Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qon guruhi — eritrotsitlarning individual antigen xarakteristikalarining tavsifidir. Bu eritrotsitlar membranasidagi uglevod va oqsillarning kimyoviy tarkibi or

Qon guruhlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qon guruhi — eritrotsitlarning individual antigen xarakteristikalarining tavsifidir. Bu eritrotsitlar membranasidagi uglevod va oqsillarning kimyoviy tarkibi orqali aniqlanadi.

Odamda antigenlarning bir necha tizimi aniqlangan, ulardan asosiylari ushbu maqolada yoritilgan.

Qon guruhlari tipologiyasi

AB0 tizimi

  • α va β: birinchi (0)
  • A va β: ikkinchi (A)
  • α va B: uchinchi (B)
  • A va B: toʻrtinchi (AB)
Qon qizil qon tanachalarining moslik jadvali
Retsipiyent Donor
0(I)Rh−0(I)Rh+B(III)Rh−B(III)Rh+A(II)Rh−A(II)Rh+AB(IV)Rh−AB(IV)Rh+
AB(IV)Rh+XXXXXXXX
AB(IV)Rh−X X X X 
A(II)Rh+XX  XX  
A(II)Rh−X   X   
B(III)Rh+XXXX    
B(III)Rh−X X     
0(I)Rh+XX      
0(I)Rh−X       

Plazma mosligi

Plazma mosligining jadvali
Donor qonining tipi Retsipiyent boʻlishi mumkin
AB AB
A A yoki AB
B B yoki AB
O Istalgan qon tipi

Qon guruhi haqidagi maʼlumotlarning qoʻllanishi

Qon quyish

Mos kelmagan guruhni qonini quyish immunologik reaksiya, eritrotsitlarning yopishishi (agregatsiya)ga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida gemolitik anemiya, buyraklardagi yetishmovchilik, shok va vafotga sababchi boʻladi.

Qon guruhi haqida maʼlumotlar ayrim davlatlarda pasportlarga kiritiladi, harbiylarda ular kiyimga yozilishi mumkin.

ABO va Rh guruhlarining turli davlatlarda taqsimlanishi

ABO va Rh guruhlarining taqsimlanishi (populyatsiyada oʻrtacha hisobda)
Davlat O+A+B+AB+O−A−B−AB−
Avstraliya 40%31%8%2%9%7%2%1%
Belgiya 38%34%8.5%4.1%7%6%1.5%0.8%
Kanada 39%36%7.6%2.5%7%6%1.4%0.5%
Daniya 35%37%8%4%6%7%2%1%
Finlandiya 27%38%15%7%4%6%2%1%
Fransiya 36%37%9%3%6%7%1%1%
Gonkong, Xitoy 40%26%27%7%<0.3%<0.3%<0.3%<0.3%
Janubiy Quriya 27.4%34.4%26.8%11.2%0.1%0.1%0.1%0.05%
Niderlandlar 39.5%35%6.7%2.5%7.5%7%1.3%0.5%
Polsha 31%32%15%7%6%6%2%1%
Shvetsiya 32%37%10%5%6%7%2%1%
Buyuk Britaniya 37%35%8%3%7%7%2%1%
AQSh 38%34%9%3%7%6%2%1%

Irimlar

Yaponiyada qon guruhi xarakterni belgilaydi degan fikr keng yoyilgan. Qon guruhi haqidagi savolni hattoki ishga qabul qilishayotganda ham berishlari mumkin.

Yuqori