolaning klubdagi barcha vaqtlardagi gollari rekordiga tenglashadi. 2021-yil 4-noyabr kuni Immobile UEFA Yevropa ligasida „Marsel“ darvozasiga gol urdi va 160 gol bilan Silvio Piolani ortda qoldirib, "Latsio" tarixidagi eng yaxshi toʻpurariga aylandi Bu gol bilan italiyalik hujumchi klubning Yevropa ligasidagi eng yaxshi toʻpurari ham boʻldi. U „Latsio“ safida 10 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan sobiq hujumchi Perluiji Kasiragidan oʻzib ketadi. 2021-yil 7-noyabr kuni Salernitanaga qarshi oʻyinda (3:0) Immobile A Seriyaning ketma-ket olti mavsumida 10+ gol urgan birinchi „Latsio“ futbolchisiga aylanadi. 2022-yil 6-yanvar kuni „Empoli“ ga qarshi oʻyinda (3:3 durang) Immobile A Seriya tarixida 7 ta mavsumda ligada 15 ta gol urgan toʻrtinchi futbolchi boʻladi. 2022-yil 5-mart kuni „Kalyari“ga (3:0) qarshi oʻyinda Immobile „Latsio“ safida A Seriyadagi 200-uchrashuvini oʻtkazadi. Bundan tashqari, „Rossoblu“ darvozasiga kiritgan goli bilan u Silvio Piolaning „ Latsio“ bilan A Seriyadagi gol rekordini tenglashtiradi. A Seriyada olti xil mavsumda 20 yoki undan ortiq gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. 2022-yil 16-aprel kuni „Torino“ ga qarshi oʻyinda (1:1) Immobile oʻzining A Seriyadagi 180-golini uradi va „Sampdoriya“ faxriysi Fabio Kualyarella bilan tenglashib, liganing barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 13-oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, u A Seriya tarixidagi uchta alohida liga kampaniyasida kamida 25 ta gol urgan va faoliyatida uchinchi marta barcha musobaqalarda 30+ gol urgan birinchi italiyalik futbolchiga aylandi. 2022-yil 24-aprelda "Milan"ga qarshi oʻyinda (2:1 magʻlubiyati) Immobile 2016-2017-yilgi mavsumdan beri kamida uch marta liga mavsumida 25 dan ortiq gol urgan Yevropaning top-5 ligasidagi toʻrtinchi futbolchiga aylanadi va Robert Levandovskiga, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldularga tenglashib olad. 2023-yil 19-fevralda Immobile Salernitana darvozasiga ikkita gol uradi (0:2 gʻalaba qozonib), liganing toʻpurarlari reytingida 8- oʻringa chiqib oladi.

Xalqaro maydonda

Immobile 2015-yil iyun oyida Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinida Portugaliya himoyasiga qarshi.

2014-yilning 2-martida u Chezare Prandelli tomonidan kattalar terma jamoasiga birinchi chaqiruv oladi, uch kundan keyin Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining 69 daqiqasida Alessio Cerci oʻrniga maydonga tushadi. Afsuski oʻsha oʻyinda Ispanya milliy jamoasiga magʻlub boʻladi.

2014-yil 13-may kuni Immobile Italiyaning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun vaqtinchalik 30 kishilik kengaytirilgan tarkibiga kiritiladi. 1-iyunda esa 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritiladi. 8-iyun kuni u Italiya milliy terma jamoasining jahon chempionatining soʻnggi tayyorgarlik bosqichida Braziliyaning „Fluminense“ klubi ustidan 5:3 hisobida norasmiy gʻalaba qozongan baxsida xet-trik qayd etadi. Immobile 14-iyun kuni Manausda Italiyaning Angliya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan dastlabki oʻyinida debyut qildi va soʻnggi 17 daqiqada italiyalik gʻalaba qozongan Mario Balotelli oʻrniga oʻynadi. U 2014-yil 4-sentyabr kuni Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning 3-daqiqasida xalqaro maydondagi birinchi rasmiy golini kiritdi.

2016-yilning 31-mayida Immobile Antonio Konte boshchiligidagi Italiya terma jamoasi Yevro-2016 uchun tarkibiga kiritiladi.

