Arxeologiya yodgorliklari — arxeologik tadqiqotlarning ob’ekti boʻlib xizmat qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan inshootlar va buyumlar. Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy manbalar boʻlib, ularni oʻrganish bilan kishilik jamiyatining oʻtmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixgacha qadimgi boʻlgan eng qadimgi davrini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar boʻyicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari; 3) antik davr yodgorliklari; 4) qadimgi mudofaa inshootlari; 5) qadimgi suv inshootlari; 6) qadimgi Mozor-moʻla va oʻbalar; 7) qadimgi meʼmorlik yodgorliklari; 8) qadimgi hujjatlar; 9) oʻrta asr shahar va rabotparning harobalari; 10) zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinasi; 11) qadimgi va oʻrta asr pullari, turli arxeologik topilmalar. 12) U qimmat bo'lib saqlanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Yodgorliklar
- Arxeologiya
- Tarixiy
- Asrlar