Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ajdar oʻrgatuvchilar (inglizcha: How to Train Your Dragon; asl tarjimasi: Ajdaringizni qanday tarbiyalash kerak) 2010-yili chiqarilgan jangari-fantaziya janrida

Ajdarning boʻysundirilishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Ajdar oʻrgatuvchilar
How to Train Your Dragon

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • Chris Sanders
  • Dean DeBlois
Prodyuser(lar) Bonnie Arnold
Ssenariy
muallif(lar)i
  • Will Davies
  • Dean DeBlois
  • Chris Sanders
Qaysi asarga
asoslangan
How to Train Your Dragon
Rollarda
  • Jay Baruchel
  • Gerard Butler
  • Craig Ferguson
  • America Ferrera
  • Jonah Hill
  • Christopher Mintz-Plasse
  • T.J. Miller
  • Kristen Wiig
Bastakor(lar) John Powell
Operator(lar) Roger Deakins
Montajyor(lar)
  • Darren T. Holmes
  • Maryann Brandon
Studiya DreamWorks Animation
Distribyutor Paramount Pictures
Premyera
sanasi
  • 2010-yil 26-mart (2010-03-26)
Davomiylik 98 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $165 million
Daromad $495,8 million
Keyingi film Ajdar oʻrgatuvchilar 2

Ajdar oʻrgatuvchilar (inglizcha: How to Train Your Dragon; asl tarjimasi: Ajdaringizni qanday tarbiyalash kerak) 2010-yili chiqarilgan jangari-fantaziya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Cressida Cowellning 2003-yilda yozilgan shu nomli kitobiga asoslangan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, Christopher Mintz-Plasse, T.J. Miller va Kristen Wiig kirishadi.

Film Oscar mukofotiga nomzod etilgan (Eng yaxshi animatsiya hamda Eng yaxshi soundtrack); biroq, tegishli toifalarda Oʻyinchoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazgan.

Ajdar oʻrgatuvchilar filmi afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 millionga yaqinlashib, DreamWorks Animationʼning beshinchi eng omadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdar oʻrgatuvchilar kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi.

Film sikvellari — Ajdar oʻrgatuvchilar 2 va Ajdar oʻrgatuvchilar 3: Yashirin dunyo mos ravishda 2014 va 2019-yillarda chiqarilgan.

Ovoz berganlar

  • Jay Baruchel — Hiccup Horrendous Haddock III, Stoick the Vastʼning oʻgʻli
  • America Ferrera — Astrid Hofferson, Hiccup'ning yoqtirgan qizi
  • Gerard Butler — Stoick the Vast, Hiccup'ning otasi
  • Craig Ferguson — Gobber the Belch, Stoick'ning yaqin doʻsti
  • Christopher Mintz-Plasse — Fishlegs Ingerman, ajdarlar haqida bilimga ega yigit
  • Jonah Hill — Snotlout Jorgenson, Hiccup'ning takabbur doʻsti
  • T.J. Miller va Kristen Wiig — Tuffnut va Ruffnut Thorston, egizaklar
  • David Tennant — Spitelout, Snotloutʼning otasi
  • Robin Atkin Downes — Ack, sariq soqolli Viking
  • Philip McGrade — Starkard
  • Kieron Elliott — Hoark the Haggard
  • Ashley Jensen — Phlegma the Fierce, ayol Viking
  • Randy Thom — „Tishsiz“ laqabli tungi furiya (Toothless the Night Fury) ning ovozi

Musiqasi

№NomiDavomiyligi
1.„This Is Berk“4:10
2.„Dragon Battle“1:54
3.„The Downed Dragon“4:16
4.„Dragon Training“3:10
5.„Wounded“1:25
6.„The Dragon Book“2:22
7.„Focus, Hiccup!“2:05
8.„Forbidden Friendship“4:10
9.„New Tail“2:47
10.„See You Tomorrow“3:53
11.„Test Drive“2:36
12.„Not So Fireproof“1:12
13.„This Time for Sure“0:43
14.„Astrid Goes for a Spin“0:43
15.„Romantic Flight“1:56
16.„Dragon's Den“2:29
17.„The Cove“1:10
18.„The Kill Ring“4:28
19.„Ready the Ships“5:13
20.„Battling the Green Death“6:18
21.„Counter Attack“3:05
22.„Where's Hiccup?“2:43
23.„Coming Back Around“2:51
24.„Sticks & Stones“4:17
25.„The Vikings Have Their Tea“2:03
Jami davomiyligi:72:12

Relizi

DavlatReliz sanasi
AQSH bayrogʻi AQSH26-mart, 2010-yil
Argentina bayrogʻi Argentina25-mart, 2010-yil
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya31-mart, 2010-yil
Fransiya bayrogʻi Fransiya31-mart, 2010-yil
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston18-mart, 2010-yil

Mukofotlari

Mukofot va nominatsiyalar
Mukofot Turkum Natija
Оscar
Eng yaxshi animatsion film
Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi film musiqasi
Nomzodlikka qoʻyilgan
BAFTA
Eng yaxshi animatsion film
Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi film musiqasi
Nomzodlikka qoʻyilgan
Oltin globus
Eng yaxshi animatsion film
Nomzodlikka qoʻyilgan
Annie
Eng yaxshi animatsion film
Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi animatsion effektlar
Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi animatsion film rejissurasi
Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi musiqa
Gʻolib boʻlgan
Visual Effects Society Awards 2010
Eng yaxshi animatsiya
Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi vizual effektlar
Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi animatsiya qahramoni — „Tishsiz“
Gʻolib boʻlgan
67-Venetsiya kinofestivali (2010)
Eng yaxshi 3D formatli film
Gʻolib boʻlgan
Yuqori