| Amin Tojiyev | |
|---|---|
| Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi | |
| Mansab davri 1989-yil iyuldan – 1992-yil yanvargacha | |
| Oʻtmishdoshi | Sagindik Niyetullayev |
| Vorisi | Rajabboy Yoʻldoshev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 12-aprel 1947-yil |
| Vafoti | 4-iyun 2026-yil (79 yoshda) |
| Mukofotlari | |
Amin Hamrayevich Tojiev — qoraqalpoq davlat arbobi. 1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.
Tarjimai hol
Amin Xamrayevich 1983-yil 23-martda qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangan.
1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 10-sessiyasida „boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan“ egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
2006-yil 6-apreldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzosi.
Amin Tojiyev „Qoraqalpogʻistondagi Amudaryo deltasida toʻqay oʻrmonlarini saqlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash“ loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita birinchi yigʻilishida ishtirok etgan.
Oilasi
Oʻgʻli — Tojiev Erkin Aminovich, 2022-yil 22-iyuldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori. Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori vazifasida ishlagan.
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni
- El-yurt hurmati ordeni (28.08.2020)
- 12-aprelda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- 4-iyunda vafot etganlar
- 2026-yilda vafot etganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Qoraqalpogʻiston kishilari