Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Buenos Ayres — Argentina davlatining poytaxti. Shaharning toʻliq nomi: Ciudad Autónoma de Buenos Aires (Buenos Aires Avtonom shahri) dir.

Buenos Aires

(dan yoʻnaltirildi)
Buenos Ayres
Skyline of Buenos Ayres
Buenos Ayresning bayrogʻi
Bayroq
Buenos Ayresning rasmiy gerbi
Gerb
34°35′59″S 58°22′55″W / 34.59972°S 58.38194°W / -34.59972; -58.38194
poytaxt
Asos sana 1536
Hukumat
  mer Horacio Rodríguez Larreta
Buenos Ayres xaritada

Buenos Ayres — Argentina davlatining poytaxti. Shaharning toʻliq nomi: Ciudad Autónoma de Buenos Aires (Buenos Aires Avtonom shahri) dir.


Buenos-Ayres — Argentina poytaxti, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy-maʼmuriy markaz. Rasmiy chegarasi federal poytaxt okrugi hisoblanadi. LaPlata qoʻltigʻining oʻng sohilida joylashgan. Aholisi 6 mln., shahar atrofi bilan 11,8 mln. kishi (1999). Oʻrtacha temperaturasi yanvarda 22°, iyulda 10°, yiliga oʻrtacha 1000 mm yogʻin boʻladi.

1536-yilda ispan bosqinchilarining sardori Pedro Mendos tomonidan asos solgan. 1541-yilda ispanlar indeyslarning zarbasiga bardosh berolmay, shaharga oʻt qoʻyib vayron qilishgan. 1580-yil shahar qayta qurila boshladi. 1776-yildan LaPlata vitse qirolligi poytaxti boʻldi. 1816-1826 yillarda shahar LaPlata Birlashgan provinsiyasining, 1880-yildan esa Argentinaning poytaxti boʻldi.

Shahar yirik temir yoʻl tuguni (undan 18 tomonga temir yoʻl ketgan) va dengiz porti (yuk tushirish va ortish yiliga 20 mln.tonna), Janubiy Amerikadagi havo yoʻllarining markazi, xalqaro Eseys aeroporti bor. Mamlakat importining 85%i, eksportining 43%i shahar orqali oʻtadi. Mamlakat sanoat mahsulotining deyarli 50%i shaharda ishlab chiqariladi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: oziq-ovqat va yengil sanoat. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, yogʻoch tilish, sement zavodlari bor. Universitet (1821-yildan), ilmiy muassasalar (adabiyot, iqtisod, huquq va ijtimoiy fanlar akademiyalari), Argentina milliy kutubxonasi, 30 muzey, 40 dan ortiq teatr, konservatoriya (1893-yil), telemarkaz, metropoliten, botanika bogʻi bor. Shaharda axoliyey ispan tilida soʻzlashadigan Lotin Amerikasi davlatlari uchun kitoblar bosib chiqariladi. Shaharda koʻp qavatli, oyna va temirbetondan qurilgan mehmonxona, bank kabi maʼmuriy binolar koʻp. Meʼmoriy yodgorliklaridan Buenos-Ayres shahrining markaziy koʻchalaridan biri San-Ignasio cherkovi (1710—1734), ratusha (1725—1754), sobor (1804), „Kolon“ teatri (1909) bor.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yuqori