Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Amajur at-Turki (arabcha: أماجور التركي‎‎), shuningdek, Majur, Anajur va Majura nomi bilan ham tanilgan, Abbosiylar xalifaligining turkiy harbiy zobiti. Al-Muʼt

Amajur at-Turkiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amajur at-Turki (arabcha: أماجور التركي), shuningdek, Majur, Anajur va Majura nomi bilan ham tanilgan, Abbosiylar xalifaligining turkiy harbiy zobiti. Al-Muʼtamid xalifaligi davrida 870-yildan to vafotiga qadar (taxminan 878) Damashq hokimi boʻlib xizmat qilgan.

Faoliyati

876-yilda Surdagi masjidga Amajur tomonidan vaqf qilingan Qurʼon qoʻlyozmasi sahifasi, Turk va islom sanʼati muzeyi.

Amajur haqida, uning Damashq hokimi sifatidagi faoliyatidan tashqari deyarli hech narsa maʼlum emas. Keyinchalik mashhur boʻlgan Banu Amajur nomli astronomlar oilasi bilan qarindosh boʻlgan boʻlishi mumkin, biroq bu maʼlumot ham aniq emas. Amajur bu lavozimni xalifa al-Muʼtamid taxtga chiqqan vaqtlar atrofida egallagan va yuzlab turk askarlari bilan Suriyaga yuborilgan. Dastlab bu viloyatda oʻz hokimiyatini oʻrnatishda qiyinchiliklarga duch kelgan, chunki u yerda isyonchi Iso ibn ash-Shayx faoliyat yuritayotgan edi. Amajur Damashq yaqinida u bilan jang qilishga majbur boʻlgan. Kuchlar soni jihatidan ancha kam boʻlishiga qaramay, Amajur jangda gʻalaba qozongan, Isoning qoʻshinini tor-mor keltirgan va uning oʻgʻli Mansurni oʻldirgan. Bu jangdan koʻp oʻtmay, Iso Suriyani tark etib, Armanistonga chekingan. Natijada, Amajur Damashq hokimi sifatida mustahkam mavqega ega boʻlgan.

Keyingi bir necha yil davomida Amajur viloyatni qatʼiy nazorat ostida boshqargan. Viloyatda tartibni taʼminlagan, yoʻllarni xavfsiz holatga keltirgan va qaroqchilarga qarshi kurashgan. Shu bilan birga, uning hokimligi davrida qattiq soliq siyosati joriy etilgan va katta inflyatsiya davri boshlangan, bu esa aholining umumiy qashshoqlashishiga olib kelgan. Taxminan 876-yilda Amajur Suriyaning Sur shahridagi masjidlardan biriga Qur’on hadya qilgan. Ushbu qoʻlyozmadan bir nechta varaqlar hozirgacha saqlanib qolgan.

Adabiyotlar

  • Abu al-Fath, Ibn Abi al-Hasan al-Samiri al-Danafi. Continuation of the Samaritan chronicle of Abu L-Fath Al-Samiri Al-Danafi. Ed. and trans. Milka Levy-Rubin. Princeton, NJ: Darwin Press, 2002. ISBN 0-87850-136-3
  • Cobb, Paul M. White Banners: Contention in 'Abbasid Syria, 750-880. Albany, NY: State University of New York Press, 2001. ISBN 0-7914-4879-7
  • Ettinghausen, Richard, Oleg Grabar and Marilyn Jenkins-Madina. Islamic Art and Architecture 650-1250. New Haven: Yale University Press, 2001. ISBN 0-300-08869-8
  • Gil, Moshe. A History of Palestine, 634–1099. Cambridge: Cambridge University Press, 1997. ISBN 0-521-59984-9. 
  • Andoza:Encyclopaedia of Islam, New Edition
  • Ibn 'Asakir, Abu al-Qasim 'Ali ibn al-Hasan ibn Hibat Allah. Tarikh Madinat Dimashq, Vol 9. Ed. 'Umar ibn Gharama al-'Amrawi. Beirut: Dar al-Fikr, 1995.
  • Ibn al-Athir, 'Izz al-Din. Al-Kamil fi al-Tarikh, Vol. 6. Beirut: Dar al-‘Ilmiyyah, 1987.
  • Islamic Manuscripts: al-Qur’an.“ Cambridge Digital Library. Retrieved 30 December 2013.
  • Al-Kindi, Muhammad ibn Yusuf. The Governors and Judges of Egypt. Ed. Rhuvon Guest. Leydon and London: E. J. Brill, 1912.
  • Lewis, Bernard. „Egypt and Syria.“ The Cambridge History of Islam, Volume 1A. Ed. P. M. Holt, Ann K. S. Lambton and Bernard Lewis. Cambridge, UK: Cambridge University Press, 1970. ISBN 0-521-21946-9
  • Al-Mas'udi, Ali ibn al-Husain. Les Prairies D’Or. Ed. and Trans. Charles Barbier de Meynard and Abel Pavet de Courteille. 9 vols. Paris: Imprimerie Nationale, 1861–1917.
  • Pingree, D. (1996–2021). "Banu Amajur". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Online Edition. Encyclopædia Iranica Foundation. http://www.iranicaonline.org/articles/banu-amajur-or-majur-abul-qasem-abd-allah-ali-according-to-ebn-yunes-b. 
  • The History of al-Ṭabarī, Volume XXXVI: The Revolt of the Zanj, A.D. 869–879/A.H. 255–265, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1992. ISBN 978-0-7914-0763-9. 
  • Al-Ya'qubi, Ahmad ibn Abu Yaʼqub. Historiae, Vol. 2. Ed. M. Th. Houtsma. Leiden: E. J. Brill, 1883.
Yuqori