Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Italiyaning Milan klubi (Associazione Calcio Milan) – Italiyaning Lombardia viloyatida joylashgan professional klubi. 1899-yilda tashkil etilgan klub, Italiya f

A.C. Milan

Italiyaning Milan klubi (Associazione Calcio Milan) – Italiyaning Lombardia viloyatida joylashgan professional klubi. 1899-yilda tashkil etilgan klub, Italiya futbolining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan A Seriyada ikki mavsumdab tashqari (1980/1981 va 1982/1983-yilgi mavsumlarni B seriada oʻtkazgan) butun tarixini yuqori ligada oʻtkazgan.

AC Milan
AC Milan badge
Toʻliq nomi Associazione Calcio Milan S.p. A.
Laqabi I Rossoneri (Qizil va qoralar)
Il Diavolo (Iblislar)
Asos solingan 13-dekabr, 1899-yil (126 yil avval) (1899-12-13), Milan futbol va kriket klubi sifatida
San Siro
Sigʻimi 75,817 (cheklangan sigʻimi)
80,018 (maksimal)
Egasi

RedBird Capital Partners (99.93%)

Private shareholders (0.07%)
Raisi Paolo Scaroni
Bosh murabbiy Paulo Fonseca
Vebsayti Klub sayti
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Uchinchi libosi
Amaldagi mavsum

Mahalliy miqyosda „Milan“ 19 ta chempionlikni qoʻlga kiritgan va A Seriyada „Yuventus“ va hamshahar raqibi „Inter“ jamoasidan keyin, uchinchi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Klub shuningdek, 5 marta Italiya kubogi va 7 marta Italiya Superkubogi gʻolibi boʻlgan. Xalqaro musobaqalarda Milanning 18 ta FIFA va UEFA kuboklari qoʻlga kiritgan xolda dunyodagi barcha klublar orasida uchinchi (Boka Xuniors va Independiente bilan birga) va italyan klublari orasida eng koʻp sovrindor jamoadir. Milan 7 marta Yevropa kubogi/Chempionlar ligasi gʻolibi, besh marta UEFA Superkubogi, ikki marta UEFA kubogi gʻoliblari kubogi, uchta Qitʼalararo kubok va bir FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionidir. „Milan“ jamoasining Yevropadagi asosiy sovrinlari qatoriga ikkita Lotin kubogi ham kiradi.

Oʻzining dastlabki tarixida Milan 1926-yilda San-Sirostadioniga koʻchib oʻtishidan oldin, oʻzining uy oʻyinlarini shaharning turli maydonlarida oʻtkazgan. 1947-yildan beri „Inter“ bilan Italiya futbolidagi eng katta stadioni hisoblanadigan, umumiy sigʻimi 75,817 ega San Siro stadionidan foydalanib kelmoqda. „Milan“ „Inter“ klubi bilan azaliy raqobatga ega. Ikki jamoa futboldagi eng koʻp kuzatilgan derbilardan biri boʻlgan della Madonnina Derbisida bahslashadi.

Klub Italiya va jahon futbolidagi eng badavlat klublardan biri hisoblanadi. Jamoa Yevropaning yetakchi futbol klublarining hozirda tugatilgan G-14 guruhi va uning oʻrnini bosuvchi Yevropa klublari assotsiatsiyasining taʼsischi aʼzosi edi.

Tarix

1899-1946

 
Gerbert Kilpin, „Milan“ning birinchi sardori

„Milan“ futbol klubiga (Milan Cricket and Foot-Ball Club) 1899 yilda Britaniyaliklar Alfred Edvards (klubning birinchi prezidenti) va Gerbert Kilpin (klubning birinchi sardori) tomonidan asos solingan. Qora-qizil rangli libos gʻoyasi aynan Kilpinga tegishli. Unga koʻra qizil rang shaytonni, qora rang esa (jamoa raqiblariga) havfni anglatadi.

„Milan“ futbol klubi 1981-yilda yangitdan qayta tashkil qilingan boʻlib bu jamoaning B seriyadan qaytgan yiliga toʻgʻri keladi. Muhlislar orasida jamoa tashkil etilgan yil boʻyicha turli baxslar boʻlishiga qaramasdan jamoa logosi oʻzgarishsiz qoldirilgan.

„Milan“ oʻzining birinchi norasmiy oʻyinini 1900-yilning 11-martida „Mediolanum“ jamoasiga qarshi oʻtkazib 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Jamoa tarkibi: Xuud, Kanyani, Toretto, Lis, Kilpin, Valerio, Dubini, Devis, Nevill, Ellison, Formenti. Bu gʻalabadan ruhlangan jamoa vakillari Italiya Futbol Federatsiyasiga kirishga, yaʼni mamlakat chempionatida qatnashishga qaror qilishadi.