2021-yilning iyun oyida u bosh murabbiy Roberto Manchini tomonidan Italiya terma jamoasining UEFA Evro-2020 uchun tarkibiga kiritiladi. 11 iyun kuni turnirning ochilish oʻyinida u Italiyaning ikkinchi goliga mualliflik qiladi va Turkiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Oʻsha oʻyinda Insinye tomonidan kiritilgan jamoasining yakuniy goliga assistentlik qiladi. 16-iyun kuni boʻlib oʻtgan guruhdagi keyingi oʻyinda u Shveytsariyaga qarshi oʻyinda (3:0) Italiyaning uchinchi goliga mualliflik qiladi. 6-iyul kuni Ispaniyaga qarshi kechgan yarim finalda u ikkinchi boʻlimda Federiko Kyesa tomonidan urilgan golga assistentlik qiladi va Domeniko Berardiga almashtirildi. qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Italiya penaltilar seriyasida 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, turnir finaliga yoʻl oldi. 11-iyul kuni Immobile finalda "Uembli" stadionida Angliya ustidan penaltilar seriyasida 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qoʻlga kiritadi. Immobile uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi, biroq asosiy vaqtning ikkinchi yarmida Berardiga almashtiriladi.

Oʻyin uslubi

Immobile birinchi navbatda markaziy hujumchi boʻlsa-da, oldingi chiziqning istalgan joyida oʻynashga qodir. Tezkor hujumchi, Immobile birinchi navbatda toʻpsiz hujumkor harakati, shuningdek, hujumlarni amalga oshirish va boʻshliqlardan foydalanish qobiliyati bilan ajralib turadi. Oldinga yugurishda u tez-tez markaziy pozitsiyadan keng boʻshliqlarga intiladi va bu unga raqib himoya chizigʻiga yetarlicha muammo tugʻdirishiga sabab boʻlishi mumkin. Uning asosiy xususiyatlari — maqsadni koʻzlash va ikkala oyogʻi bilan ham zarba beraolishi qobiliyati, shuningdek, uning jismoniy xususiyatlari ajoyib. U ham mustahkam texnikaga ega va havodagi koʻrashlarda samarali. U hujumdagi qobiliyatlari va gol urish qobiliyatidan tashqari, toʻpni quvib oʻtishga tayyorligi va toʻpga ega boʻlmaganda raqiblarga pressing qilish bilan ham tanilgan mehnatkash futbolchi. Maydoni koʻra olish qobilyati esa unga oʻzi gol urishdan tashqari jamoadoshlariga assistentlik qilish imkonini ham beradi. Shuningdek Immobile penaltini ham aniq tepuvchi hisoblanadi. Uning gol urish rekordi va samaradorligi unga „Latsio“ tarafdorlari orasida „Qirol Chiro“ laqabini keltirgan.

Shaxsiy hayot

2014-yil may oyida Immobile va uning uzoq vaqtdan beri sevgilisi Jessica Melena turmush qurishadi. Hozirda ularning uch nafar farzandlari bor.

Faoliyat statistikasi

Klub

2023-yil 2-aprelgacha bo'lgan o'yinlar
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Xaqaro Yevropa Boshqa Jami
Division oʻyinlar Gollar Oʻyin Gol oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sorrento 2006-2007 Serie C2 0 0 1 0 1 0
Juventus 2008-2009 Serie A 1 0 0 0 0 0 1 0
2009-2010 2 0 1 0 1 0 4 0
Total 3 0 1 0 1 0 0 0 5 0
Siena (Ijara) 2010-2011 Serie B 4 1 2 1 6 2
Grosseto (ljara) 2010-2011 Serie B 16 1 0 0 16 1
Peskara (Ijara) 2011-2012 Serie B 37 28 0 0 37 28
Genoa 2012-2013 Serie A 33 5 1 0 34 5
Torino 2013-2014 Serie A 33 22 1 1 34 23
Borussia Dortmund 2014-2015 Bundesliga 24 3 3 3 6 4 1 0 34 10
Sevilla (Ijara) 2015-2016 La Liga 8 2 3 2 3 0 1 0 15 4
Torino (Ijara) 2015-2016 Serie A 14 5 0 0 14 5
Latsio 2016-2017 Serie A 36 23 5 3 41 26
2017-2018 33 29 4 2 9 8 1 2 47 41
2018-2019 36 15 5 3 5 1 46 19
2019-2020 37 36 2 1 4 2 1 0 44 39
2020-2021 35 20 1 0 5 5 41 25
2021-2022 31 27 2 1 7 4 40 32
2022-2023 21 9 1 0 6 2 28 11
Jami 229 159 20 10 36 22 2 2 287 193
Faoliyatida jami 401 226 31 17 46 26 5 2 483 271

