![]() Mourinho Fenerbahçe murabbiyi sifatida (2025-yil) | ||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumot | ||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | José Mário dos Santos Mourinho Félix | |||||||||||||||
| Tavallud sanasi | 1963-yil 26-yanvar | |||||||||||||||
| Tavallud joyi | Setúbal, Portugaliya | |||||||||||||||
| Boʻyi | 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in) | |||||||||||||||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | |||||||||||||||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||||||||||||||||
| Belenenses | ||||||||||||||||
| Professional faoliyati* | ||||||||||||||||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) | |||||||||||||
| 1980—1982 | Rio Ave | 0 | (0) | |||||||||||||
| 1982—1983 | Belenenses | 0 | (0) | |||||||||||||
| 1983—1985 | Sesimbra | 35 | (1) | |||||||||||||
| 1985—1987 | Comércio e Indústria | 27 | (8) | |||||||||||||
| Total | 62 | (9) | ||||||||||||||
| Boshqargan klublari | ||||||||||||||||
| 2000 | Benfica | |||||||||||||||
| 2001—2002 | União de Leiria | |||||||||||||||
| 2002—2004 | Porto | |||||||||||||||
| 2004—2007 | Chelsea | |||||||||||||||
| 2008—2010 | Inter Milan | |||||||||||||||
| 2010—2013 | Real Madrid | |||||||||||||||
| 2013—2015 | Chelsea | |||||||||||||||
| 2016—2018 | Manchester United | |||||||||||||||
| 2019—2021 | Tottenham Hotspur | |||||||||||||||
| 2021—2024 | Roma | |||||||||||||||
| 2024—2025 | Fenerbahçe | |||||||||||||||
| ||||||||||||||||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | ||||||||||||||||
José Mário dos Santos Mourinho Félix (1963-yil 26-yanvarda tugʻilgan) – Portugaliyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. José jahondagi eng koʻp mukofotlarga sazovor boʻlgan murabbiylardan biri hisoblanib, barcha davrlarning eng buyuk murabbiylari qatoriga kiradi. Mourinho toʻrtta mamlakatda liga chempionligini qoʻlga kiritgan, ikkita klub bilan Yevropa Kubogini yutgan oltita murabbiydan biri va UEFAning hozirgi uchta klublar musobaqasining barchasida gʻalaba qozongan yagona murabbiydir.
Oʻyinchilik davrida Portugaliya ligalarida yarim himoyachi sifatidagi faoliyatidan soʻng, Mourinho 24 yoshida futbolchilikni tugatib, murabbiylik va tarjimonlik faoliyatini boshlagan. U dastlab „Sporting CP“ va „Porto“ jamoalarida angliyalik murabbiy Bobby Robson uchun tarjimon vazifasini bajargan, keyinchalik „Barcelona“ klubida Robson va uning oʻrinbosari Lui van Gal qoʻl ostida yordamchi murabbiy sifatida muvaffaqiyatga erishgan. „Benfica“ va „União de Leiria“ klublaridagi qisqa muddatli murabbiylik faoliyatidan soʻng, Mourinho 2002-yilda „Porto“ klubi bosh murabbiy sifatida qaytgan. Porto klubidagi ikki yillik faoliyati davomida ikki marta Primeira Liga, Portugaliya kubogi, UEFA kubogi va UEFA Chempionlar ligasida gʻalaba qozongan. Bu yutuqlar tufayli 2004-yilda Angliyaning „Chelsea“ klubiga taklif etilgan va shartnoma imzolagan. Londonda birinchi matbuot anjumanida „Menimcha, men alohida shaxsman“ degan mashhur gapni aytdi. Bu soʻzlar Britaniya ommaviy axborot vositalarining uni „The Special One“ („Oʻzgacha shaxs“) deb atashiga sabab boʻlggan. „Chelsea“ klubi bilan Mourinho uch mavsumda ikkita Premyer-liga chempionligi, Angliya kubogi va ikkita Liga kubogini qoʻlga kiritgan. 2007-yilda jamoa egasi Roman Abramovich bilan kelishmovchiliklar haqidagi xabarlar ortidan u klubni tark etishga majbur boʻlgan.
