Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

qozoqlar (58,28 %) ruslar (27,30 %) kurdlar (2,88 %) ozarbayjonlar (1,80 %) uygʻurlar (1,65 %) turklar (1,48 %) olmonlar (1,37 %) ukrainlar (1,15 %) tatarlar (0

Ile (tuman)

Ile tumani
qoz. Іле ауданы
tuman
Tarkibida Almati viloyati
Maʼmuriy markazi Oʻtegen-Botir
Asos solingan sanasi 1932
Akim Abdullayev Berdaulet Yeshenovich
Aholi (2013) 194,395 (4-oʻrin)
Zichligi 25 kishi./km²
Millatlar tarkibi

qozoqlar (58,28 %)
ruslar (27,30 %)
kurdlar (2,88 %)
ozarbayjonlar (1,80 %)
uygʻurlar (1,65 %)
turklar (1,48 %)
olmonlar (1,37 %)
ukrainlar (1,15 %)
tatarlar (0,92 %)


koreyslar (0,90 %)
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 7 800 km² (9-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72752 xxxxx
Pochta indeksi 040700-040728
Avtomobil raqami kodi B, 05
Xaritada
Ile tumani xaritada
43°25′37.92″N 77°1′33.60″E / 43.4272000°N 77.0260000°E / 43.4272000; 77.0260000

Ile tumani — Almati viloyatidagi tuman. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 7,800 km2. Aholisi 194,395 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 25 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Oʻtegen-Botir qishlogʻi.

Aholisi

Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 194,395 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (2010):

  • qozoqlar — 89 821 kishi (58,28 %)
  • ruslar — 42 076 kishi (27,30 %)
  • kurdlar — 4 447 kishi (2,88 %)
  • ozarbayjonlar — 2 779 kishi (1,80 %)
  • uygʻurlar — 2 573 kishi (1,65 %)
  • turklar — 2 283 kishi (1,48 %)
  • olmonlar — 2 116 kishi (1,37 %)
  • ukrainlar — 1 777 kishi (1,15 %)
  • tatarlar — 1 423 kishi (0,92 %)
  • koreyslar — 1 380 kishi (0,90 %)
  • oʻzbeklar — 367 kishi (0,24 %)
  • beloruslar — 277 kishi (0,18 %)
  • qirgʻizlar — 233 kishi (0,15 %)
  • chechenlar — 151 kishi (0,10 %)
  • dunganlar — 146 kishi (0,09 %)
  • boshqalari — 1 856 kishi (1,20 %)
  • Jami — 154 124 kishi (100,00 %)

Ijtimoiy soha

Tumanda umumiy bilim beruvchi 40 maktab, 2 kollej, 13 kutubxona, 2 madaniyat uyi faoliyat yuritadi. Tibbiyot sohalaridan tumanda 14 kasalxona va shifoxona, 28 feldsher-akusherlіk punkt xalqqa xizmat koʻrsatmoqda. Tuamn hududidan Almati – Astana, Almati – Oʻstkemen avtomabil va temir yoʻllari oʻtadi..

Iqlimi

Tuman iqlimi keskin kontinental. qishi iliq yozi issiq va quruq boʻladi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati janubida −9 °C −13 °C. Iyul oyining oʻrtacha yillik harorati −22 °C −26 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 – 350 mm.

Yuqori