    Milliy terma jamoa

    2022-yil 24-martgacha bo'lgan o'yinlar
    Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollar
    Milliy terma jamoa Yil oʻyin gol
    Italiya 2014-yil 9 1
    2015-yil 3 0
    2016-yil 8 4
    2017-yil 10 2
    2018-yil 5 0
    2019-yil 4 3
    2020-yil 3 0
    2021-yil 12 5
    2022-yil 1 0
    Jami 55 15
    2022-yil 24-martgacha bo'lgan o'yinlar.
    Ballar va natijalar birinchi navbatda Italiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir harakatsiz goldan keyin hisobni koʻrsatadi.
    List of international goals scored by Ciro Immobile
    No. sana joy Muhlis Raqib Hisob Natija Turner
    1 2014-yil 4-sentyabr Stadio San Nicola, Bari, Italiya 5  Niderlandiya 1-0 2-0 Oʻrtoqlik
    2 2016-yil 5-sentyabr Sammy Ofer Stadium, Haifa, Isroil 16  Isroil 3-1 3-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
    3 2016-yil 9-oktyabr Philip II Arena, Skopje, Macedonia 18  Macedonia 2-2 3-2 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
    4 3-2
    5 2016-yil 12-Noyabr Rheinpark Stadion, Vaduz, Liechtenstein 19  Lixtenshteyn 2-0 4-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
    6 2017-yil 24-Mart Stadio Renzo Barbera, Palermo, Italiya 21  Albaniya 2-0 2-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
    7 2017-yil 5-sentyabr Mapei Stadium — Città del Tricolore, Reggio Emilia, Italiya 26  Isroil 1-0 1-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
    8 2019-yil 8-sentyabr Tampere Stadium, Tampere, Finland 37  Finlandiya 1-0 2-1 UEFA Euro 2020 saralash
    9 2019-yil 18-Noyabr Stadio Renzo Barbera, Palermo, Italy 39  Armaniston 1-0 9-1 UEFA Euro 2020 saralash
    10 4-0
    11 2021-yil 25-Mart Stadio Ennio Tardini, Parma, Italiya 43  Shimoliy Irlandiya 2-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
    12 2021-yil 31-mart LFF Stadium, Vilnius, Lithuania 45  Litva 2-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
    13 2021-yil 4-iyun Stadio Renato DallʼAra, Bologna, Italiya 46  Chexiya 1-0 4-0 Oʻrtoqlik
    14 2021-yil 11-iyun Stadio Olimpico, Rome, Italiya 47  Turkiya 2-0 3-0 UEFA Euro 2020
    15 2021-yil 16-iyun Stadio Olimpico, Rome, Italiya 48   Shveysariya 3-0 3-0 UEFA Euro 2020

    Yutuqlar

    Yuventus yoshlari

    • Torneo di Viareggio : 2009, 2010,

    Peskara

    • B seriya : 2011-2012 gʻolibi

    Borussiya Dortmund

    Latsio

    • Italiya kubogi: 2018-2019
    • Italiya Superkubogi: 2017, 2019

    Italiya

    • UEFA Yevropa chempionati : 2020

    Shaxsiy

    • Torneo di Viaregjioning eng yaxshi toʻpurari: 2010 (10 gol)
    • Torneo di Viaregjio eng yaxshi futbolchisi: 2010
    • B seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2012
    • B seriyaning eng yaxshi toʻpurari: 2011-2012 (28 gol)
    • Capocannoniere: 2013-2014 (22 gol), 2017-2018 (qoʻshma — 29 gol), 2019-2020 (36 gol), 2021-2022 (27 gol)
    • A Seriyaning eng yaxshi jamoasi: 2013-2014, 2017-2018, 2019-2020, 2021-2022
    • UEFA Yevropa ligasi toʻpurari : 2017-2018 (qoʻshma — 8 gol)
    • UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi tarkibi: 2017-2018
    • A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi : 2019-yil oktyabr
    • Yevropa oltin tuflisi: 2019-2020
    • A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi: 2019-2020, 2021-2022
    • "Latsio" — mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2019-2020
    • Italiyada yilning eng yaxshi sportchisi: 2020

    Buyurtmalar

    • 5-sinf / Ritsar: Cavaliere Ordine al Merito della Italiana Repubblica : 2021
    Yuqori