![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Valdemar Anton | ||
| Tavallud sanasi | 1996-yil 20-iyul | ||
| Tavallud joyi | Olmaliq, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 189 | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussia Dortmund | ||
| Raqami | 3 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2018 | Gannover 96 II | (1) | |
| 2016—2020 | Gannover 96 | 130 | (5) |
| 2020—2024 | VfB Shtutgart | 65 | (2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2016-2019 | Germaniya U-23 | 11 | (0) |
| 2024— | Germaniya | 5 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Valdemar Anton (1996-yil 20-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Borussia Dortmund klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Anton Gannover tumanidagi Myulenberger SV klubida yoshlar jamoasida yetti yoshidan futbol oʻynay boshlagan.
2020-yil 28-iyulda Anton VfB Shtutgartga koʻchib oʻtgan va shvabliklar bilan 2024-yilning iyun oyi oxirigacha moʻljallangan shartnoma imzolagan. 2021-yil 5-noyabrda u shartnomasini 2025-yilning oxirigacha uzaytirgan.
VfB Stuttgart
2020-yil 28-iyulda u VFB Shtutgartga toʻrt yillik shartnoma asosida oʻtdi. 2021-yilning 5-noyabrida u shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirgan.
Borussiya Dortmund
2024-yil 8-iyulda Anton Bundesligada ishtirok etuvchi Dortmundning „Borussiya“ klubiga qoʻshilgan va 22,5 million yevro evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolagan
Xalqaro oʻyinlar
Anton Germaniya terma jamoasining yoshlar terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. Anton Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida 2017-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va 2019-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan.
Anton Rossiya, Oʻzbekiston va Germaniya terma jamoalarida oʻynash huquqiga edi. 2017-yilda Oʻzbekiston futbol ittifoqi u bilan bogʻlangan, biroq u terma jamoada oʻynashni istamagan 2024-yilning mart oyida u Fransiya va Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2024-yilning 23-martida Fransiyaga qarshi bahsda debyut qilgan. Anton Germaniya terma jamoasining Yevro-2024 uchun qaydnomasiga kiritilgan.
Yutuqlari
Gannover 96
- Bundesligaga koʻtarilish: 2017-yil
Milliy terma jamoa
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2017-yil
Individual ravishda
- Quyi Saksoniyaning yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil
Faoliyat statistikasi
- 2021-yil 13-fevral holatiga ko‘ra
| Klub | Mavsum | Liga | DFB-Pokal | Umumiy | Mnb. | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
| Hannover 96 II | 2015-16 | Regionalliga Nord | 11 | 1 | — | 11 | 1 | ||
| Hannover 96 | 2015-16 | Bundesliga | 8 | 1 | 0 | 0 | 8 | 1 | |
| 2016-17 | 2. Bundesliga | 31 | 2 | 2 | 0 | 33 | 2 | ||
| 2017-18 | Bundesliga | 27 | 1 | 2 | 0 | 29 | 1 | ||
| 2018-19 | Bundesliga | 34 | 1 | 2 | 0 | 36 | 1 | ||
| 2019-20 | 2. Bundesliga | 30 | 0 | 1 | 0 | 31 | 0 | ||
| Umumiy | 130 | 5 | 7 | 0 | 137 | 5 | — | ||
| VfB Stuttgart | 2020-21 | Bundesliga | 31 | 0 | 3 | 0 | 34 | 0 | |
| 2021-22 | Bundesliga | 29 | 2 | 1 | 0 | 30 | 2 | ||
| 2022-23 | Bundesliga | 15 | 1 | 1 | 0 | 16 | |||
| Umumiy faoliyat | 159 | 6 | 10 | 0 | 169 | 6 | — | ||
Shaxsiy hayot
Anton Oʻzbekistonda ota-onasi nemis va rus millatiga mansub oilada tugʻilgan.
- 20-iyulda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Olmaliqda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Olmaliq kishilari
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- Germaniyalik erkak futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Bundesliga 2 futbolchilari
- Hannover 96 futbolchilari
- Hannover 96 II futbolchilari
- VfB Stuttgart futbolchilari
