Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hasan ʿAlā Zikrihiy as-Salām (arabcha: حسن على ذكره السلام) yoki Hassan II – Alamut davridagi Nizoriy Ismoiliylaring 1162-yildan 1166-yilgacha hukmron boʻlgan i

Hasan II

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hasan ʿAlā Zikrihiy as-Salām (arabcha: حسن على ذكره السلام) yoki Hassan II – Alamut davridagi Nizoriy Ismoiliylaring 1162-yildan 1166-yilgacha hukmron boʻlgan imamidir. Mamlakatning poytaxti Alamut. Hasan II mamlakatning Fors va Suriya qismini boshqargan. Uning Suriyadagi bosh podshohi Rashid ad-Din Sinan boʻlgan.

Hayoti

Hasanning kelib chiqishi haqida ziddiyatli ma’lumotlar mavjud. Saqlanib qolgan yagona tarixiy manbalardan biri bo‘lgan Juvayniy (ismoiliylarga nisbatan dushmanlik munosabatida bo‘lgan) kitobida, Hasanni Muhammad ibn Buzurg-Ummidning o‘g‘li, Fotimiylar da'vatchisi va Alamut hukmdori ekanligini yozgan. Juvayniyning yozishicha, Hasan avvaliga imom boʻlgan, keyinchalik esa o‘zini xalifa deb e’lon qilgan. Biroq, Nizoriy manbalarida Hasanning Aliylar avlodidan ekanligini ta’kidlanadi va Hasan ibn Muhammad ibn Buzurg-Ummid Alamutlik Hasan II emas, boshqa bir tarixiy shaxs ekanligiga ishonishadi.

Yana qarang

Yuqori