| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Pavlodar viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Jelezinka |
| Asos solingan sanasi | 1938-yil |
| Akim | Nukenov Qayrat Temirshotovich |
| Rasmiy tillar | qozoq |
| Aholi (2010) | 19 389 |
| Zichligi | 2,23 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Ruslar - 46,15% Qozoqlar - 40,5% Olmonlar - 5,5% Ukrainlar - 3,72% Tatarlar - 0,15% Beloruslar - 0,83% < |
| Dinlar tarkibi | Xristianlar, musulmonlar |
| Maydoni | 7,7 ming km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 71831 |
| Pochta indeksi | 140400-140410 |
| Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 53°32′0″N 75°18′0″E / 53.53333°N 75.30000°E | |
Jelezinka tumani — Pavlodar viloyatining tarkibidagi tuman. Jelezinka tumani 1938-yili tashkil topdi. Tuman markazi — Jelezinka qishlogʻi, viloyat markazigacha oraliq masofa (Pavlodar shahrigacha) 188 kilometr.
Geografiyasi
Tuman hududi 7,6 ming km². Shimolida Omsk viloyati bilan, shimoliy-gʻarbida — Novosibirsk viloyati bilan, janubida — Qashir tumani bilan chegaradosh, sharqida — Irtish tumani bilan, ularni Irtish daryosi ajtarib turadi.
Iqlimi
Tuman iqlimi jiddiy kontinentalli, bahor va yoz oylarida qurgʻoqchilik boʻladi, yogʻingarchilk asosan yoz oylarining oʻrtasida boʻladi, yozda havo harorati juda issiq, qish oylarida esa qahraton sovuq boʻladi, yil boʻyi shamol esib turadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º −19 °C, iyul oyida — +19º +20 °C boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori — 275,5 mm, ayrim paytda 300 mm-ga etadi.
Aholisi
1999-yili tuman aholsi — 26,3 ming kishini, 2012-yili — 17,19 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻratacha zichligi 1999-yili 1 km² 3,45 kishidan, 2012-yili esa 2,23 kishidan toʻgʻri keldi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
- ruslar — 7 937 kishi (46,15 %)
- qozoqlar—6 965 kishi (40,5 %)
- ukrainlar— 640 kishi (3,72 %)
- olmonlar — 946 kishi (5,5 %)
- tatarlar — 254 kishi (0,15 %)
- beloruslar — 143 kishi (0,83 %)
- boshqalar — 312 kishi (1,81 %)
- Umumiy— 17 197 kishi (100,00 %)
Tarixi
RSFSR AKJO 1953-yilgi 31-yanvardagi farmoniga binoan Maksim-Gorkiy tumanini kengaytirish natijasida Urlitoʻbeli tumani tashkil topdi. Tuman Oliy Kengash Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi farmoni bilan parchalangan Urlitoʻbeli tumanidan qoʻshib olingan 10 ta qishloq evaziga tashkil topgan.
Ijtimoiy soha
Bilim
Tumanda 36 ta bilim beruvchi maktablar va 2 kasbiy litsey-maktabi bor.
Tibbiyot
Tumanda 2 ta kasalxona va 7 shifokorlik ambulatoriya-shifoxona mahkamalari bor, undagi shifokorlar va oʻrta maxsus tibbiyot hodimlari soni 24 va 108 kishi.
Madaniyat
Tumanda 16 kutubxona, 9 klublar faoliyat yuritmoqda. 1935-yildan boshlab tumanda gazeta chiqariladi. Badiiy hunarning monumentalli yodgorligi Kengash Ittifoqining qahramoni I.V. Babinga atalgan 1965-yilgi haykal va 1920-yilgi I.D. Putinsev boshchiligi bilan V.I. Leninga atalgan bogʻ boʻlib hisoblanadi. Tuman aholisi uchun Jelezinka markaziy tuman kutubxonasi xizmat koʻrsatadi.
Taniqli shaxslar
- Kengash Ittifoqining qahramonlari: I. V. Babin, A. S. Kvitkov, I. G Ledovskoy.;
- Ijtimoiy Mehnat qahramonlari: J. K Jusipov., M. I.Trusov.
- Qozogʻiston tumanlari
