Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Toʻraqoʻrgʻon Issiqlik elektr stansiya (oʻzbekcha: To'raqo'rg'on IES) – Oʻzbekistonning Namangan viloyatida joylashgan issiqlik elektr stansiyasi.

To‘raqoʻrgʻon IES

Toʻraqoʻrgʻon IES
Mamlakat  Oʻzbekiston
Joylashuvi Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani
Geotermal koni Katta Namangan kanali
Egasi Oʻzbekenergo
Boshqaruvchisi „Oʻzbekenergo“ AJ
Asosiy tavsifi
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 6800 mln kVt⋅s
Elektr quvvati, MVt 900 MVt
Uskunalar tavsifi
Qo’shimcha ma’lumotlar
Sayt tkg-ies.uz
Xarita
Toʻraqoʻrgʻon IES (Dunyo)
Toʻraqoʻrgʻon IES

40°59′46″N 71°27′23″E / 40.99611°N 71.45639°E / 40.99611; 71.45639

Namangan Viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan Issiqlik elektr stansiya

Toʻraqoʻrgʻon Issiqlik elektr stansiya (oʻzbekcha: To'raqo'rg'on IES) – Oʻzbekistonning Namangan viloyatida joylashgan issiqlik elektr stansiyasi.

Elektr stansiyasi Fargʻona vodiysining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qoplashi kutilgan. Zavodning umumiy loyihaviy qiymati 1 milliard 195 million 870 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Birinchi energiya blokini ishga tushirish 2019-yilning dekabrida, ikkinchisi 2020-yilning martida amalga oshirilgan. 2017-yilda ikkala quvvat blokining ishga tushirilishi avvalroq eʼlon qilingan edi.

Faoliyati

2020-2021 yil Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda stansiyaning toʻliq quvvatlarda ishlashini taʼminlash maqsadida 2020-yil 9-11 oktyabr kunlari vaqtinchalik toʻxtatilgan Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasining ikkita bugʻ-gaz qurilmasi faoliyati toʻliq tiklandi. Ushbu bugʻ-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi bilan Toʻraqoʻrgʻon Issiqlik elektr stansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasining belgilangan quvvatlarda uzatilishi yoʻlga qoʻyildi.

Stansiyada oʻrnatilgan bugʻ-gaz qurilmasi mamlakatimiz Issiqlik elektr stansiyalarida joriy etilgan eng yetakchi energosamarador uskuna hisoblanadi. Umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan ushbu qurilmalar bir sutkada 21 mln.kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, stansiyaning foydali ish koeffisienti 57 foizdan ortiqni tashkil qiladi.

Toʻraqoʻrgʻon Issiqlik elektr stansiya bugʻ-gaz qurilmalarining joriy koʻrigidan soʻng mazkur elektr stansiya 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumida samarali va uzluksiz elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu bugʻ-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi bilan Toʻraqoʻrgʻon Issiqlik elektr stansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasining belgilangan quvvatlarda uzatilishi yoʻlga qoʻyildi.

Stansiyada oʻrnatilgan bugʻ-gaz qurilmasi mamlakatimiz Issiqlik elektr stansiyalarida joriy etilgan eng yetakchi energosamarador uskuna hisoblanadi. Umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan ushbu qurilmalar bir sutkada 21 mln.kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, stansiyaning foydali ish koeffisienti 57 foizdan ortiqni tashkil qiladi.

To‘raqo‘rg‘on Issiqlik elektr stansiya: suv nasos uskunalari va yoqilg‘i ta’minoti tizimi barqaror ishlari uchun nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Fargʻona vadiysini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi asosiy elektr stansiya hisoblangan Toʻraqoʻrgʻon Issiqlik elektr stansiyada ishlab chiqarish jarayoniga halaqit bermagan holda, suv nasoslari uskunalari hamda yoqilgʻi taʼminoti tizimida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Bu kabi ishlar joriy qish mavsumida ishlab chiqarish quvvatlari barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Tarixi

Boʻlajak elektr stansiyasi hududida umumiy qurilish ishlari 2013-yil avgust oyida boshlangan.

2014-yil 10-noyabrda Toshkentda JICA bilan hamkorlikda Fargʻona vodiysida issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun Oʻzbekiston hukumatiga 40 yil muddatga yillik 0,3 % stavkada 10 yillik imtiyozli davr asosida 71,839 million yevro miqdorida kredit ajratish toʻgʻrisida bitim imzolangan.

2015-yil oxirida elektr stansiyasini qurish uchun tender eʼlon qilingan. Ushbu tenderda gʻoliblikni Yaponiyaning,,Mitsubishi Corporation" kompaniyasi qoʻlga kiritgan.

Yuqori