Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anhor yoki Anhor arigʻi (Anhor kanali, 1917-yil oktyabr inqilobigacha boʻlgan manbalarda Angor nomi ham uchraydi) – Toshkent va Toshkent viloyatidagi ariq (kana

Anhor arigʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anhor
Anhor ustiga qurilgan Oʻrda koʻprigi
Anhor ustiga qurilgan Oʻrda koʻprigi
Tavsif
Uzunligi 23
Suv sarfi 10,5 m³/s (Boʻrjar ajralib chiqqandan keyin)
Suv oqimi
Boshlanishi Boʻzsuv
 · Boshlanish joyi Shayxohtohur GESning yuqori befi
Quyilishi Mayda ariqlarga boʻlinib ketadi
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent shahri tumanlari va Zangiota tumani
Anhor arigʻi

Anhor yoki Anhor arigʻi (Anhor kanali, 1917-yil oktyabr inqilobigacha boʻlgan manbalarda Angor nomi ham uchraydi) – Toshkent va Toshkent viloyatidagi ariq (kanal), Boʻzsuv kanalining tarmogʻi. Anhorning boshlanishi hisoblangan nuqtaga qarab (Kichik halqa yoʻli janubi yoki Oʻzbekiston shoh koʻchasi janubi) ham chap, ham oʻng shoxobcha hisoblanishi mumkin. Uzunligi taxminan 23 kilometr, sugʻoriladigan maydoni 5000 gektarga yaqin. Oʻrtacha suv sarfi 10,5 m³/s.

Kanal oqimi

Zamonaviy kartografik manbalarda Shayxohtohur GESning yuqori befi (41°20′9″N 69°16′26.6″E / 41.33583°N 69.274056°E / 41.33583; 69.274056) Anhorning boshlanishi sifatida qabul qilingan, bu yerda Boʻzsuv yo yon tomonga ketgan yoki tugagan deb hisoblanadi (agar tugagan deb hisoblansa yon tomonga oʻtayotgan kanal Kaykovusning yuqori oqimi hisoblanadi). Shu bilan birga, Anhor ustki kanalning yoʻnalishini va undagi suvning katta qismini saqlab qoladi.

Boʻrjar GESning yuqori befida (41°18′32.3″N 69°15′29.1″E / 41.308972°N 69.258083°E / 41.308972; 69.258083) Anhorning oʻzi kichikroq oqim bilan yon tomonga oʻtadi va Boʻrjar kanali xuddi shu yoʻnalishda oqadi. Ayrim manbalarda Anhor faqat shu yerdan boshlanishi, ungacha boʻlgan qismi Boʻzsuv ekanligi yozilgan.

Boʻzsuv deb ham ataladigan qismi

Shayxohtohur GESning yuqori befi bilan Boʻrjar GESning yuqori befi oʻrtasida Anhor biroz gʻarbga nishablik bilan shimoldan janubga qarab poytaxtning markaziy qismidan oqib oʻtadi. U Xurshid koʻchasini, kattaroq oʻzan bilan Abdulla Qodiriy koʻchasi hamda Alisher Navoiy va Oʻzbekiston shoh koʻchalarini kesib oʻtadi. Anhor boʻyi koʻchasi kanal boʻylab oʻtadi. Sohillarida (pastki oqimda): Minor qabristoni, Germaniya elchixonasi, Jasorat monumenti (1966-yilgi Toshkent zilzilasiga bagʻishlangan), Turkiston konsert zaliOʻrda turar-joy mavzesi, Motamsaro ona majmuasi, Prezident administratsiyasi binosi (sobiq Senat binosi), Paxtakor markaziy stadioni, Yu. A. Gagarin nomidagi istirohat bogʻi va Oʻzbekiston Prezidentining "Oqsaroy" qarorgohi joylashgan. Abdulla Qodiriy koʻchasi yonidagi kichik orolda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi joylashgan. Oʻtmishda Anhor yaqinida Qoʻqon xonligining Oʻrda qalʼasi va xon qoʻshinlarining eski Toshkent qal’asi boʻlgan. Bu yerdan Chorsu va Chuqurkoʻprik shaxobchalari ajralib chiqadi. Shayxohtohur GES Anhordagi Xurshid koʻchasidan pastda qurilgan.

Boʻrjardan Kaykovusgacha boʻlgan qismi

Boʻrjar ajralib chiqqanidan keyingi Anhor
Boʻrjar ajralib chiqqanidan keyingi Anhor

Boʻrjar ajratilib chiqqanidan soʻng, kanal doimiy ravishda toʻliq oqimini yoʻqotib boradi. Kanalning shimoli-gʻarbiy tomonidagi kichik boshlangʻich uchastkasi yer ostidan oʻtadi, Beshyogʻoch koʻchasini kesib oʻtadi, undan keyin umumiy janubi-gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Soʻngra Furqat, Seul, Muqimiy, Choʻponota koʻchalari, Kichik halqa yoʻli, Bunyodkor shoh koʻchalarini kesib oʻtadi. Uning sohillarida (pastida): Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi, Humo Arena (Beshyogʻoch maydoni), Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Koʻrgazmalar zali, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat istirohat bog‘i, Bunyodkor stadioni, V.Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, ikkita kichik qabriston, Doʻmbrobod turar-joy mavzesi joylashgan. Zax, Novza, Choʻponota shaxobchalari shu yerdan boshlanadi. Kanal suvi Milliy bogʻdagi koʻlni toʻldiradi. Seul koʻchasi orqasida Anhor Oqtepa kanali bilan kesishadi (41°17′53″N 69°14′19″E / 41.29806°N 69.23861°E / 41.29806; 69.23861), bu Toshkentning yirik suv oqimlari kesishadigan yagona holatdir.

