Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Husan Amirqulov (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1963), Su

Husan Amirqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Husan Amirqulov
Tugʻilgan sanasi 1940-yil 18-fevral (1940-02-18) (86 yosh)
Tugʻilgan joyi Boyterak qishlogʻi, Koson tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr aktyori
Faoliyat yillari 1963-yildan
Teatr Qashqadaryo teatri
Mukofotlari

Husan Amirqulov (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963-66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974-79) teatrlarida ishlagan, 1979-yildan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: Gʻani („Aldangan qiz“), Murod („Parvona“), Ferdinand („Makr va muhabbat“), Alisher Navoiy („Alisher Navoiy“), Aldar koʻsa („Aldar koʻsa“), Moʻmin („Oltin devor“), Saʼdiyev („Oʻn uchinchi rais“), Abulfayzxon („Abulfayzxon“), Amir Temur („Amir Temur“) va boshqa Amirqulov yaratgan obrazlari oʻzining toʻlaqonliligi, ijroda davr nafasini mohirona yetkaza olishi, tarixiy asarlarda yaratgan oʻziga xos, boy sahna chizgilari bilan ajralib turadi. Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).

Yuqori