| Laetitia Casta | |
|---|---|
![]() Casta 2020-yilda | |
| Tavalludi | Laetitia Marie Laure Casta 1978-yil 11-may Pont-Audemer, Normandiya, Fransiya |
| Kasbi |
|
| Filmlari | Born in 68 Gainsbourg: A Heroic Life A Faithful Man |
| Faoliyat yillari | 1993–hozirgi kungacha |
| Turmush oʻrtogʻi | Louis Garrel (turm. 2017) |
| Bolalari | 4 |
| Veb-sayt | laetitia-casta.fr |
Laetitia Marie Laure Casta (1978-yil 11-mayda tugʻilgan) – fransuz modeli va aktrisasi.
U Cosmopolitan, Vogue, Rolling Stone, Elle va Glamour kabi mashhur jurnallarning 250 dan ortiq muqovalarida chiqqan va Yves Saint Laurent, Jean-Paul Gaultier, Chanel, Dior, Dolce & Gabbana, Paco Rabanne, Kenzo, Louis Vuitton, Christian Lacroix, Roberto Cavalli, Jacquemus, Ralph Lauren va Vivienne Westwood kabi brendlar bilan birga ishlagan.
Casta aktrisa sifatida „Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi“ (1999), „Born in 68“ (2008), „Face“ (2009), „Gainsbourg: A Heroic Life“ (2010), „Arbitraj“ (2012), „A Faithful Man“ (2018) va „The Crusade“ (2021) kabi filmlarda suratga tushgan. „Gainsbourg: A Heroic Life“ filmidagi roli uchun esa „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida César mukofotiga nomzodi qoʻyilgan.
Hayoti
Laetitia Casta Normandiyaning Pont-Audemer shahrida tugʻilgan. Uning onasi Line Blin Normandiyalik, otasi Dominique Casta esa Korsikalik boʻlgan. Castaning Jean-Baptiste ismli akasi va Marie-Ange ismli singlisi bor. U bolaligini Normandiya va Korsikada oʻtkazgan.
Laetitianing ota tomondan ajdodlari italyan boʻlishgan.
Siyosiy faoliyati
2008-yil 6-aprelda Casta, 2002-yildan beri FARC tomonidan qoʻlga olingan prezidentlikka nomzod Íngrid Betancourtning darhol ozod etilishini talab qilish maqsadida tashkil etilgan „White March“ (tarjimasi „Oq yurish“) nomli norozilik namoyishida ishtirok etgan. 2002-yil 30-aprelda esa prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichidan soʻng oʻtkazilgan „Vive la République“ (tarjimasi „Respublika yashasin“) nomli namoyishda qatnashgan.
U 2016-yil 9-dekabrda UNISEF tashkilotining yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan va mojaroli hududlarda yashovchi 250 million bolalarga yordam berish majburiyatini olgan.
Shaxsiy hayoti
2001-yil 19-oktyabrda Casta qiz farzandni dunyoga keltirdi. Uning otasi fotograf Stéphane Sednaoui edi. Casta, keyinchalik, italiyalik aktyor Stefano Accorsi bilan unashtirilgan boʻlib, ularning 2006-yilda tugʻilgan oʻgʻli va 2009-yilda tugʻilgan qizi bor. 2017-yil iyun oyida Casta ikki yillik sevgilisi, fransuz aktyori Louis Garrelga turmushga chiqqan.
