| Yigitali Mamajonov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1990-yil 16-iyun Moskva, RSFSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor |
| Faoliyat yillari | 2011-bugun |
| Mukofotlari | „Yilning eng yaxshi yosh aktyori“ |
Yigitali Mamajonov (1990-yil 16-iyun) — oʻzbek aktyori.
Biografiyasi
Yigitali Mamajonov 1990-yil 16-iyunda Rossiya poytaxti Moskva shahrida tugʻilgan.U oilada yolgʻiz farzand boʻlib oʻsgan .2001-yilda Andijon shahriga ko‘chib kelgan. Andijon viloyati, Xonobod shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. Andijon olimpiya zaxiralari sport kollejida o‘qishni davom ettirdi.2012-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Oʻzbekiston davlat teatr institutini tamomlagan. U O‘zbekistonda „Yilning eng yaxshi yosh aktyori“ mukofotini oldi. Yigitali Mamadjonov 2011-yilda „Yozsiz yil“ (Yozsiz yil) oʻzbek dramatik filmida suratga tushganidan soʻng Oʻzbekistonda keng eʼtirof va shuhrat qozongan.
Aktyorga eng katta shuhrat keltirgan filmlardan biri 2013-yilda suratga olingan „Poyga“ filmi edi. Bu film o‘zbek kinosida yangi sahifalarni ochgan film sifatida eʼtirof etilgan. Qolaversa, 2020-yilda suratga olingan Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan Ilhaq filmi uni yanada mashhur qildi. Yigitali 20 dan ortiq film va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. 40 dan ortiq videokliplarda ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti
Mamajonov 2012-yilda Rayhon G‘aniyeva bilan turmush qurgan.2014-yil 1-mayda Mamajonov va Rayhon egizak o‘g‘il farzandli bo‘ladi . 2015-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida atigi ikki yil birga yashagan Mamajonov va Rayhon ajrashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi
2018-yilda Yigitali Mamajonov O‘zbekiston xalq artisti Lutfilla Saʼdullayeva va Gulchehra Saʼdullayevaning kenja qizi Muqaddas Saʼdullayevaga uylandi
Bolalari
- Islom Mamajanov 2014-yil 1-may
- Imron Mamajanov 2014-yil 1-may
- Sadiya Mamajanova 2015-yil 11-sentyabr
- Abubakr Siddiq Mamajanov 2018-yil 23-dekabr
- Xadicha Mamajanova 2019-yil 2-dekabr
Filmografiyasi
Quyida Yigitali Mamadjonov suratga tushgan filmlarning xronologik tartibda roʻyxati keltirilgan.
| Yil | Film | Rol |
|---|---|---|
| 2011 | Yozsiz bir yil | Sobir |
| 2012 | Onamning orzulari | Mardon |
| 2012 | Sardor-3 | |
| 2012 | Sevgi jannatdir 1 | Mustafo |
| 2013 | Poyga | Uchar |
| 2014 | Sevgi balki bu jannat | Mustafo |
| 2015 | Sevgi balki bu jannat 2 | Mustafo |
| 2015 | Gʻazab | Abror |
| 2016 | Oyqiz ertagi | Janboz |
| 2016 | Mening injiq | Yigitali |
| 2017 | Kokteyl | Ali |
| 2017 | Begunoh | |
| 2019 | Birinchi avgust | Bori |
| 2020 | Dadam | |
| 2020 | Iblis oʻyini | |
| 2020 | Ilhaq | Shokir |
Televizion seriallari
| Yil | TV seriallar | Manba |
|---|---|---|
| 2018 | Saodat | |
| 2020 | Qochqin | |
| 2022 | Net |
Kliplari
| yil | Qoʻshiqchi | Qoʻshiq nomi |
|---|---|---|
| 2011-yil | Ummon guruhi | „Yuq“ |
| 2013-yil | Lola | „Jonim sogindim“ |
| 2014-yil | Botir Yaminov | „Yodimdasan“ |
| 2014-yil | Manzura | „Borsan“ |
| 2016-yil | Diyor Mahkamov | "Sevar edim" |
| 2017-yil | Lola | „Soʻgʻindim“ |
| 2017-yil | Ummon guruhi | "Sen meniki emassan" |
| 2018-yil | Ulugʻbek Rahmatullaev | „Bilmadi“ |
| 2018-yil | Bahrom Nazarov | „Yomon ekan“ |
| 2019-yil | Munisa Rizayeva | „Sensis“ |
| 2019-yil | Kaniza | „Bir bora“ |
| 2019-yil | Yulduz Turdiyeva | "Meni unut" |
| 2019-yil | Jasur Mavlonov | „Yo Rab“ |
| 2020-yil | Yulduz Turdiyeva | „Sevgi“ |
| 2020-yil | Bonu | "Qoldimku" |
| 2020-yil | Alisher Zokirov | „Parcha-parcha“ |
| 2021-yil | Ulugʻbek Rahmatullaev | „Seni Deya“ |
| 2021-yil | Yorqinxoʻja Umarov | „Bir kunlik“ |
| 2021-yil | Hamdam Sobirov | „Yahshi qol“ |
| 2021-yil | Bonu | "Bechora yurak" |
| 2022-yil | Abdulloh | "Alvido" |
| 2022-yil | Bonu | „Sogʻinasanmu“ |
| 2022-yil | Bonu | "Dadajon" |
| 2022-yil | Komron Axmedov | „Yiglamagina“ |
| 2022-yil | Davron Ergashev | "Otam" |
| 2022-yil | Hilola Hamidova | "Umr yoʻldoshim" |
| 2022-yil | Surayyo Narzullayeva | "Endi yoʻq" |
| 2022-yil | Bonu | "Qora tun" |
| 2022-yil | Shahri | "Boyvochcha" |
| 2022-yil | Hayot guruhi | "Yurak" |
| 2022-yil | Sirojiddin Hojiyev | "18 ga kirmagan " |
| 2023-yil | Jaloliddin Ahmadaliyev | " Yetmasmidi " |
Mukofotlari
- 2011-yilda O‘zbekistonda „Yilning eng yaxshi yosh aktyori“ mukofotiga sazovor bo‘lgan.
- 2012-yilda u M&TVA gʻolibi boʻldi.
- 16-iyunda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar
- Moskvada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar