Imom Muhammad al-Boqir Oʻn ikki imomli shialarning beshinchi imomi | |
|---|---|
محمد الباقر | |
| Xuroson savdogarlari hay’atining al-Boqirni (markazda) ziyorat qilayotgani tasvirlangan surat (1526-yil) | |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | tax. 676 |
| Vafoti | tax. 732 Madina, Umaviylar xalifaligi |
| Oʻlim sababi | Zaharlanish |
| Jannat al-Baqiy, Madina 24°28′1″N 39°36′50.21″E / 24.46694°N 39.6139472°E | |
| Dini | Shia Islomi |
| Turmush oʻrtoq(lar)i |
|
| Farzandlari |
|
| Ota-onasi |
|
Muhammad ibn Ali al-Boqir (arabcha: محمد بن علي الباقر; tax. 676 — tax. 732) — Islom paygʻambari Muhammadning avlodi va shialikdagi oʻn ikki imomning beshinchisi boʻlgan. U otasi Ali ibn Husayn Zaynulobidindan keyin imomlikni qabul qilgan va undan soʻng oʻgʻli Jaʼfar as-Sodiq imom boʻlgan. Muhammadning al-Boqir faxriy unvoni „Boqir al-ilm“ soʻzining qisqartmasi boʻlib, „bilimlarni yorib ochuvchi“ degan maʼnoni anglatadi va bu uning din olimi sifatidagi shuhratiga ishoradir.
Muhammad taxminan milodiy 676-yilda Madinada tugʻilgan. 680-yilda, u hali kichik bola boʻlganida, Karbalo jangiga guvoh boʻladi. Bu jangda uning bobosi Husayn ibn Ali va qarindoshlarining aksariyati Umaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviya (hukmronligi 680–683-yillar) qoʻshinlari tomonidan qirgʻin qilinadi. Taxminan 712-yilda otasi vafot etgach, Muhammad uning aksariyat izdoshlari tomonidan navbatdagi imom sifatida tan olinadi. Bu izdoshlar imomiylar boʻlib, ular hozirgi shia musulmonlarining koʻpchiligi hisoblangan oʻn ikki imomchilar va ismoiliylarning oʻtmishdoshlari edi. Biroq oʻsha davrda bu siyosiy faol boʻlmagan guruh Umaviylarga qarshi harakat qilgan boshqa raqib shia guruhlariga nisbatan ozchilikni tashkil etardi. Zaydiylar ana shunday raqib guruhlardan biri edi. Ular al-Boqirdan ancha yosh boʻlgan oʻgay ukasi Zayd ibn Aliga ergashganlar. Zayd al-Boqirning vafotidan koʻp oʻtmay muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon koʻtargan edi. Al-Boqir esa, aksincha, otasi singari siyosiy jihatdan faol boʻlmagan, lekin shunga qaramay, Umaviylar, ayniqsa, xalifa Hishom (hukmronligi 724–743-yillar) tomonidan taʼqibga uchragan.
Muhammad al-Boqir Madinada taqvodorona va ilmiy hayot kechirib, oʻziga tobora koʻproq izdoshlar, shogirdlar va ziyoratchilarni jalb qilgan. U yigirma yillik imomligi davomida oʻn ikki imom shialigining aqidaviy va huquqiy asoslarini yaratgan deb hisoblanadi. Shuningdek, uni ismoiliy va zaydiy fiqhining asoschisi deb ham eʼtirof etish mumkin. Bundan tashqari, u Qur’onning oʻn ikki imom shialigi tafsiriga salmoqli hissa qoʻshgan. Al-Boqir shogirdlarining aksariyati hozirgi Iroq hududidagi Kufa shahrida istiqomat qilgan va ularning koʻpchiligi keyinchalik atoqli shia faqihlari va hadisshunoslariga aylangan. Zurora ibn Aʼyon kabi baʼzi shogirdlari (shia) imomlari belgilab bergan umumiy ilohiy-huquqiy doiradan chetga chiqqan mustaqil qarashlarni maʼqullamagan al-Boqir bilan gohida ixtilof qilgan boʻlishi ham mumkin. Sunniylikda al-Boqir fiqh va hadis ilmida nufuzli olim sifatida tan olinadi, biroq shialikka qarshi va sunniylikning ilk namoyandasi sifatida tasvirlanadi.