Filmografiyasi
| Yil | Film | Rol | Rejissyor | Izoh |
|---|---|---|---|---|
| 1999-yil | Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi | Falbala | Claude Zidi | |
| 2000-yil | La Bicyclette Bleue | Lea Delmas | Thierry Binisti | France2 telekanali uchun ishlangan telefilm |
| Gitano | Lucia Junco | Manuel Palacios | ||
| 2001-yil | Les ames fortes | Therese | Raoul Ruiz | |
| 2002-yil | Rue des plaisirs | Marion | Patrice Leconte | Saundtrek ijro etgan |
| 2003-yil | Errance | Lou | Damien Odoul | |
| 2004-yil | Luisa Sanfelice | Luisa Sanfelice | Paolo Taviani Vittorio Taviani | France2 va RAI Uno telekanallari uchun telefilm |
| 2006-yil | Le grand appartement | Francesca Cigalone | Pascal Thomas | |
| La Deraison du Louvre | Yosh xonim | Ange Leccia | Luvr muzeyida suratga olingan dialogsiz qisqa metrajli film | |
| Nymphea | Nodon | Ange Leccia | Qisqa metrajli film | |
| 2007-yil | Le Petit Monde de Charlotte | Charlotte A. Cavatica | Gary Winick | Fransuz tilidagi dublyajda ovoz bergan |
| 2008-yil | Nes en 68 | Catherine | Olivier Ducastel Jacques Martineau | |
| La jeune fille et les loups | Angele Amblard | Gilles Legrand | ||
| 2009-yil | Visage | Salome | Tsai Ming-Liang | |
| Fleurs dans le miroir, lune dans l’eau | Salome | Francois Lunel | ||
| 2010-yil | Gainsbourg: A Heroic Life | Brigitte Bardot | Joann Sfar | Nominatsiya – Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun César mukofoti |
| 2011-yil | La nouvelle guerre des boutons | Simone | Christophe Barratier | |
| Derriere les murs | Suzanne | Julien Lacombe Pascal Sid | ||
| Ostrovat | Sophie | Kamen Kalev | ||
| Rio | Perla (Jewel) | Carlos Saldanha | ||
| 2012-yil | Arbitrage | Julie Cote | Nicholas Jarecki | |
| Do Not Disturb | Anna | Yvan Attal | ||
| 2013-yil | Une histoire d’amour | Yosh xonim | Helene Fillieres | |
| 2014-yil | Rio 2 | Perla (Jewel) | Carlos Saldanha | |
| A Woman as a Friend | Claudia | Giovanni Veronesi | ||
| Des lendemains qui chantent | Noemie Archambault | Nicolas Castro | ||
| Sous les jupes des filles | Agathe | Audrey Dana | ||
| 2016-yil | En Moi | N/A | Laetitia Casta | Qisqa metrajli film Ssenariynavis va prodyuser ham oʻzi boʻlgan |
| 2018-yil | A Faithful Man | Marianne | Louis Garrel | |
| The Ideal Palace | Philomene | Nils Tavernier | ||
| 2019-yil | Le Milieu de l’horizon | Nicole | Delphine Lehericey | |
| 2021-yil | The Crusade | Marianne | Louis Garrel | |
| 2022-yil | Coma | Sharon (ovoz bergan) | Bertrand Bonello | |
| 2023-yil | Consent | Vanessaning onasi | Vanessa Filho | |
Adabiyotlar
- Issermann, Dominique. Laetitia Casta (fr) Xavier Barral: . X. Barral, January 2012. ISBN 978-2-36511-004-4. Qaraldi: 2020-yil 21-may (2020-yil 19-mayda asl nusxadan ).
- Sapin, Mathieu. Feuille de chou 1. Journal d'un tournage (fr) Delcourt: . Delcourt, 20 January 2010. ISBN 978-2-7560-1857-7. Qaraldi: 2011-yil 9-noyabr (2012-yil 3-aprelda asl nusxadan ).
- Marciano, Paul. A Second Decade of Guess Images: 1991-2001. Gingko Press, 1 July 2002. ISBN 978-0-9636728-1-0.
- Tremolet, Laurence. Dans l'ombre des ames fortes. Collectionneur, Rezina, March 2002. ISBN 978-2-909450-87-2.
- Reilly, Rick; Steven, Hoffman. Sports Illustrated: Knockouts, Five Decades of Sports Illustrated Swimsuit Photography. Sports Illustrated, 28 September 2001. ISBN 978-1-929049-47-9.
- Di Caro, Roberto; Heath, Christopher. Laetitia Casta Callaway: . Viking Studio, 1 September 1999. ISBN 978-0-67088-819-1.
- 11-mayda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Fransiyalik aktrisalar
- Fransuz modellari
