Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aleksandr Aleksandrovich Blok [1880. 16 (28). 11, Peterburg 1921. 7.8, Petrograd] – rus shoiri. Peterburg universitetini tamomlagan (1906). „Zolotoye runo“ jurn

Aleksandr Blok

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Aleksandrovich Blok
Tavalludi 28-noyabr 1880-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 7-avgust 1921-yil(1921-08-07)
(40 yoshda)
Sankt-Peterburg, RSFSR
Kasbi shoir, tarjimon, yozuvchi, publisist, dramaturg, adabiy tanqidchi
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya imperiyasi
RSFSR
Taʼlimi Sankt-Peterburg davlat universiteti
Yoʻnalish simvolizm
Janr elegiya, poema, epistol
Imzosi

Aleksandr Aleksandrovich Blok [1880. 16 (28). 11, Peterburg 1921. 7.8, Petrograd] – rus shoiri. Peterburg universitetini tamomlagan (1906). „Zolotoye runo“ jurnali (1907—08) va Jahon adabiyoti nashriyotida (1918-yildan) ishlagan, Butun Rossiya shoirlar uyushmasi Petrograd boʻlimini boshqargan (1920-yildan). Ilk toʻplami – „Goʻzal Bonu haqida sheʼrlar“ (1904) rafiqasi Lyubov Dmitriyevna (kimyogar D. Mendeleyevning qizi)ga bagʻishlangan. Dastlab Blok simvolist shoir sifatida tanilgan. 1905-yil inqilobiy oʻzgarishlar taʼsirida simvolizmdan voz kechib, ijtimoiy mavzuda „Shahar“ (1904—1908), „Vatan“ (1907—1916), „Dahshatli olam“ (1908—1916), „Qasos“ (1907—1913) turkum sheʼrlari va „Tomoshaxona“ (1906), „Atirgul vaxoch“ (1912—1913) kabi dramalar yozgan. Blok 1917-yilgi Oktyabr toʻntarishini shod-xurramlik bilan kutib olmagan boʻlsa-da, ammo u bolsheviklarning ashaddiy muxoliflari (I. A. Bunin, N. Gumilyov, Z. Gippius, A. Kuprin, M. Svetayeva kabi) safida ham boʻlmagan. Bolsheviklar hokimiyatni qoʻlga olgandan soʻng 5 oy davomida Blok „Oʻn ikki“ dostonini, „Ziyolilar va inqilob“ maqolasini yozib, Oktyabr voqealari va Rossiya taqdiri haqida ijodiy mushohada yuritishga harakat qildi. Har ikki asar ziyolilar oʻrtasida qizgʻin bahsga sabab boʻldi. Shu hodisa Blok ijodida chuqur inqiroz va turgʻunlikni yuzaga keltirdi. Blok 1918-yilning mart oyidan soʻng to umrining oxirigacha (1921) hech qanday yangi asar yozmaydi, faqat „Qasos“ poemasini nihoyasiga yetkazish bilan mashgʻul boʻladi.

„Oʻn ikki“ poemasi (A. Muxtor), koʻplab sheʼrlari (E. Vohidov, M. Ikrom, O. Muxtor va boshqalar) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yuqori