Toshkent ensiklopediyasida Anhor Xalqlar doʻstligi maydoni hududida (hozirgi Bunyodkor shoh koʻchasi) Eski Darxon va Qonqus kanallariga boʻlingani haqida xabar berilgan. Biroq, barcha zamonaviy kartografik manbalarda janubi-gʻarbiy yoʻnalishni saqlab turuvchi kanal Anhor deb ataladi.

Qonqus arigʻi

Anhor (Qonqus) Bunyodkor shoh koʻchasi boʻylab oqib oʻtadi, Toshkent avtomobil halqa yoʻli bilan transport ayirboshlash joyini aylanib oʻtadi va shahar chegarasidan tashqariga chiqadi. Toshkent chegarasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda, uning sohilida kichik qabriston joylashgan. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Beshqoʻrgʻon va Charimteshar (Charimtesharning avvalgi nomi Qonqus) aholi punktlari hududidan oqib oʻtadi.

Qonqus mayda shaxobchalarga boʻlinadi va yoʻqoladi, suvning bir qismi Quyi Boʻzsuvga yetib boradi.

Shayxohtohur GES

Shayxohtohur gidroelektr stansiyasi 1951—1954-yillarda Anhor kanalida qurilgan. 1955-yildan esa Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti tarkibiga kiradi. Kaykovus va Anhor ajralishidan biroz pastroqda joylashgan (41°19′38″N 69°16′13″E / 41.32722°N 69.27028°E / 41.32722; 69.27028).

1-va 2-gidroagregatlarning quvvati (1953-yilda ishga tushirilgan) har biri 1 MVt, 3-gidroagregatning quvvati (1954-yilda ishga tushirilgan) 1,6 MVt.

Novza
Novza
Chuqurkoʻprik
Izza
Izza
Choʻponota

Anhordan ajralib chiqadigan ariqlar

A. I. Dobromislovning yozishicha, 20-asr boshlarida Anhordan 23 ta sugʻorish ariqlari suv olgan.

Bugungi kunda saqlanib qolgan baʼzi shaxobchalar quyida keltirilgan:

Chuqurkoʻprik – Anhorning chap tarmogʻi boʻlib, Paxtakor stadioniga kiraverishda boshlanadi (41°18′43.7″N 69°15′37.7″E / 41.312139°N 69.260472°E / 41.312139; 69.260472). Dastlabki qism gidrotexnik quvurlar orqali oʻtadi va Botir Zokirov koʻchasi orqasida yuzaga chiqadi (41°18′46.3″N 69°15′4″E / 41.312861°N 69.25111°E / 41.312861; 69.25111). Gʻarb tomonga oqib oʻtadi, Furqat, Asadulla Xoʻjayev, Samarqand Darvoza koʻchalarini kesib oʻtadi. Suzuk ota koʻchasi hududida Quyi Boʻzsuvga quyiladi (41°18′55.6″N 69°13′03.3″E / 41.315444°N 69.217583°E / 41.315444; 69.217583).

Zax – Anhorning chap tarmogʻi, Milliy bogʻ metro bekati hududidan boshlanadi (tarixiy boshlanish nuqtasi – 41°18′4.8″N 69°14′22.5″E / 41.301333°N 69.239583°E / 41.301333; 69.239583, yuzaga chiqishining hozirgi boshlangʻich nuqtasi – (41°18′10.5″N 69°14′00.1″E / 41.302917°N 69.233361°E / 41.302917; 69.233361). Avval gʻarbga oqib oʻtadi, keyin shimoli-gʻarbga buriladi. Eski shaharning Beshyogʻoch dahasi hududidan oʻtadi. Bunyodkor shoh koʻchasi, Samarqand Darvoza koʻchalarini kesib oʻtadi. Zax sohillarida Xoʻja Alambardor maqbarasi bilan Zax ariq va Kamolon qabristonlari joylashgan. Quyi Boʻzsuvga quyiladi (41°18′42″N 69°12′41.2″E / 41.31167°N 69.211444°E / 41.31167; 69.211444).

Novza – Anhorning chap tarmogʻi boʻlib, Oqtepa kesishmasidan biroz pastroqda boshlanadi (41°17′44.6″N 69°14′4.9″E / 41.295722°N 69.234694°E / 41.295722; 69.234694). Gʻarbiy yoʻnalishda, Oqtepa maydoniga oqadi. Ariq boʻyida Novza masjidi joylashgan .

