![]() Cudicini 2014-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Carlo Cudicini | ||
| Tavallud sanasi | 1973-yil 6-sentyabr | ||
| Tavallud joyi | Milan, Italy | ||
| Boʻyi | 1.85 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea (ijaradagi futbolchilar texnik murabbiyi) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1992–1995 | AC Milan | 0 | (0) |
| 1993–1994 | → Como (ijara) | 6 | (0) |
| 1995–1996 | Prato | 30 | (0) |
| 1996–1997 | Lazio | 1 | (0) |
| 1997–2000 | Castel di Sangro | 46 | (0) |
| 1999–2000 | → Chelsea (ijara) | 1 | (0) |
| 2000–2009 | Chelsea | 141 | (0) |
| 2009–2012 | Tottenham Hotspur | 19 | (0) |
| 2013 | LA Galaxy | 21 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1990–1992 | Italiya U18 | 20 | (0) |
| 1992–1993 | Italiya U21 | 1 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2016–2019 | Chelsea (yordamch) | ||
| 2019– | Chelsea (ijaradagi futbolchilar texnik murabbiyi) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Carlo Cudicini (6 sentyabr 1973) – asosiy faoliyatini Chelsea klubida darvozabon sifatida oʻtkazgan Italiyalik futbolchi. U sobiq AC Milan darvozaboni Fabio Cudicining oʻgʻli va Ponziana himoyachisi Guglielmo Cudicinining nevarasi. Cudicini hozirda Chelseada klubida ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
Cudicini 1992-yilda Serie A jamoasi AC Milanda professional futbolchilik faoliyatini boshladi, ammo asosiy jamoaga kirishga qiynalib, dastlab 1996-yilda Como jamoasiga ijaraga beriladi, soʻngra faoliyatini Prato va Lazio klublarida olib boradi. Lazio tarkibida liganing faqatgina bitta oʻyinida maydonga tushgach u bir yil oʻtib Castel di Sangro, keyin esa 1999-yilda Premyer Liga jamoasi Chelseaga klubiga oʻtdi.
U Claudio Ranieri davrida asosiy darvozabon boʻladi, ammo 2004-yilda yangi murabbiyi José Mourinho Petr Čech bilan shartnoma imzolagach Carlo asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi. Cudicini 2009-yil yanvar oyida Chelseani tark etadi, u klub safida jami 141ta liga oʻyinida ishtirok etadi. Oʻsha yili u Londonning boshqa bir klubi Tottenham Hotspur tarkibiga qoʻshiladi. Tottenhemda ham u ikkinchi yoki uchinchi darvozabon sifatida qoldi va klub uchun faqatgina 19ta liga oʻyinida maydonga tushadi. 2013-yilda Cudicini Major League Soccerning Los-Anjeles Galaxy klubiga borib qoʻshiladi.
Cudicini 1990 va 1992-yillar oraligʻida Italiya U-18 jamoasi safida 20 marotaba maydonga tushdi va 21 yoshdan kichiklar jamoasida ham bir marta oʻynadi, ammo hech qachon asosiy terma jamoasidan chaqiruv olmaydi.
Klubdagi karyerasi
Chelsea
Debyutini Skonto Riga qarshi UEFA Chempionlar ligasi saralshida oʻtkazgan darvozabon mavsumni bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan holda yakunlaydi. U 2000-yilgi Angliya kubogi finalida ham zaxirada qoldirilgan. Keyingi mavsumdan boshlab u biroz koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshladi. Cudicini 23 ta turda maydonga tushgan boʻlsa, De Goey 15 turni asosiy tarkibda oʻtkazadi.
2001-2002-yilgi mavsum muxlislar tomonidan Chelseaning yil oʻyinchisi deb tanlandi. 2001-yil dekabr oyida Sunderland va Liverpoolga qarshi yetti kunlik vaqt oraligʻida oʻtgan oʻyinlarda ikki penaltini ham bartaraf etadi.
Cudicini 2002-03 yilgi mavsumda ITV Premiership Goalkeeper of the Season sovriniga loyiq koʻrildi.
