| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Oqmoʻla viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Araymantov |
| Asos solingan sanasi | 1932-yil |
| Akim | Duysenov Lashintay Jasqayrattovich |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus |
| Aholi (2013) | 30,206 |
| Zichligi | 1,7 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 60,71% Ruslar - 23,00% Ukrainlar - 6,96% Olmonlar - 3,84% Tatarlar - 1,57% Beloruslar - 1,35% boshqalar - 2,55% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
| Maydoni | 17,5 ming km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 |
| Pochta indeksi | 020800-020810 |
| Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 51°37′8.4″N 73°5′45.6″E / 51.619000°N 73.096000°E | |
Araymantov tumani (qoz. Ерейментау ауданы, ەرەيمەنتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 17,5 ming km². Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Araymantov shahri. Tuman hududi orqali Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Aysari temir yoʻli, Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Bestoʻbe avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Aholisi
Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)
- qozoqlar — 20 596 kishi (60,71 %)
- ruslar — 7 804 kishi (23,00 %)
- ukrainlar — 2 362 kishi (6,96 %)
- olmonlar — 1 304 kishi (3,84 %)
- tatarlar — 534 kishi (1,57 %)
- beloruslar — 458 kishi (1,35 %)
- boshqirdlar — 132 kishi (0,39 %)
- moldavanlar — 80 kishi (0,24 %)
- udmurtlar — 76 kishi (0,22 %)
- polyaklar — 62 kishi (0,18 %)
- boshqalari — 518 kishi (1,53 %)
- Umumiy — 33 926 kishi (100,00 %)
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm.
Aholi punktlari
Verenka, Novodolinka, Yerkenshilik, Oʻljabay Batir (sobiq Blagodatnoe), Taybay, Oʻlenti, Qoʻytas, Boʻztal, Toʻrgʻay, (Novomarkovka).
- Qozogʻiston tumanlari
