Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aleksey Vladimirovich Nikolayev (1979-yilning 5-sentyabrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Aleksey Nikolayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksey Nikolayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksey Vladimirovich Nikolayev
Tavallud sanasi 1979-yil 5-sentyabr (1979-09-05) (46 yosh)
Tavallud joyi VoronejSSSR
Boʻyi 1.84 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996 Progress - (-)
1999—2000 Metallurg Bekobod - (-)
2000—2002 Qizilqum 96 (14)
2003—2005 Paxtakor 73 (2)
2006 FC Shinnik Yaroslavl 2 (0)
2006—2007 Aktobe 31 (3)
2008 Quruvchi 25 (0)
2009 Shenzhen F.C. 27 (0)
2010 Dinamo Samarqand 24 (1)
2011 Qizilqum 24 (3)
2012 Paxtakor 7 (0)
2012—2013 Buxoro 31 (2)
2014 NBU-Osiyo 21 (2)
2015 Qoʻqon 1912 4 (0)
2016 Oqtepa ? (?)
2017 Dinamo Samarqand 17 (0)
Milliy terma jamoa
2002—2008 Oʻzbekiston 42 (0)
Boshqargan klublari
2018—2022 Paxtakor (akademiya)
2024—2026 Surxon (murabbiy)
2024—2026 Surxon U21
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksey Vladimirovich Nikolayev (1979-yilning 5-sentyabrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

2002—2008-yillarda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyati davomida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

Futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „Qizilqum Zarafshon“ klubida boshlagan. 2003—2005 yillarda „Paxtakor“ safida toʻp surgan va uch karra Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni boʻlgan. 2006-yilda u Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2006-yildan 2007-yilgacha „Aktobe“ da oʻynagan va 2007-yilda Qozogʻiston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan. 2008-yilda Oʻzbekiston Superligasining vakili „Quruvchi“ klubida bir mavsum oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Shenchjen Shangqingyin“ jamoasida oʻynagan, 2010-yilda esa Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan. 2015-yilgi mavsum avvalida Qoʻqon 1912 jamoasiga oʻtgan. 2017-yil Samarqandning Dinamo jamoasida oʻynagan va mavsum yakunida faoliyatini yakunlagan.

Milliy terma jamoa

Nikolayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning 14-mayida Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:1) oʻtkazgan. Aleksey 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun tarkibga kiritilgan. Musoboqada 3 ta oʻyinda maydonga tushdi: Iroq bilan (1:0 va qizil kartochka), Turkmaniston bilan (1:0) va chorak finalda Bahrayn bilan (2:2, k.3:4) oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻz navbatida, 2007-yilgi Osiyo Kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo musoboqada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.

Murabbiylik faoliyati

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan murabbiylik faoliyatini boshlagan va Paxtakor akademiyasi ishlagan. Paxtakor klubi tizimidagi uzoq yillik faoliyatidan soʻng 2024-yilda Surxon klubida murabbiy sifatida boshlagan. Surxon klubida asosiy jamoada jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiylik qilgan boʻlsa U21 jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.

Yutuqlar

Paxtakor
Aktobe
  • Qozogʻiston Premyer-ligasi (1): 2007
  • Qozogʻiston Premyer-ligasi 2-oʻrinchisi (1): 2006
Bunyodkor
  • Oʻzbekiston Superligasi (1): 2008
  • Oʻzbekiston Kubogi (1): 2008
Yuqori