| Baron | |
|---|---|
| Janr | jangovarva jinoyat filmi |
| Rejissyor(lar) | Rustam Saʼdiyev |
| Ssenariy muallif(lar)i | Shoira Gʻiyosova |
| Rollarda | Ulugʻbek kadirov Farhod Mahmudov Jamila Gʻofurova Viktor Verjbitskiy Pavel Priluchniy Andrey Smolyakov Gʻasson Masʼud Yoqub Ahmedov Dilnoza Kubayeva Muhammadiso Abdulxairov Shahlo Temirova Shahzoda Matchonova Seydulla Moldaxanov Behzod Hamroyev Hurshida Arabshoyeva Iso Toʻrayev Habibulla Nizomov |
| Premyera sanasi | 2016 |
| Davomiylik | 164 daqiqa |
| Mamlakatlar | |
Baron – oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan oʻtkir sujetli drama.
Mazmuni
Boks boʻyicha jahon chempioni Botir Saidov koʻchadagi ahmoqona olishuv tufayli qamoqqa tushadi. Uni qamoqdan qutqarishga harakat qilgan xotini esa, giyohvand moddalar kontrabandasini bajarishga majbur boʻladi. Oʻz organizmida giyohvand moddalarni olib oʻtayotgan bir paytda, geroinning qadoqdan chiqishi sababli Toshkent xalqaro aeroportida vafot etadi. Botir Saidov Afgʻonistondan giyohvand moddalarni yetkazib berish tranzit tarmogʻini bartaraf etish boʻyicha murakkab operatsiya tayyorlayotgan Oʻzbekiston maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishiga toʻgʻri keladi. Film oxirida yirik jinoiy guruh vakillari qoʻlga olinadi
Rollarda
| Aktyor | Rol |
|---|---|
| Ulugʻbek Qodirov | bokschi chempion Botir Saidov |
| Iso Toʻrayev | yirik narkobaron Mardon |
| Dilorom Egamberdiyeva | Mardonning ayoli Saida |
| Muhammadiso Abdulxairov | Mardonning ukasi Usmon |
| Farhod Mahmudov | Mardonning yordamchisi Izzat |
| Saydullo Moldaxanov | qonundagi oʻgʻri Meliboy |
| Viktor Verjbitskiy | rossiyalik tadbirkor Xariton |
| Javohir Zokirov | tergovchi |
| Habibulla Nizomov | qamoqdagi odam Hotam |
| Pavel Priluchniy | rossiyalik tergovchi Kolya |
| Andrey Smolyakov | rossiyalik general Leonid |
| Behzod Hamroyev | oʻzbekistonlik general Murod |
| Gʻasson Masʼud | yirik terrorchi |
| Shahlo Temirova | Saidov ayoli |
| Raʼno Shodiyeva | Rizvongul |
| Dilnoza Kubayeva | Izzatning ayoli |
| Jamila Gʻofurova | firibgar ayol Roʻzigul |
| Yoqub Ahmedov | Izzatning otasi |
- Filmlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston filmlari
- 2016-yil filmlari
- Rustam Saʼdiyev filmlari
- Alifbo boʻyicha familiyalar