Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ocean Eyes — amerikalik qoʻshiqchi Billie Eilishning singli boʻlib, uning „Donʼt Smile at Me“ nomli debyut EP tarkibidagi singl va „Everything, Everything“ (201

Ocean Eyes

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Ocean Eyes“
Billie Eilish qoʻshigʻi
Don't Smile at Me mini-albomidan
Chiqarilgan sanasi 2016-yil 18-noyabr (2016-11-18)
Janr
  • Pop
  • dream pop
  • synth-pop
  • indie pop
  • R&B
Davomiyligi 3:20
Leybl
Qoʻshiq muallif(lar)i Finneas O'Connell
Prodyuser(lar) Finneas OʻConnell
Billie Eilish singllari xronologiyasi
„Six Feet Under“
(2016)
Ocean Eyes
(2016)
„Bellyache“
(2017)
Klipi
"Ocean Eyes" YouTubeda

Ocean Eyes — amerikalik qoʻshiqchi Billie Eilishning singli boʻlib, uning „Donʼt Smile at Me“ nomli debyut EP tarkibidagi singl va „Everything, Everything“ (2017) filmining saundtregi sifatida chiqarilgan. Ushbu qoʻshiq Eilishning akasi Finneas O'Connell tomonidan yozilgan va ishlab chiqarilgan. Finneas ushbu qoʻshiqni dastlab oʻzining guruhi uchun yozgan. U qoʻshiqni Eilishga berishining sababi sifatida qoʻshiq Eilishning vokaliga koʻproq mos kelishini aytadi. Qoʻshiq dastlab SoundCloudda 2015-yil 18-noyabrda chiqarilgan, biroq keyinchalik 2016-yil 18-noyabrda Darkroom va Interscope Records tomonidan singl sifatida tijoriy maqsadlarda qayta chiqarilgan.

„Ocean Eyes“ tanqidchilardan ijobiy sharhlar oladi, tanqidchilarning koʻpchiligi kompozitsiya va lirik mazmunni yuqori baholaydi. Qoʻshiq tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. AQShning Billboard Hot 100 roʻyxatida 84-oʻrinni egallagan. U bir nechta mamlakatlar chartlarida eng yaxshi 60 talikka kirgan. Buyuk Britaniyaning Singles Chartida 72-oʻrinni qoʻlga kiritgan. „Ocean Eyes“ Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan uchta platina sertifikati singari bir nechta sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Qoʻshiqni targʻib qilish uchun trekka videoklip ishlangan. Unga Megan Thompson rejissyorlik qilgan va 2016-yil 24-martda chiqarilgan. Eilish trekni oʻzining 2019-yilgi "When We All Fall Asleep" gastroli, "Where Do We Go?" va 2022-yildagi "Happier Than Ever" dunyo boʻylab gastrolidagi qoʻshiqlar roʻyxatiga kiritgan. Trek toʻlaligicha Logic stok tovushlari yordamida yaratilgan. Vokal Audio-Technica AT2020 mikrofoni bilan yozilgan. 2017-yilda Teen Vogue nashriga bergan intervyusida Eilish shunday deydi [Finneas] menga dastlab oʻz guruhi uchun yozgan "Ocean Eyes" qoʻshigʻi bilan bilan keldi. U menga ovozim bu qoʻshiqda juda yaxshi eshitiladi deb oʻylaganini aytdi. U menga oʻrgatdi. Biz qoʻshiqni birgalikda gitara chalib kuyladik va menga bu juda yoqdi."

Eilish va uning akasi trekni Diaz eshita olishi uchun SoundCloudga 2015-yil 18-noyabrda yuklashadi. Qoʻshiq bir kechada juda ommalashib ketadi. Eilish keyinchalik jarohat oladi va bu jarohat uning raqs karerasiga nuqta qoʻyadi. Bundan keyin u diqqatini ovoz yozish karerasiga qaratadi.

Tarixi va relizi

Trekni Eilishning akasi Finneas O'Connell yozgan, va ishlab chiqargan. Finneas „Ocean Eyes“ qoʻshigʻini dastlab oʻzining Slightlys guruhi uchun yozib, prodyuserlik qilgan. Keyinchalik qoʻshiq Eilishning vokaliga koʻproq mos kelishini tushungan. Finneas qoʻshiqni Eilishga uning Revolution Dance Center (Gonolulu prospekti, Los-Anjeles)dagi raqs oʻqituvchisi Fred Diaz xoreografiya uchun qoʻshiq soʻraganida beradi.

Treklar roʻyxati

Raqamli yuklash va oqimli tinglash
NomiDavomiyligi
1.„Ocean Eyes“3:20
Raqamli yuklash va oqimli tinglash – Remikslar EPsi
NomiDavomiyligi
1.„Ocean Eyes“ (Astronomyy Remix)4:56
2.„Ocean Eyes“ (Blackbear Remix)3:15
3.„Ocean Eyes“ (Goldhouse Remix)3:33
4.„Ocean Eyes“ (Cautious Clay Remix)3:11

Xodimlar va ishtirokchilar

"Donʻt Smile at Me"ning layner yozuvlaridan moslashtirilgan.

  • Billie Eilish — vokalist
  • Finneas O'Connell — prodyuser, Qoʻshiq muallifi
  • John Greenham — Aranjirovka

Chartlar

Haftalik chartlar

Chart (2018-2020) Yuqori natija
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya (ARIA)58
Kanada bayrogʻi Kanada (Canadian Hot 100)68
Chexiya bayrogʻi Chexiya (Singles Digitál Top 100)62
Fransiya bayrogʻi Fransiya (SNEP)43
Global 200 (Billboard)169
Irlandiya bayrogʻi Irlandiya (IRMA)50
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)
38
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya (AFP)92
Shotlandiya Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)50
Slovakiya bayrogʻi Slovakiya (Singles Digitál Top 100)83
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya (Sverigetopplistan)88
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya (UK Singles Chart)72
AQSH bayrogʻi AQSH (Billboard Hot 100)84
AQSh Rolling Stone Top 100 51

Yil yakunlari boʻyicha chartlar

Chart (2019) Oʻrni
Portugaliya (AFP) 147
AQSh Rolling Stone Top 100 66
Chart (2020) Oʻrni
Portugaliya (AFP) 169


Yuqori