Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

GENRI (Henry) Jozef (inglizcha: Joseph Henry; 1797.17.12, Olbani — 1878.13.5, Vashington) — amerikalik fizik. AQSH Milliy FA aʼzosi va prezidenti (1868 yildan).

Genri Jozef

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Joseph Henry
Tavalludi 17-dekabr 1797
Vafoti 13-may 1878
Fuqaroligi AQSh

GENRI (Henry) Jozef (inglizcha: Joseph Henry; 1797.17.12, Olbani — 1878.13.5, Vashington) — amerikalik fizik. AQSH Milliy FA aʼzosi va prezidenti (1868 yildan). Elektromagnetizm taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. 1828 yilda birinchi marta katta quvvatli elektromagnitlar va elektr dvigatellar yaratgan, oʻzinduksiya hodisasini kashf etgan (1832, M. Faradeydan mustaqil holda), kondensator razryadining tebranma tabiatini aniqlagan (1842). Induktivlik birligi — genri uning nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Yuqori