Birinchi rasmiy oʻyinda „Milan“ yirik hisobda „Torinoze“ga (0:3) magʻlub boʻlgan. Shunga qaramay 1901-yiliyoq „Milan“ oʻzining birinchi chempionlik unvoniga erishadi (final bahsida Djenoa magʻlub etilgan – 3:0). 1906 va 1907-yillarda klub 2-chi va 3-chi marotaba chempionlikni nishonlaydi. 1908-yil, mahalliy va legioner futbolchilar oʻrtasida futbol qoidalarini tafsil qilishdagi kelishmovchilar yuzasida, „Milan“ chet ellik futbolchilaridan voz kechadi. Bu hodisa Milan shahrida yana bir klub – Inter futbol klubining paydo boʻlishiga olib keladi. 1919-yili klub oʻz nomini Milan Football Clubga oʻzgartiradi.

1920–1930-yillar davomida Italiya futbolida Torino gegemonlik qilgan. Bu paytlarda „Milan“ Italiyaning old jamoalaridan hisoblanmagan. 1939-yilda klub hozirgi kundagi Associazione Calcio Milan nomini olgan.

Stadion

Dastlab „San-Siro“nomi bilan atalgan shahar atrofi u joylashgan joyda, 1899-yilda ingliz Alfred Edvards tomonidan tashkil etilgan „Milan“ ning uy stadioni boʻlgan. 1920-yillarning oʻrtalariga kelib „rossoneri“ oʻzining eski stadionida tor boʻlib qoldi va „Milan“ prezidenti Pyero Pirelli, juda boy odam, yangi Arena qurilishi uchun yer sotib oldi. 35 000 dan ortiq tomoshabin sigʻadigan San-Siro futbol stadioni 1926 yil sentyabr oyida ochilgan. Bir necha yil oʻtgach, mahalliy munitsipalitet stadionni „Milan“dan sotib oldi. Shahar va klub uni asta – sekin kengaytirdi va 1940-yilda Italiyaning Germaniyaga qarshi oʻyinida 65 000 tomoshabin ishtirok etdi.

1947-ilda eski „Inter Milan“ stadioni bunday katta klub uchun kichik boʻlgani aniq boʻldi. Ikkala jamoaning bitta stadionni baham koʻrish taklifi „Milan“tomonidan maʼqullandi. Ammo qarorni amalga oshirish uchun arenani kengaytirish kerak edi. „San-Siro“ rekonstruksiya qilish uchun yopildi va 1955-yilda qayta ochildi. U deyarli 82 000 tomoshabinni sigʻdira boshladi. 1979-yilda" San-Siro "" Juzeppe Meazza " deb nomlandi Italiya futbol tarixidagi ikki futbolchidan biri sharafiga, ular 1934 va 1938-yillarda jahon chempionatlarida gʻalaba qozongan ikkala Italiya terma jamoasi tarkibiga kirgan. Muxlislar Milanning ikkala klubida oʻynagan Meazza – forvardga tom maʼnoda taʼzim qilishdi.

Endi Italiyada stadionning ikkala nomi ham soʻzlashuvda ishlatiladi. Tarixiy nomi „San – Siro“dunyoda yanada mashhur va taniqli boʻlib qolmoqda.

1990-yilgi jahon chempionatiga kelib, stadionda taxminan 50 million funt sterlingga teng boʻlgan yana bir global rekonstruksiya amalga oshirildi-bu yangi qoʻllab-quvvatlovchi tuzilmalar tufayli maydonni soya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun sarflangan mablagʻni hisobga olmaganda.

Muxlislar

Italiyaning „La Repubblica“ gazetasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, „Milan“ Italiyadagi eng mashhur futbol klublaridan biri hisoblanadi. Tarixiy jihatdan „Milan“ uchun ishchi sinfi va shahar kasaba uyushmalari ildiz otgan. Boshqa tomondan, asosiy raqib „Internacional“ asosan gullab-yashnayotgan Milan oʻrta sinfining qoʻllab-quvvatlashiga ega edi. Italiya futbolining eng qadimgi ultras guruhlaridan biri „Fossa dei Leoni“ Milanda paydo boʻlgan. 1999-yil 20-dekabrda „Brigate Rossonere“klubini tashkil etdi. „Milan“ ultraslari hech qachon oʻziga xos siyosiy imtiyozlarga ega boʻlmagan, ammo ommaviy axborot vositalari ularni yaqin vaqtgacha anʼanaviy ravishda chap qanot bilan bogʻlashgan. Silvio Berluskoni prezidentligi boshlanishi bilan bu stereotip ahamiyatsiz boʻlib qoldi.

2010-yildan beri „Milan“ Yevropadagi eng mashhur italyan jamoasi boʻlib, dunyodagi yettinchi jamoa boʻlib, klubni 18,5 milliondan ortiq muxlislar qoʻllab-quvvatlamoqda. „Milan“ Evropaning eng koʻp tashrif buyuradigan futbol jamoalari oʻntaligiga kiradi, shuningdek, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida juda mashhur.

