Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ahmadboyev Adham Akromovich (oʻzbekcha: Аҳмадбоев Адҳам Акромович, Axmedbaev Adxam Akramovich; 1962-yil 14-fevral, Toshkent) — 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Re

Adham Ahmadboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmadboyev Adham Akromovich
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
4-yanvar 2017-yil  1-mart 2017-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Fayziyev
Vorisi Otabek Murodov
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
13-dekabr 2013-yil  4-yanvar 2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Matlyubov
Vorisi Abdusalom Azizov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1962-yil 14-fevral (1962-02-14) (64 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Xizmat yillari 1984-yildan
Unvoni General-mayor (2011-2014)
General-leytenant (2014-2017)
Polkovnik (2017-yildan)

Ahmadboyev Adham Akromovich (oʻzbekcha: Аҳмадбоев Адҳам Акромович, Axmedbaev Adxam Akramovich; 1962-yil 14-fevral, Toshkent) — 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi.

Biografiyasi

Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatini 1984-yilda Toshkent shahar Shayxontohur (sobiq oktyabr) tumani militsiyasida uchastka noziri lavozmidan boshlagan.

1989-yildan 2004-yilgacha Toshkent viloyati va Toshkent shahri Ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.

2004-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiyasi boshligʻi.

2005-2006 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.

2006-2011 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2011-2013 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

2013-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.

2017-yil 4-yanvardan 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kafedra mudiri.

Oilasi

Otasi — Ahmadboyev Akrom Gʻulomovich, Sanoatkontexnazorat raisi boʻlgan. Qudasi Shodiyev Abdukarim Abdurahmonovich — 1999-yildan 2018-yilgacha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari boʻlgan. 2018-yil 9-fevralda qamoqqa olingan. Uning keyingi taqdiri jamoatchilikka nomaʼlum.

Ikki nafar farzandi bor.

Yana qarang


Yuqori