Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Billie Eilish Pirate Baird O'Connell (talaffuzi: Billi Aylish Payret Berd O’Konnell; 2001-yil 18-dekabrda tug‘ilgan) — amerikalik qo‘shiqchi va qo‘shiqlar muall

Billie Eilish

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Billie Eilish

Eilish 2025-yilda
Tavalludi
Billie Eilish Pirate Baird O'Connell

2001-yil 18-dekabr (2001-12-18) (24 yosh)
Los Angeles, California, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi qoʻshiqchi-qoʻshiqlar muallifi
Faoliyat yillari 2015–hozir
Otasi Patrick O'Connell
Onasi Maggie Baird
Qarindoshlari
  • Finneas O'Connell (akasi)
  • Brian Baird (togʻasi)

Musiqiy faoliyati

Janrlar
  • pop
  • alternativ
  • elektron
Cholgʻular
  • ukulele
  • gitara
  • pianino
Leybllar
  • Darkroom
  • Interscope
Veb-sayti billieeilish.com

Billie Eilish Pirate Baird O'Connell (talaffuzi: Billi Aylish Payret Berd O’Konnell; 2001-yil 18-dekabrda tug‘ilgan) — amerikalik qo‘shiqchi va qo‘shiqlar muallifi. O‘zining noyob musiqiy uslubi va ta’sirchan vokali bilan tanilgan Eilish 2020-yillar pop-madaniyatining yetakchi shaxslaridan biri hisoblanadi. U birinchi marta keng jamoatchilik e’tiborini 2015-yilda SoundCloudda taqdim etilgan, birinchi singli ― „Ocean Eyes“ bilan qozondi; ushbu qo‘shiqni uning akasi Finneas O'Connell yozgan va prodyuserlik qilgan. 2017-yilda Eilish Don't Smile at Me nomli oʻzining ilk mini-albomini taqdim etdi; toʻplam AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi bir qancha mamlakatlarda tijoriy muvaffaqiyatga erishdi.

Eilishning ilk studiyaviy albomi ― When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (2019) Billboard 200 va UK Albums Chartda birinchi o‘rinni egallab, o‘sha yilning eng ko‘p sotilgan albomlaridan biri bo‘ldi. Albom tarkibiga kiruvchi „Bad Guy“ singli sabab, Billie XXI asrda tug‘ilgan san’atkorlar ichida birinchi boʻlib Billboard Hot 100 chartida yetakchilik qildi va Amerika Yozuv Sanoati Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan olmos sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Keyingi yili u James Bond franshizasi filmi hisoblanadigan No Time to Die uchun maxsus ishlangan „No Time to Die“ qo‘shig‘ini ijro etdi; ushbu qo‘shiq UK Singles Chartida birinchi o‘rinni egalladi va 2022-yilda „Film uchun ishlangan eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasida Oscar mukofotini qo‘lga kiritdi.

Eilishning Happier Than Ever (2021) nomli ikkinchi studiyaviy albomi bir nechta mamlakatlardagi chartlarda birinchi o‘rinni egalladi. Albomning „My Future“, „Therefore I Am“, „Happier Than Ever“ va „Your Power“ singllarining har biri AQSh va Buyuk Britaniya chartlarida kuchli o‘ntalikka kirdi. U Barbie (2023) filmi uchun „What Was I Made For?“ qo‘shig‘ini yozib, ijro etdi; trek unga ikkinchi Oscar mukofotini keltirdi. Uchinchi albom ― Hit Me Hard and Soft (2024) e’tiroflarga sazovor bo‘ldi va AQSh chartlarida yuqori beshlikni egallagan „Lunch“ va „Birds of a Feather“ singllarini taqdim etidi; shu jumladan, „Birds of a Feather“ uning Billboard Global 200 da charttopperga aylangan birinchi qo‘shig‘i bo‘ldi.

Uning yutuqlari roʻyxatiga ikkita Oscar mukofoti, to‘qqizta Grammy Awards mukofoti, to‘qqizta American Music Awards mukofoti, yigirmata Guinness World Records mukofoti, sakkizta MTV Video Music Awards mukofoti, to‘rtta Brit Awards mukofoti va ikkita Golden Globe mukofoti mavjud. U Grammy tarixida barcha to‘rtta asosiy nominatsiyalar — „Yil yozuvi“, „Yil albomi“, „Yil qo‘shig‘i“ va „Eng yaxshi yangi san’atkor“larni bir marotabadan qoʻlga kiritgan ikkinchi va yagona ayol sanʼatkor bo‘ldi, shuningdek, „Yil albomi“ va „Yil yozuvi“ning eng yosh g‘olibi hisoblanadi. Eilish XXI asrda tug‘ilib, ham Grammy, ham Oscar mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi shaxs va Oscar mukofotini ikki marta yutgan eng yosh sanʼatkor sifatida tarixga kirdi. U 2019-yilda Time jurnali tomonidan e’lon qilingan birinchi Time 100 Next, 2021-yilda esa Time 100 ro‘yxatiga kiritilgan. RIAA va Billboard ma’lumotlariga ko‘ra, Eilish raqamli singllar bo‘yicha 26-o‘rinni egallagan va 2010-yillarning eng muvaffaqiyatli san’atkorlaridan biri sifatida tan olingan. 2022-yil dekabr oyida BBC tomonidan e’lon qilingan 100 Women ro‘yxatidan ham joy olgan. Eilish siyosiy faollik bilan shug‘ullanadi, asosan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ogohlikni oshirish, ayollarning reproduktiv huquqlari va gender tengligi masalalariga e’tibor qaratadi.

Diskografiyasi

  • When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (2019)
  • Happier Than Ever (2021)
  • Hit Me Hard and Soft (2024)

Turnelar

  • Donʼt Smile at Me Tour (2017)
  • Whereʼs My Mind Tour (2018)
  • 1 by 1 Tour (2018-2019)
  • When We All Fall Asleep Tour (2019)
  • Where Do We Go? World Tour (2020)
  • Happier Than Ever: The World Tour (2022)
Yuqori