Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Petr Čech (talaffuzi: Petr Chex; 1982-yilning 20-mayida tugʻilgan) Chexiya milliy futbol terma jamoasi va Chelsea klubi darvozabonidir. UEFA Chempionlar Ligasi

Petr Čech

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Petr Čech

Čech Arsenal tarkibida (2019-yil)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 1982-yil 20-may (1982-05-20) (44 yosh)
Plzeň, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.96 m
Muz xokkeyi faoliyati
Ogʻirligi 92 kg (203 lb; 14 st 7 lb)
Pozitsiyasi Goaltender
Katch Right
NIHL
Sobiq jamoalar
Oxford City Stars
Guildford Phoenix
Chelmsford Chieftains
Belfast Giants
Jamoalardagi faoliyat 2019—hozirgacha
Petr Čech
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1989—1999 Plzeň
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2001 Chmel Blšany 27 (0)
2001—2002 Sparta Prague 27 (0)
2002—2004 Rennes 70 (0)
2014—2015 Chelsea 333 (0)
2015—2019 Arsenal 110 (0)
Milliy terma jamoa
1997—1998 Chexiya U15 3 (0)
1998—1999 Chexiya U16 15 (0)
1999 Chexiya U17 3 (0)
1999—2000 Chexiya U18 13 (0)
2000—2001 Chexiya U20 7 (0)
2001—2002 Chexiya U21 15 (0)
2002—2016 Chexiya 124 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Petr Čech (talaffuzi: Petr Chex; 1982-yilning 20-mayida tugʻilgan) Chexiya milliy futbol terma jamoasi va Chelsea klubi darvozabonidir. UEFA Chempionlar Ligasi 2004-2005 va 2006-2007 mavsumlari eng yaxshi darvozaboni, deb topilgan.

Tarjimai holi

Petr Čech Chexiya (u paytlarda Chexoslovakiya)ning Plzeň shahrida tavallud topgan. Shu shahar klubida bolalik yillaridan futbol oʻynashni boshlagan. Avvalboshda yarimhimoyachi/hujumchi boʻlgan Petr oyogʻini 10 yoshida sindirganidan soʻng darvozabonlikka oʻtgan. 17 yoshida FK Chmel Blšany klubiga koʻchgan. 2001-yili u 700 ming € evaziga AC Sparta Praha klubiga oʻtdi. 855 daqiqa gol oʻtkazmaay milliy rekord oʻrnatgan Petr bilan Stade Rennais FC klubi qiziqib qolib, uni 5 million € ga sotib oldi. 2004-yilda esa Petr Čech Chelsea F. C. klubi bilan 5 yillik shartnoma (10,3 million €) imzoladi.

2006-yil oktyabrida Čech Reading klubi bilan matchda boshidan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur boʻldi (shunisi qiziqki, uning oʻrniga maydonga tushgan Carlo Cudicini ham oʻsha matchda jarohatlanib, hushsiz holda maydondan chiqarildi; match oxirigacha John Terry darvozada turishga majbur boʻldi). Bosh chanogʻi singan Čech 2007-yilgacha futbol oʻynamadi. 2007-yil yanvarida esa u regbichilar bosh kiyimi bilan oʻyinga qaytdi.

Yana qarang

  • Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati
Yuqori