Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Keles tumani — Turkiston viloyatining janubida joylashgan. Maydoni 3,4 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 2018-yil 8-iyunda tashkil topgan. Aholisi 145,263 kishi (20

Keles tumani

(dan yoʻnaltirildi)
Keles tumani
Келес ауданы
tuman
Tarkibida Turkiston viloyati
Maʼmuriy markazi Abay
Asos solingan sanasi 2018-yil
Akim Yesbayev Aqmentay
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2022) 145 263
Zichligi 42,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar - 92,53 %
oʻzbeklar - 5,32 %
boshqalari - 2,15 %
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 3451,27 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72532
Avtomobil raqami kodi X, 13
Xaritada
Keles tumani xaritada
41°15′0″N 68°30′0″E / 41.25000°N 68.50000°E / 41.25000; 68.50000

Keles tumani — Turkiston viloyatining janubida joylashgan. Maydoni 3,4 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 2018-yil 8-iyunda tashkil topgan. Aholisi 145,263 kishi (2022). Tumanning maʼmuriy markazi — Abay qishlogʻi.

Aholisi

Tuman aholisi 2022-yilgi maʼlumot boʻyicha 145,263 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi — 93 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar, ruslar, tojiklar va boshqa millatlar ham istiqomat qilishadi.

Milliy tarkibi

2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 145 263 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:

  • Qozoqlar — 134 411 kishi
  • Oʻzbeklar — 7 731 kishi
  • Turklar — 877 kishi
  • Uygʻurlar — 408 kishi
  • Ruslar — 299 kishi
  • Kurdlar — 277 kishi
  • Boshqalar — 1 260 kishi

Maʼmuriy boʻlinishi

№Qishloq okruglarMarkaziQishloq soniKentlar soniQishloq okruglar boʻyicha aholi soni
1.AbayAbay117 700
2.AqtoʻbeJuantoʻbe1420 618
3.Alpomish botirLeninjoʻli24620
4.BoʻzayBoʻzay42149
5.Birlesu28 gvardiyachilar43875
6.BirlikBirlik75111
7.BirtilekShirildaq1316 830
8.JambilBekboʻta53229
9.JuzimdiJuzimdik43493
10.QoʻchqorotaOlgʻabas1315 857
11.OʻshaqtiOʻshaqti1312 183
12.UshqinUshqin35011
Barchasi:1283110 686

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.

Yuqori