Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov — 1947-yil 25-iyunda tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan

Saidahror Gʻulomov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov
Tavalludi 1947-yil 25-iyun (1947-06-25) (79 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston

Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov — 1947-yil 25-iyunda tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor.

Biografiyasi

  • 1947-yil 25-iyunda Toshkentshahrida tavallud topgan.
  • 1964-yilda oʻrta maktabni «a’lo» baholarga tugatdi.
  • 1969-yilda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „iqtisodiy informatika“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, mazkur institutning «Iqtisodiy kibernetika» kafedrasida tadqiqotchi-shogird lavozimiga ishga qoldirildi.
  • 1970—1973 yillarda G. V. Plexanov nomidagi Moskva Xalq xoʻjalik institutining kunduzgi boʻlim aspiranti boʻlib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  • 1973—1980 yillarda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „Iqtisodiy kibernetika“ kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. V.M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti doktoranti lavozimlarida ishlagan.
  • 1981-1998-yillarda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining professori, dekani, prorektori, rektori
  • 1998-yildan 2004-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
  • 2004-2006 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;
  • 2006-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlari yoʻnalishi vitse prezidenti; lavozimlarida ishlagan.
  • 2006-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi jamoatchilik asosida raisi,
  • 2010-yildan hozirgi vaqtga qadar esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori (0,5 stavka) boʻlib ishlab kelmoqda.
  • 2012-yildan shu kunga qadar Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazining „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Yuqori