Aksariyat shia manbalariga koʻra, Muhammad al-Boqir taxminan 732-yilda Umaviylar tomonidan zaharlab oʻldirilgan. U Madinadagi Baqi qabristoniga dafn etilgan, biroq qabri ustidagi maqbara vahhobiylar tomonidan ikki marotaba buzib tashlangan. Al-Boqirning oʻrnini toʻngʻich oʻgʻli Jaʼfar as-Sodiq egallab, shia ilohiyoti va fiqhini yanada rivojlantirgan.
Nasl-nasabi
Muhammad al-Boqir Islom paygʻambari Muhammadning avlodi boʻlib, u zotning shajarasi paygʻambarning har ikki nabirasi — oʻn ikki shia imomining ikkinchisi va uchinchisi boʻlgan Hasan va Husaynga borib taqaladi. Aniqrogʻi, al-Boqirning otasi Husaynning oʻgʻli, oʻn ikki imomning toʻrtinchisi Ali Zaynulobidin as-Sajjod edi. Muhammadning onasi Fotima Ummu Abdulloh boʻlib, ona tomondan bobosi esa Hasan boʻlgan.
Hasan va Husayn birinchi shia imomi Ali ibn Abu Tolibning Islom paygʻambari qizi Fotimadan koʻrgan toʻngʻich oʻgʻillari edi.
Unvonlari
Muhammadning kunyasi Abu Jaʼfar, faxriy unvoni esa al-Boqirdir. Bu unvon „baqir al-ilm“ soʻzining qisqartmasi boʻlib, „bilimni yoruvchi“ (yuzaga chiqaruvchi) yoki „katta ilm sohibi“ degan maʼnolarni anglatadi. Har ikkala maʼno ham Muhammadning din olimi sifatidagi shuhratiga ishora qiladi.
Baʼzi manbalarga koʻra, Muhammad tirikligidayoq al-Boqir unvoni bilan tanilgan. Shia manbalarida aytilishicha, bu unvonni Islom paygʻambari bergan va u oʻz salomini al-Boqirni bolaligida koʻrishga muvaffaq boʻlgan sahobasi Jobir ibn Abdulloh orqali yetkazgan. Yana bir shia rivoyatiga koʻra, al-Boqirning zamondoshi boʻlgan xalifa Hishom uni kamsitib, al-baqara (soʻzma-soʻz „sigir“) deb atagan. Bu ham uning tirikligida shu unvon bilan tanilganini koʻrsatadi. Bu voqea xalifaning al-Boqirning oʻgay ukasi Zayd ibn Ali bilan uchrashuvi chogʻida yuz bergan. Zayd Hishomga tanbeh berib, al-Boqir unvonini Islom paygʻambari tomonidan berilganini aytgan.
Oila
Muhammad al-Boqir Ummu Farvaga uylangan va ularning ikki oʻgʻil farzandi boʻlgan. Ulardan biri Jaʼfar boʻlib, u keyinchalik al-Boqirning vorisi boʻlgan. Al-Boqirning yana bir xotini Usayd as-Saqafiyning qizi Ummu Hakim edi. Bu nikohdan ham ikki oʻgʻil dunyoga kelgan, biroq ularning ikkisi ham goʻdakligida vafot etgan. Al-Boqirning kanizagidan tugʻilgan yana uch oʻgʻli boʻlgan. Shia nasabshunosi Alaviy al-Umariyning yozishicha, al-Boqirning nasli faqat Jaʼfar orqali davom etgan.
| Muhammad al-Boqir | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yana qarang
- Muhammadning shajarasi
- Ali al-Sajjad
- Jaʼfar as-Sodiq
- Jobir ibn Abdulloh
- Zayd ibn Ali
- Zaydizm
- Mashhad Ardehal
Eslatmlar
- al-Qarashi, Baqir Shareef „3“, . The life of Imam Mohammad al-Baqir. Qum: Ansariyan Publications.
- Kohlberg 2012a.
- Buckley 2020.
- Pierce 2016, ss. 97–98.
- Lalani 2000, ss. 38–40.
- Lalani 2000, s. 40.
- Taremi 2014.
Izohlar
- Aksariyat shia ulamolariga ko‘ra, u Hishom ibn Abdulmalik tomonidan zaharlangan, sunniy olimlar esa u tabiiy o‘lim bilan vafot etgan deb hisoblashadi.
- Madinada vafot etganlar
- Articles having different image on Wikidata and Wikipedia
- 7-asr arab shaxslari
- 8-asr arab shaxslari
- Oʻn ikki imom
- Zaharlanish natijasida vafot etganlar
- Husayniylar
- Baqi qabristoniga dafn etilganlar