2008-yil yoz oyida Mourinho Italiyaning „Inter“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. U birinchi mavsumidayoq jamoani Seria A chempionligiga yetakladi, 2010-yilda esa Italiya klublari orasida birinchi boʻlib qitʼaviy treblni – Seriya A, Italiya kubogi va UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritggan. Bu natija uni ikki turli klub bilan Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan beshta murabbiydan biriga aylantirgan. Oʻsha yilning oxirida u FIFA tomonidan ilk bor „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb eʼtirof etilggan. Keyinchalik Mourinho Ispaniyaning „Real Madrid“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2011-12-yilgi mavsumda klub bilan La Liga chempionligini qoʻlga kiritib, bir mavsumda toʻplangan ochkolar, urilgan gollar va qozonilgan gʻalabalar boʻyicha bir qator ichki rekordlarni yangilagan. Shuningdek, u toʻrtta mamlakatda liga chempionligini qoʻlga kiritgan beshinchi murabbiy boʻldi. Mourinho 2013-yilda „Real Madrid“ni tark etib, yana „Chelsea“ klubiga qaytggan va u yerda yana bir liga chempionligi hamda Liga kubogini qoʻlga kiritggan. Biroq 2015-yilda natijalar yomonlashgach, u lavozimidan chetlashtirilggan.
Mourinho 2016-yilda Manchester United va 2019-yilda Tottenham Hotspur jamoalarida bosh murabbiyi sifatida ishlagan, biroq ikkala jamoada ham kelishmovchiliklar bilan klubni tark etgan. Shunday boʻlsa-da, Mourinho Manchester United bilan UEFA Yevropa ligasi va Liga kubogini qoʻlga kiritgan, shuningdek, Tottenham jamoasini Liga kubogi finaliga olib chiqqan va finaldan bir hafta oldin ishdan boʻshatilgan. U 2021-yildan 2024-yilgacha Rimning Roma klubini boshqargan va birinchi mavsumidayoq UEFA Yevropa Konferensiyalar Ligasida gʻalaba qozongan. Bu Romaning ilk Yevropa chempionligi va 2008-yildan keyingi birinchi sovrini boʻlgan. Bu gʻalaba Mourinyoni toʻrtta turli klub bilan yirik Yevropa musobaqasida gʻolib chiqqan birinchi murabbiy hamda UEFA klublar musobaqalarining barchasida gʻalaba qozongan uchinchi murabbiyga aylantirgan. José 2024-yil iyul oyida Turkiya Superligasining Fenerbahche klubi murabbiyi sifatida tanishtirilgan, ammo 2025-yil avgust oyida Fenerbaxche Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Benfikaga magʻlub boʻlganidan soʻng ishdan boʻshatilgan.
Mourino 2015-yilda Portugaliya futbol federatsiyasi (PFF) tomonidan „Asrning eng yaxshi Portugaliyalik murabbiyi“ unvoniga sazovor boʻlggan. Uning taktik bilimlari, xarizmatik va bahsli shaxsiyati, hamda chiroyli oʻyindan koʻra natijalarni ustun qoʻyish siyosati tufayli, Mourino koʻpincha argentinalik murabbiy Helenio Herrera bilan taqqoslanadi. Bu taqqoslashlar ham muxlislar, ham tanqidchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Murabbiylik statistikasi
- 2025-yil 27-avgust
| Jamoa | Tayinlangan sana | Boʻshatilgan sana | Natijalar | Man. | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | GF | Gʻal % | ||||
| Benfica | 2000-yil 20-sentyabr | 2000-yil 5-dekabr | 11 | 6 | 3 | 2 | 17 | 9 | +8 | 54,55 | |
| União de Leiria | 2001-yil 1-iyul | 2002-yil 23-yanvar | 23 | 12 | 8 | 3 | 34 | 20 | +14 | 52,17 | |
| Porto | 2002-yil 23-yanvar | 2004-yil 2-iyun | 127 | 91 | 21 | 15 | 254 | 96 | +158 | 71,65 | |
| Chelsea | 2004-yil 2-iyun | 2007-yil 20-sentyabr | 185 | 124 | 40 | 21 | 330 | 119 | +211 | 67,03 | |
| Inter Milan | 2008-yil 2-iyun | 2010-yil 28-may | 108 | 67 | 26 | 15 | 185 | 94 | +91 | 62,04 | |
| Real Madrid | 2010-yil 31-may | 2013-yil 1-iyun | 178 | 128 | 28 | 22 | 475 | 168 | +307 | 71,91 | |
| Chelsea | 2013-yil 3-iyun | 2015-yil 17-dekabr | 136 | 80 | 29 | 27 | 245 | 121 | +124 | 58,82 | |
| Manchester United | 2016-yil 27-may | 2018-yil 18-dekabr | 144 | 84 | 32 | 28 | 244 | 121 | +123 | 58,33 | |
| Tottenham Hotspur | 2019-yil 20-noyabr | 2021-yil 19-aprel | 86 | 44 | 19 | 23 | 166 | 103 | +63 | 51,16 | |
| Roma | 2021-yil 1-iyul | 2024-yil 16-yanvar | 138 | 68 | 31 | 39 | 213 | 143 | +70 | 49,28 | |