Futbolchilar

Birinchi jamoa tarkibi

2024-yil 31-avgust

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
2 DF   ITA Davide Calabria (Sardor)
4 MF   ALG Ismaël Bennacer
7 FW   ESP Álvaro Morata
8 MF   ENG Ruben Loftus-Cheek
9 FW   SRB Luka Jović
10 FW   POR Rafael Leão
11 MF   USA Christian Pulisic
14 MF   NED Tijjani Reijnders
16 GK   FRA Mike Maignan
17 FW    SUI Noah Okafor
18 MF   ITA Kevin Zeroli
19 DF   FRA Théo Hernandez (vise-sardor)
20 DF   ESP Álex Jiménez
R. Poz. Millati Futbolchi
21 FW   NGA Samuel Chukwueze
22 DF   BRA Emerson Royal
23 DF   ENG Fikayo Tomori
24 DF   ITA Alessandro Florenzi
28 DF   GER Malick Thiaw
29 MF   FRA Youssouf Fofana
31 DF   SRB Strahinja Pavlović
42 DF   ITA Filippo Terracciano
46 DF   ITA Matteo Gabbia
57 GK   ITA Marco Sportiello
80 MF   USA Yunus Musah
90 FW   ENG Tammy Abraham (Roma jamoasidan ijara)
96 GK   ITA Lorenzo Torriani

Boshqa jamoalar bilan shartnoma imzolangan futbolchilar

2024-yil 11-avgust

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
DF   SEN Fodé Ballo-Touré
R. Poz. Millati Futbolchi
FW   BEL Divock Origi

Milan Futuro va yoshlar sektori

2024-yil 28-iyul

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
25 GK   FRA Noah Raveyre
30 MF   ITA Mattia Liberali
33 DF   ITA Davide Bartesaghi
69 GK   ITA Lapo Nava
70 FW   CIV Chaka Traorè
73 FW   ITA Francesco Camarda
81 MF   NGA Victor Eletu
R. Poz. Millati Futbolchi
91 MF   PAR Hugo Cuenca
93 DF   ITA Adam Bakoune
97 FW   ITA Diego Sia
97 MF   ITA Alessandro Bonomi
98 DF   ROU Andrei Coubiș
99 GK   ITA Alessandro Longoni
DF   ITA Vittorio Magni

Ijaraga berilgan futbolchilar

2024-yil 31-avgust

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
GK   COL Devis Vásquez (Empoli jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
DF   FRA Pierre Kalulu (Juventus jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
DF   ARG Marco Pellegrino (Independiente jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
MF   FRA Yacine Adli (Fiorentina jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
MF   ITA Tommaso Pobega (Bologna jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
R. Poz. Millati Futbolchi
FW   BEL Alexis Saelemaekers (Roma jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
FW   ITA Lorenzo Colombo (Empoli jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
FW   SRB Marko Lazetić (TSC Backa Topola jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)
FW   ARG Luka Romero (Alavés jamoasiga 2025-yil 30-iyungacha ijara)

Milan ayollar

Former players

Club captains

Futbolchilar rekordlari

Muzlatilgan raqamlar

Futbolchi Millat Pozitsiyasi Milan debyuti Oxirgi oʻyini Esl
3 Maldini, PaoloPaolo Maldini   Italy Markaziy himoyachi / Chap qanot himoyachisi 20 Yanvar 1985 31 May 2009
6 Baresi, FrancoFranco Baresi   Italy Tozalovchi 23 Aprel 1978 1 Iyun 1997

Gʻalabalari

  • A seriyasi: →18← marta
1901, 1906, 1907, 1950/51, 1954/55, 1956/57, 1958/59, 1961/62, 1967/68, 1978/79, 1987/88, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1995/96, 1998/99, 2003/2004, 2010/2011
  • Italiya kubogi: →5←
1966/67, 1971/72, 1972/73, 1976/77, 2002/03
  • Italiya Superkubogi: →6←
1988, 1992, 1993, 1994, 2004, 2011
  • UEFA Chempionlar Ligasi/ Yevropa Chempionlar Kubogi: →7←
1962/63, 1968/69, 1988/89, 1989/90, 1993/94, 2002/2003, 2006/2007
  • UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) : →2←
1967-68, 1972-73
  • UEFA Superkubogi : →5←
1989, 1990, 1994, 2003, 2007
  • Qit'alararo kubok : →3←
1969, 1989, 1990
  • FIFA Klublar o'rtasida Jahon Chempionati : →1←
2007

Izohlar

  1. Being in South America, Boca Juniors’s and Independienteʼs titles are with CONMEBOL instead of UEFA
  2. Being in South America, Boca Juniors’s and Independienteʼs titles are with CONMEBOL instead of UEFA
Yuqori