Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jund Dimashq (arabcha: جند دمشق‎‎) Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi davrida Suriya hududi boʻlinib, uning oʻrnida tashkil etilgan sub-viloyatlar (ajnad, birli

Jund Dimashq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
IX asrda Abbosiylar xalifaligi davrida Suriya (Bilod ash-Shom) va uning viloyatlari

Jund Dimashq (arabcha: جند دمشق) Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi davrida Suriya hududi boʻlinib, uning oʻrnida tashkil etilgan sub-viloyatlar (ajnad, birlikda: jund) orasida eng kattasi boʻlgan. Oʻz nomini poytaxt va eng yirik shahar hisoblanmish Damashq (Dimashq) shahridan olgan. Damashq shahri, shuningdek, Umaviylar davrida ham xalifalikning poytaxti boʻlgan.

Noiblar

Umaviylar davri

  • Dahhok ibn Qays al-Fihriy (661–680; xalifa Muoviya I davrida noiblik qilgan).
  • Abdurahmon ibn Ummu al-Hakam as-Saqafiy (685–705-yillardagi xalifa Abdulmalik hukmronligi davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum).
  • Abdulaziz ibn al-Volid (noiblik davri nomaʼlum, 705–715-yillarda otasi xalifa al-Volid I davrida noiblik qilgan).
  • Muhammad ibn Suvayd ibn Kulsum al-Fihriy (715–720-yillar, Dahhok ibn Qaysning qarindoshi boʻlib, xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik davrida noiblik qilgan va nomaʼlum muddat davomida xalifa Umar II davrida ham vazifasini davom ettirgan).
  • Dahhok ibn Abdurahmon al-Ashʼariy (717–720-yillarda xalifa Umar II hukmronligi davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum).
  • Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Utba al-Fihriy (720–724-yillar davomida xalifa Yazid II davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum).
  • Volid ibn Talid al-Murriy (720–732 yillarda xalifa Yazid II davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum. Xalifa Hishom ibn Abdulmalik tomonidan 732-yilda yana qayta Mosul noibi etib tayinlangunga qadar ushbu vazifani davom ettirgan).
  • Hakam ibn Volid ibn Yazid ibn Abdulmalik (743–744-yillar, otasi xalifa Al-Volid ibn Yazid davrida noiblik qilgan).
    • Abdusamad ibn Muhammad ibn al-Hajjoj (743–744-yillar, Hajjoj ibn Yusufning nabirasi, Hakam ibn Volidning oʻrinbosari sifatida xizmat qilgan).
Yuqori