Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yulduz Turdiyeva 1985-yil 10-avgustda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2008-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. 2007-yilda turmush qurgan, hozir

Yulduz Turdiyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yulduz Turdiyeva
Tavalludi 1985-yil 10-avgust (1985-08-10) (41 yosh)
Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Yulduz Turdiyeva – oʻzbek xonandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Hayoti

Yulduz Turdiyeva 1985-yil 10-avgustda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2008-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. 2007-yilda turmush qurgan, hozir uchta farzandi bor. 2010-yilda „Nihol“ mukofotini qoʻlga kiritgan xonandaning ilk musiqiy albomi 2011-yilda chiqdi. Bundan tashqari, 2004-yilda Yalta shahrida oʻtkazilgan „Beshinchi Xalqaro yoshlar festivali“da „Eng yaxshi vokalchi“ mukofotiga sazovor boʻldi. 2009-yilda Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan Xalqaro mugʻom festivalida qatnashdi. Shuningdek u Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga ham ega.

Faoliyati

2009-yilda u Xalqaro mugʻom festivalida Qorabag shikastasi, ozarbayjoncha mugʻomni ijro etib ushbu tanlovda birinchi oʻrinni egalladi.

Yuqori