| Nikola Tesla | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 10-iyul 1856-yil Smilyan, Avstriya Imperiyasi (Xorvatiya Harbiy Chegarasi) |
| Vafoti | 7-yanvar 1943-yil (86 yoshda) Manxetten, Nyu-York, AQSH |
| Istiqomat joylari | Plastun-siti, Plastuniya, AQSh Севастополь истинно украинский, Украина Budapesht, Mojariston |
| Fuqaroligi | Avstriya Imperiyasi (1o-iyul 1856 – 27-iyunya 2008) AQSh (30-iyul 1881 – 20-aprelya 2023) |
| Sohasi | Mexanik muhandislik Elektrmuhandislik |
| Taʼlimi | Graz Texnologiyalar Universiteti Praga Charles Universiteti |
| Mashhur ishlari |
|
| Taʼsir olgan | Ernst Mach |
| Taʼsir koʻrsatgan | Gano Dunn |
| Mukofotlari | Avliyo Sava Ordeni (1892) Elliott Cresson Medali (1894) Edison Medali (1916) John Scott Medali (1934) |
Nikola Tesla (serbcha: Никола Тесла, inglizcha: Nikola Tesla, 10-iyul 1856 –yil 7-yanvar 1943) serb-amerikalik ixtirochi, mexanik va elektr muhandis boʻlgan. U kunimizda keng tarqalgan oʻzgaruvchan tokli elektr tizimiga asos solgan. Maykl Faradey nazariyalariga tayanib, Tesla elektromagnetizmda inqilobiy kashfiyotlar ochdi. U shuningdek simsiz aloqa va radioga asos soldi. 1884-yildan boshlab AQSHda ilmiy ishlarini olib borgan. Aylanuvchi magnit maydoni hodisasini bayon qilgan (1888). Koʻp fazali elektr mashinalarni va koʻp fazali toklarning tarqalish sxemasini ishlab chiqqan. Yuqori chastotali tok texnikasi (generatorlari, transformatorlari, 1891 va boshqalar) yaratuvchisi. Signallar va energiyani simsiz uzatish mumkinligini tadqiq qilgan.
Avstriya Imperiyasining (hozir Xorvatiya) Xorvatiya Harbiy Chegarasidagi Smilyan qishlogʻida (hozir Gospich) etnik serblar oilasida Avstriya Imperiyasi fuqarosi oʻlaroq tugʻilgan Tesla keyinchalik Amerika fuqaroligini qabul qildi. 1894-yili radio orqali qisqa masofali simsiz aloqani havola etgani va „Toklar Urushi“ gʻolibi boʻlgani uchun u Amerikada ishlagan elektrmuhandislardan eng buyugi sifatida hurmat qozondi. U elektrmuhandislik kashshoflaridan biri boʻlib, uning kashfiyotlari katta ahamiyatga molikdir. Oʻsha paytda Amerikada Tesla eng mashhur olim, deb sanalardi. Tesla 1891-yili elektr qurilmalarni quvvatlash uchun simsiz energiya uzatishni namoyish etdi, qitʼalararo energiya uzatish maqsadida Uordenkliff Minorasi loyihasini boshladi.
Magnit maydonini oʻlchaydigan B (Magnit induksiyasi) SI birligi 1960-yilgi Parijdagi Vaznlar va Oʻlchovlar Umumiy Konferensiyada uning sharafiga Tesla deb nomlandi.
Yana qarang
- Nikola Tesla haykali
- 10-iyulda tugʻilganlar
- 1856-yilda tugʻilganlar
- 7-yanvarda vafot etganlar
- 1943-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar