| Sabzavot boʻztikani | ||
|---|---|---|
![]() | ||
| Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Sabzavot boʻztikani, poliz boʻztikani (lotincha: Sónchus oleráceus) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik, sust shoxlanadi, boʻyi 30-80 sm. Barglari patsimon kesilgan, yashil. Gullari sariq, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Maysalari erta bahorda unib chiqadi. Aprel mayda gullaydi, may—iyunda mevalaydi. Urugʻlari juda unuvchan. Unishi uchun eng qulay harorat 15-25°, lekin bundan yuqoriroq haroratda (35° gacha) urugʻi yaxshi unadi. Ildizi oʻq ildiz. Oʻq ildizidan koʻplab yon ildizlar chiqaradi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sugʻoriladigan barcha ekinzorlarda (koʻproq bedazorlarda) begona oʻt tariqasida uchraydi.
Kurash choralari: yerni kuzda shudgorlash; makkajoʻxori dalalarida simazin va paxta maydonlarida gerbidlardan kotoraya, kotofor yoki prometrin purkaladi.
- Biologik turlar