Tottenham Hotspurs
2009-yil 26-yanvar kuni Cudicini Tottenham Hotspur tarkibiga erkin agent sifatida qoʻshilganligi maʼlum qilindi. U klub uchun oʻz debyutini 2009-yil 27-yanvar kuni Premyer Liga doirasida Stoke Cityga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va u oʻyinda London klubi 3-1 hisobida zafar quchdi.
LA Galaxy
Cudicini 2012-yil 31-dekabr kuni MLS klubi LA Galaxyga yana erkin agent sifatida qoʻshiladi. Darvozabon u yerda 2014-yil 26-yanvar qadar toʻp suradi.
Murabbiylik faoliyati
2015-yil mart oyida Cudicini Irlandiya Respublikasi 21 yoshgacha futbol jamoasi murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshildi.
2016-yil iyul oyida Cudicini Chelseaga qaytadi va yangi birinchi jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega yordamchi sifatida faoliyat boshlaydi. U 2018-19-yillarda Maurizio Sarri davrida ham ishini davom ettirdi.
2019-yil avgust oyida Cudicini ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy etib tayinlandi.
2022-yil dekabr oyida Cudicini FAI Coach Education Department kursida oʻqiganidan soʻng Dublinda UEFA professional murabbiylik litsenziyasini oldi.
Statistikasi
Klub
| Klub | Yillar | Liga oʻyinlaridagi statistikasi | Mavsumdagi umumiy statistikasi | |||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Division | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| AC Milan | 1991-92 | Serie A | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 1992-93 | Serie A | 0 | 0 | 3 | 0 | |
| Umumiy | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
| Como (ijara) | 1993-94 | Seria C | 6 | 0 | 7 | 0 |
| Prato | 1995-96 | Seria C | 30 | 0 | 30 | 0 |
| Lazio | 1996-97 | Serie A | 1 | 0 | 1 | 0 |
| Castel di Sangro | 1997-98 | Seria B | 14 | 0 | 16 | 0 |
| 1998-99 | Seria C | 32 | 0 | 38 | 0 | |
| Umumiy | 46 | 0 | 54 | 0 | ||
| Chelsea (ijara) | 1999-2000 | Premyer Liga | 1 | 0 | 3 | 0 |
| Chelsea | 2000-01 | Premyer Liga | 24 | 0 | 29 | 0 |
| 2001-02 | Premyer Liga | 28 | 0 | 41 | 0 | |
| 2002-03 | Premyer Liga | 36 | 0 | 46 | 0 | |
| 2003-04 | Premyer Liga | 26 | 0 | 40 | 0 | |
| 2004-05 | Premyer Liga | 3 | 0 | 11 | 0 | |
| 2005-06 | Premyer Liga | 4 | 0 | 12 | 0 | |
| 2006-07 | Premyer Liga | 8 | 0 | 11 | 0 | |
| 2007-08 | Premyer Liga | 10 | 0 | 19 | 0 | |
| 2008-09 | Premyer Liga | 2 | 0 | 4 | 0 | |
| Umumiy | 142 | 0 | 216 | 0 | ||
| Tottenham Hotspur | 2008-09 | Premyer Liga | 4 | 0 | 4 | 0 |
| 2009-10 | Premyer Liga | 7 | 0 | 8 | 0 | |
| 2010-11 | Premyer Liga | 8 | 0 | 13 | 0 | |
| 2011-12 | Premyer Liga | 0 | 0 | 11 | 0 | |
| 2012-13 | Premyer Liga | 0 | 0 | 1 | 0 | |
| Umumiy | 19 | 0 | 37 | 0 | ||
| LA Galaxy | 2013 | MLS | 21 | 0 | 25 | 0 |
| Jami | 265 | 0 | 373 | 0 | ||
Sovrinlari
AC Milan
- Serie A: 1992-93
- UEFA Championlar Ligasi finalchisi: 1992-93
Chelsea
- Angliya Premyer Ligasi: 2004-2005, 2005-2006-yillar
- FA Cup: 1999-2000, 2006-07
- Angliya Liga kubogi: 2004-05, 2006-07; finalchi: 2007-08
- FA Charity Shield/FA Community Shield: 2000, 2005
- 6-sentyabrda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Italiyalik erkak futbolchilari
- AC Milan futbolchilari
- Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Serie B futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- LA Galaxy futbolchilari
- SS Lazio futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