| Fenerbahçe | 2024-yil 2-iyun | 29 August 2025 | 62 | 37 | 14 | 11 | 137 | 71 | +66 | 59,68 | |
| Jami | 1 195 | 738 | 250 | 207 | 2 300 | 1 065 | +1235 | 61,76 | |||
Yutuqlari
Murabbiy yordamchisi
- Porto
- Primeira Divisão: 1994-95, 1995-96
- Taça de Portugaliya: 1993-94
- Supertaça Candido de Oliveyra: 1994-yil
- Barselona
- La Liga: 1997-98, 1998-99
- Qirol kubogi: 1996-97, 1997-98
- Ispaniya Superkubogi: 1996-yil
- Yevropa kubogi egalari kubogi: 1996-97
- UEFA Superkubogi: 1997-yil
Murabbiy
- Porto
- Primeira Liga: 2002-03, 2003-04
- Taça de Portugaliya: 2002-03
- Supertaça Candido de Oliveyra: 2003-yil
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2003-04
- UEFA kubogi: 2002-03
- Chelsi
- Premyer-liga: 2004-05, 2005-06, 2014-15
- Angliya kubogi: 2006-07
- Futbol ligasi kubogi: 2004-05, 2006-07, 2014-15
- FA Community Shield: 2005
- Inter
- A Seriya: 2008-09, 2009-10
- Italiya kubogi: 2009-10
- Italiya Superkubogi: 2008-yil
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2009-10
- Real Madrid
- La Liga: 2011-12
- Qirol kubogi: 2010-11
- Ispaniya Superkubogi: 2012-yil
- Manchester Yunayted
- EFL kubogi: 2016-17
- FA Community Shield: 2016-yil
- UEFA Yevropa ligasi: 2016-17
- Roma
- UEFA Yevropa konferentsiya ligasi: 2021-22
Shaxsiy sovrinlar
- Onze „Oltin“ yilning eng yaxshi murabbiyi: 2005
- FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi: 2010
- IFFHS dunyoning eng yaxshi klub murabbiyi: 2004, 2005, 2010, 2012
- IFFHS dunyoning 2001-2020-yillardagi 21-asrning eng yaxshi murabbiyi
- Premyer-liganing mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi: 2004-05, 2005-06, 2014-15
- Premyer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2004-yil noyabr, 2005-yil yanvar, 2007-yil mart, 2020-yil noyabr
- A Seriyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2008-09, 2009-10
- A Seriyada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2022-yil avgust
- Panchina d’Oro: 2009-10
- Migel Munos kubogi: 2010-11, 2011-12
- UEFA yilning eng yaxshi murabbiyi: 2002-03, 2003-04
- UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2003, 2004, 2005, 2010
- World Soccer Magazine yilning eng yaxshi jahon menejeri: 2004, 2005, 2010
- Jahon futboli tarixidagi 3-eng buyuk murabbiy: 2013-yil
- ESPN tarixidagi 9-eng buyuk murabbiy: 2013
- Fransiya futboli tarixidagi 13-eng buyuk murabbiy: 2019
- BBC yilning eng yaxshi sport shaxsi murabbiyi mukofoti: 2005
- La Gazzetta dello Sport yilning eng yaxshi odami: 2010
- Xalqaro sport matbuot assotsiatsiyasining dunyodagi eng yaxshi murabbiyi: 2010
- Premio Prestígio Fernando Soromenho: 2012
- Football Extravaganzaʼs League of Legends (2011)
- Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi murabbiyi: 2012
- Globe Soccer Awards Futboldagi eng yaxshi ommaviy axborot vositalarini jalb qilish: 2012
- Portugaliyalik asr murabbiyi: 2015
- PFA Portugaliyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2017-yil
- Haftaning LMA chiqishlari: 2017-yil 2-dekabr (Arsenal 1-3 Man. Utd), 2018-yil 7-aprel (Man. City 2-3 Man. Utd)
- Italiya futbol shon-shuhrat zali: 2022
Yana qarang
- José and his Amazing Technicolor Overcoat
- Special 1 TV
Izohlar
- 26-yanvarda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Portugaliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Rio Ave F.C. futbolchilari
- C.F. Os Belenenses futbolchilari
- G.D. Sesimbra futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- Portugaliyalik futbol murabbiylar
- S.L. Benfica murabbiylari
- U.D. Leiria murabbiylari
- FC Porto murabbiylari
- Chelsea F.C. murabbiylari
- Inter Milan murabbiylari
- Real Madrid CF murabbiylari
- Manchester United F.C. murabbiylari
- Tottenham Hotspur F.C. murabbiylari
- AS Roma murabbiylari
- Fenerbahçe S.K. (futbol) murabbiylari
- Primeira Liga murabbiylari
- Angliya Premyer-ligasi murabbiylari
- Serie A murabbiylari
- La Liga murabbiylari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar
- Oltin globus (Portugaliya) sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar

