Andijon PFK (Andijon professional futbol klubi) — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi vakili, Andijon viloyati sharafini himoya qiladi. 2024-yilda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Kubogi sohibi.
![]() | |||
| Toʻliq nomi | Andijon professional futbol klubi | ||
|---|---|---|---|
| Laqabi | Burgutlar | ||
| Asos solingan | 1964-yil | ||
| Stadioni | Bobur stadioni | ||
| Sigʻimi | 18.600 | ||
| Egasi | Andijon viloyat hokimligi | ||
| Bosh direktori | Elbek Samatov | ||
| Bosh murabbiy | Samvel Babayan | ||
| Liga | Oʻzbekiston Superligasi | ||
| Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Tarixi
1964—1967, 1989—1990-yillari „Spartak“, 1969—1974-yillari „Andijanets“, 1983—1985-yillari „Toʻqimachi“, 1986—1988-yillari „Paxtakor“, 1991—1996-yillari „Navroʻz“ va 1997-yildan boshlab „Andijon“ nomlari ostida chempionatlarda ishtirok etishni boshlagan. 1964—1970, 1973—1974, 1986—1991-yillari Sovet Sotsialistlik Respublikalar Ittifoqi chempionatida ishtirok etgan. Klub 1992-yildan 2004-yilgacha Oliy ligada, 2005-yilda Birinchi ligada ishtirok etgan. 2006-yili klub yana Oliy ligaa qaytgan. 2008-yilda oʻz tarixidagi eng yaxshi natija, Oliy ligada 5-oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2012-yilgi mavsum soʻngida esa jamoa Oliy ligani tark etgan va navbatdagi bir mavsumni birinchi ligada oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumni 13-pogʻonada yakunlagan.
2012-yil 22-avgustda klub Oliy ligadagi oʻz oʻrnini saqlab qolishiga yordam berish uchun, Azamat Abduraimovni bosh murabbiy sifatida tayinlagan. Klubdagi oʻzgarishlar natija bermagan va jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasiga tushib ketgan. Klub navbadagi mavsum, Oʻzbekiston birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallab, yana Oliy Ligaga qaytgan. 2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidan soʻng „Andijon“ atigi 4 ochko bilan chempionatda 14-oʻrinda edi. 2014-yil 14-iyun kuni „Bunyodkor“ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Oradan bir necha kun oʻtib, 2014-yil 20-iyunda Azamat Abduraimov isteʼfoga chiqqan. Klubga vaqtinchalik Ildar Mamatkazin bosh murabbiy etib tayinlangan. 2014-yil 26-sentyabrda Edgar Gess klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
2024-yil 5-noyabrda Andijon jamoasining 60 yilligi nishonlangan.
Klub nomlari
- 1964—1967: Spartak
- 1969—1974: Andijanets
- 1983—1985: Toʻqimachi
- 1986—1988: Paxtakor (Andijon)
- 1989—1990: Spartak (Andijon)
- 1991—1996: Navroʻz
- 1997—2005: Andijon
- 2006-yil: Andijon UzDEU avto
- 2008—h. v.: Andijon
Mahalliy tarix
| Mavsum | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Div. | Oʻrin | Oʻyin | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | |||
| 1992 | 1 | 7 | 32 | 12 | 9 | 11 | 45 | 45 | 33 | 1/4 Final | Furqat Esonboyev | 11 | Karim Moʻminov Vladimir Jukovskiy |
| 1993 | 1 | 7 | 30 | 11 | 8 | 11 | 43 | 41 | 30 | 1/4 Final | Karen Safarov | 9 | Vladimir Jukovskiy |
| 1994 | 1 | 11 | 30 | 11 | 3 | 16 | 34 | 50 | 25 | 1/8 Final | Igor Golovanov | 12 | Iskandar Galiulin |
| 1995 | 1 | 8 | 30 | 10 | 7 | 13 | 38 | 46 | 38 | 1/16 Final | Qahramon Abduqodirov | 10 | Iskandar Galiulin |
| 1996 | 1 | 8 | 30 | 11 | 8 | 11 | 44 | 51 | 41 | Playoff bosqichi | Qahramon Abduqodirov | 9 | Iskandar Galiulin Bahrom Hakimov |
| 1997 | 1 | 12 | 34 | 11 | 6 | 17 | 54 | 62 | 39 | 1/8 Final | Otabek Qilichev | 11 | Viktor Borisov Sergey Shevchenko |
| 1998 | 1 | 9 | 30 | 12 | 4 | 14 | 59 | 58 | 40 | 1/16 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 9 | Sergey Shevchenko |
| 1999 | 1 | 6 | 30 | 12 | 7 | 11 | 53 | 50 | 43 | Baxtiyor Hamidullayev | 24 | Sergey Shevchenko Boris Lavrov | |
| 2000 | 1 | 8 | 38 | 15 | 10 | 13 | 82 | 62 | 55 | 1/16 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 33 | Iskandar Galiulin |
| 2001 | 1 | 7 | 34 | 15 | 3 | 16 | 64 | 58 | 48 | 1/8 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 25 | Iskandar Galiulin |
| 2002 | 1 | 11 | 30 | 9 | 6 | 15 | 43 | 61 | 33 | 1/4 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 22 | Iskandar Galiulin |
| 2003 | 1 | 7 | 30 | 11 | 6 | 13 | 38 | 36 | 39 | Playoff bosqichi | Baxtiyor Hamidullayev | 8 | Hakim Fuzaylov |
| 2004 | 1 | 14 | 26 | 6 | 1 | 19 | 30 | 68 | 19 | 1/8 Final | Shuhrat Yusupov | 8 | |
| 2005 | 2nd | 1 | 34 | 27 | 3 | 4 | 85 | 20 | 84 | 1/8 Final | Yodgor Akbarov | 26 | |
| 2006 | 1 | 10 | 30 | 10 | 5 | 15 | 46 | 52 | 35 | 1/16 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 17 | Edgar Gess |
| 2007 | 1 | 10 | 30 | 10 | 5 | 15 | 37 | 45 | 35 | 1/4 Final | Baxtiyor Hamidullayev Doniyor Hamidullayev | 6 | Edgar Gess Ishtvan Sekech Orif Mamatkazin |
| 2008 | 1 | 5 | 30 | 13 | 7 | 10 | 35 | 28 | 46 | 1/8 Final | Levan Mdivnishvili | 11 | Vladimir Bondarenko Orif Mamatkazin |
| 2009 | 1 | 7 | 30 | 10 | 9 | 11 | 47 | 48 | 39 | 1/8 Final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 9 | Orif Mamatkazin |
| 2010 | 1 | 7 | 26 | 9 | 7 | 10 | 28 | 29 | 34 | 1/4 Final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 11 | Amet Memet |
| 2011 | 1 | 12 | 26 | 7 | 7 | 12 | 29 | 43 | 28 | 1/8 Final | Lochinbek Soliyev | 11 | Orif Mamatkazin Aleksandr Averyanov |
| 2012 | 1 | 14 | 26 | 4 | 4 | 18 | 28 | 52 | 16 | 1/4 Final | Vladimir Shishelov | 7 | Aleksandr Averyanov Azamat Abduraimov |
| 2013 | 2 | 2 | 30 | 23 | 2 | 5 | 76 | 24 | 71 | 1/16 Final | Lochinbek Soliyev | 15 | Azamat Abduraimov |
| 2014 | 1 | 14 | 26 | 3 | 3 | 20 | 18 | 50 | 12 | 1/8 Final | Abdulatif Abduqodirov Aziz Ibragimov | 3 | Azamat Abduraimov Orif Mamatkazin Sergey Shevchenko Edgar Gess |
| 2015 | 1 | 13 | 30 | 8 | 4 | 18 | 27 | 56 | 28 | 1/8 Final | Anvar Berdiyev | 7 | Edgar Gess Sergey Kovshov |
| 2016 | 1 | 16 | 30 | 6 | 5 | 19 | 20 | 50 | 23 | 1/4 Final | Nemanja Jovanović | 5 | Sergey Kovshov Baxtiyor Ashurmatov Orif Mamatkazin |
| 2017 | 2nd | 3 | 34 | 21 | 9 | 4 | 73 | 32 | 72 | II-bosqich | Shahboz Jumaboyev | 15 | Vitaliy Legay Usmon Toshev |
| 2018 | 2nd | 1 | 32 | 18 | 9 | 5 | 57 | 29 | 63 | 1/4 Final | Shahboz Jumaboyev | 17 | Eldor Sakayev |
| 2019 | 1 | 10 | 26 | 6 | 10 | 10 | 23 | 37 | 28 | 1/8 Final | Shaxzod Ubaydullaev | 9 | Eldor Sakayev Aleksandr Xomyakov |
| 2020 | 1 | 13 | 26 | 2 | 10 | 14 | 16 | 38 | 16 | 1/8 Final | Jamshid Hasanov | 5 | Aleksandr Xomyakov Viktor Kumikov |
| 2021 | 1 | 13 | 26 | 4 | 7 | 15 | 22 | 41 | 19 | Guruh bosqichi | Usmonali Ismonaliyev | 5 | Viktor Kumikov |
| 2022 | 2 | 1 | 26 | 17 | 6 | 3 | 42 | 25 | 57 | 1/8 Final | Shahboz Erkinov | 12 | Viktor Kumikov |
| 2023 | 1 | 7 | 26 | 12 | 4 | 10 | 27 | 25 | 40 | Guruh bosqichi | Rubin Hebaj | 12 | Aleksandr Xomyakov |
| 2024 | 1 | 9 | 26 | 6 | 12 | 8 | 36 | 36 | 30 | Gʻolib | Rustam Turdimurodov | 7 | Aleksandr Xomyakov |
| 2025 | 1 | 11 | 30 | 9 | 8 | 13 | 39 | 51 | 35 | Guruh bosqichi | Doniyor Abdumannopov Usmonali Ismonaliyev | 5 | / Aleksandr Xomyakov Artyom Petrosyan¹ / Maksim Shatskix Akmal Shorahmedov¹ Elyorbek Rahmatullayev¹ Samvel Babayan |
Izoh: ¹ Vaqtincha tayinlangan yoki vazifasini bajaruvchi murabbiyni bildiradi.
Xalqaro oʻyinlar tarixi
- 2025-yil 24-dekabrda oʻtkazilgan oʻyinlar holatiga koʻra
| Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG |
|---|---|---|---|---|---|---|
| AFC ikkinchi chempionlar ligasi | 6 | 0 | 5 | 1 | 1 | 3 |
| Umumiy | 6 | 0 | 5 | 1 | 1 | 3 |
| AFC ikkinchi chempionlar ligasi | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Sana | Bosqich | Natija | Jamoa | Stadion | Mavsum |
| 2015-yil 17-sentyabr | Guruh bosqichi | 0–0 | Arkadagʻ | Arqadagʻ, Turkmaniston | 2025–26-yilgi ikkinchi Osiyo Chempionlar ligasi |
| 2025-yil 1-oktyabr | 0–0 | Al-Xaldiya | Andijon, Oʻzbekiston | ||
| 2025-yil 22-oktyabr | 0–0 | Al Ahli | Andijon, Oʻzbekiston | ||
| 2025-yil 5-noyabr | 0–0 | Al-Xaldiya | Arad, Bahrayn | ||
| 2025-yil 26-noyabr | 1–1 | Arkadagʻ | Andijon, Oʻzbekiston | ||
| 2025-yil 24-dekabr | 0–2 | Al Ahli | Doʻha, Qatar | ||
Jamoa ramzlari
- Fayl:Netherland – ebnalmosul fk andijan.png
- Fayl:Stariy logo FK Andijan.png
- Andijon jamoasi 2017—2021-yillar davomidagi logosi
- "Andjon" klubining yangi logosi
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi (3): 2005-yil, 2018-yil, 2022-yil
- Oʻzbekiston Superligasida 5-oʻrin 2008-yil
Tarkibi
Birinchi jamoa tarkibi
- 2026-yil 4-mart holatiga koʻra
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U21
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U19
Texnik xodimlar
- 2025-yil 8-yanvar
Joriy murabbiylar shtabi
| Position | Name |
|---|---|
| Bosh murabbiy | Samvel Babayan |
| Murabbiy yordamchisi | Grigoriy Kolosovskiy |