Choʻponota – Anhorning chap tarmogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ yonidan boshlanadi (41°16′59.5″N 69°13′6.6″E / 41.283194°N 69.218500°E / 41.283194; 69.218500). Shimoli-gʻarbga oqib oʻtadi, soʻngra yer ostiga oʻtadi, yuzaga chiqqandan keyin janubga bir oz qiyalik bilan gʻarbga oqadi. Bunyodkor shoh koʻchasi, Qatartol va Choʻponota koʻchalarini kesib oʻtadi. Sohilida kichik qabriston bor. Toshkent halqa avtomobil yoʻli hududida Quyi Boʻzsuvga quyiladi (41°16′55″N 69°9′1″E / 41.28194°N 69.15028°E / 41.28194; 69.15028).

Izza – Anhorning chap tarmogʻi, katta ariq (kanal deb hisoblash mumkin). Bunyodkor shoh koʻchasi hududidan boshlanadi (41°15′47.1″N 69°11′50.7″E / 41.263083°N 69.197417°E / 41.263083; 69.197417). Shoh koʻchani kesib oʻtib, Qizil Sharq va Izza kichik dahalari orqali shimoli-gʻarbga oqib oʻtadi.

Anhor bilan bogʻliq tarixiy voqealar

Toshkentning Qoʻqon xonligiga qoʻshilishi bilan Anhor va Gadragan kanallari oraligʻida harbiy qalʼa – Oʻrda qurilgan. Alisher Navoiy shoh koʻchasidagi zamonaviy "Anhor" qahvaxonasi hududida boʻlgan. Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin (1865) janubda Boʻrjar arigʻi tugash qismida chor qoʻshinlari qalʼasi barpo etilgan. Ayni vaqtda Qoʻqon oʻrdasi Toshkentni bosib olgan general M. G. Chernyaevning qarorgohiga aylangan. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topishi bilan Anhor yaqinida (zamonaviy Senat binosi oʻrnida) gubernatorlar qarorgohi qurilgan (meʼmori – Aleksey Benua).

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kanal avvaldan aholi yashab kelgan Eski shahar (ruslar sartlar shahri deb atagan) hamda bosib olingandan keyin paydo boʻlgan Yangi shahar oʻrtasidagi chegara boʻlgan. Yangi shaharning birinchi koʻchasi Chernyayev (hozirgi Mustaqillik maydoni) Anhor boʻylab oʻtgan. Bundan tashqari, Toshkentdagi Oʻrda (ruscha: Урдинский) nomi bilan mashhur boʻlgan birinchi zamonaviy koʻprik Anhor boʻylab qurilgan. Dastlab yogʻochdan yasalgan boʻlsa, 1913-yilda zamonaviy gʻisht koʻprik qurilgan.

1930-yilning 1-yanvarida Anhorda suv toshishi sodir boʻldi, bu esa Eski shahardagi ulkan hududni 7 dan 21 soatgacha suv bosishiga olib keldi. Favqulodda holatga Boʻzsuv elektr stansiyasida (1930-yilda Chirchiq-Boʻzsuv GES kaskadidagi energiya generatsiya qilgan yagona elektr stansiyasi) suv oqimining notekisligi sabab boʻlgan. Qolaversa, Yangi yil arafasida navbatchilikka tayinlangan texnik xodim bayramni nishonlash uchun oʻz xizmat joyini tark etgan. Suv toshqiniga qarshi kurashish uchun GES ishi vaqtincha toʻxtatilgan, harbiy qismlar, militsiya, partiya xodimlari, komsomolchilar va shaharning oddiy fuqarolari safarbar qilingan. 501 kishi jarohat olgan, yoʻqotishlar 117 100 rublga baholangan (energetika oʻchirilgan korxonalarning ishlamay qolish vaqtini hisobga olmaganda). Falokat haqida juda maxfiy tartibda, shu jumladan I. V. Stalinga va OGPU rahbari G. G. Yagodaga xabar berilgan.

Madaniyatda tilga olinishi

Oʻzbek shoirasi Yulduz Muxtorova Anhor bagʻishlab sheʼr oʻqigan.

Adabiyotlar

  • Ташкент. Энциклопедия. Ташкент: Главная редакция УзСЭ, 1983. 
  • Атлас «Ташкент» малый.. Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2007. ISBN 978-9943-15-128-4. 
  • История Ташкента (с древнейших времён до победы Февральской буржуазно-демократической революции). Ташкент: «Фан» УзССР, 1988. ISBN 5-648-00434-6. 
  • Булатова В. А., Маньковская Л. Ю.. Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв. Ташкент: Издательство литературы и искусства, 1983. 
  • Добросмысловъ А. И.. Ташкентъ въ прошломъ и настоящемъ. Историческій очеркъ. Ташкент: Типография Порцева, 1912. 
  • Чуб В. Е., Видинеева Е. М., Верещагина Н. Г., Рахматова Н. И. О пригодности воды водоёмов г. Ташкента для рекреации и ирригации // НИГМИ Узгидромет.
Yuqori