| O'yin tahlilchisi | Denis Toymensev |
| Texnik direktor | Elyorbek Rahmatullayev |
| Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy | Branko Ciric |
| Darvozabonlar murabbiyi | Pavel Sinelnikov |
| U21 darvozabonlar murabbiyi | Qobil Olimjonov |
Bosh murabbiylari
Yillar boʻyicha
| Yillar | Bosh murabbiy |
|---|---|
| 1964-yil | Yevgeniy Valitskiy |
| 1965 | Sergey Budagov |
| 1965—1966-yillar | Vladimir Desyatchikov |
| 1967—1983-yillar | maʼlumotlar yoʻq |
| 1973 | Idgay Tazetdinov |
| 1974 | Vladimir Eremeev |
| 1984-yil | Aleksandr Averyanov |
| 1985-yil | maʼlumotlar yoʻq |
| 1986—1987-yillar | Aleksandr Averyanov |
| 1988-yil | maʼlumotlar yoʻq |
| 1989-yil | Birodar Abduraimov |
| 1989-yil | Igor Frolov |
| 1990-yil | Aleksey Petrushin |
| 1990-yil | Aleksey Stepanov |
| 1991-yil | Yuriy Hakimov |
| 1991-yil | Rustam Usmonov |
| 1992-yil | Karim Moʻminov |
| 1992—1993-yillar | Vladimir Jukovskiy |
| 1994—1996-yillar | Iskandar Galiulin |
| 1996-yil | Bahrom Hakimov |
| 1997-yil | Viktor Borisov |
| 1997—1999-yillar | Sergey Shevchenko |
| 1999-yil | Boris Lavrov |
| 2000-2002 | Iskandar Galiulin |
| 2003-yil | Hakim Fuzaylov |
| 2004—2005-yillar | maʼlumotlar yoʻq |
| 2006—2007-yillar | Edgar Gess |
| 2007-yil | Ishtvan Sekech |
| 2007—2008-yillar | Orif Mamatkazin |
| 2008-yil | Vladimir Bondarenko |
| 2008—2009-yillar | Orif Mamatkazin |
| 2010-yil | Amet Memet |
| 2011-yil | Orif Mamatkazin |
| 2011—2012-yillar | Aleksandr Averyanov |
| 2012—2013-yillar | Azamat Abduraimov |
| 2014-yil | Orif Mamatkazin |
| 2014-yil | Sergey Shevchenko |
| 2014—2015-yillar | Edgar Gess |
| 2015—2016-yillar | Sergey Kovshov |
| 2016-yil | Baxtiyor Ashurmatov |
| 2017-yil | Usmon Toshev |
| 2018—2019-yillar | Eldor Sakayev |
| 2020-yil | Aleksandr Xomyakov |
| 2020-yil | Baxtiyor Hamidulayev |
| 2020-yil | Otabek Gʻulomxoʻjayev |
| 2020—2022 | Viktor Kumikov |
| 2023—2025 | Aleksandr Xomyakov |
| 2025 | Maksim Shatskix |
| 2025— | Samvel Babayan |
Muxlislar, raqiblar, derbilar, taxalluslar
Andijon mamlakatdagi eng katta muxlislar armiyasiga ega jamoalardan biridir.
„Andijon“ jamoasining asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalaridir. Bular Oʻzbekistonning bir-biriga tutashgan 3 ta demografik yirik viloyati – Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarining asosiy jamoalaridir.
Ularning barchasi Fargʻona vodiysida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoning eng unumdor va goʻzal maskanlaridan biri hisoblanadi.
Shunga koʻra, ushbu 3 klub oʻrtasidagi oʻyinlar nafaqat oʻz muxlislari, balki butun Oʻzbekiston futbol muxlislarida katta qiziqish uygʻotadi.
Bu uch jamoa toʻqnashuvi „Vodiy derbisi“ deb nomlanib, bu nom Sovet davridan qolgan.
„Andijon“ning muxlislar orasida laqablari koʻp. Eng keng tarqalganlari „Burgutlar“, „Andijonliklar“, „Avtomobisozlar“.
