| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Aleksey Vladimirovich Yevstafeyev | ||
| Tavallud sanasi | 1967-yil 28-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Yekaterinburg, RSFSR, SSSR | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Raqami | murabbiy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1990—1991 | | 64 | (5) |
| 1992—1998 | | 169 | (18) |
| 1999 | | 11 | (0) |
| 2000 | | 30 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2001 | | ||
| 2002—2009 | | ||
| 2009—2011 | | ||
| 2011—2013 | | ||
| 2012—2013 | | ||
| 2013—2014 | | ||
| 2013—2014 | | ||
| 2014—2016 | | ||
| 2017 | | ||
| 2018—2020 | | ||
| 2021—2022 | | ||
| 2023 | | ||
| 2024— | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Aleksey Vladimirovich Yevstafeyev (28.12.1967, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek sobiq futbolchisi, [Doʻstlik (futbol klubi, Toshkent)|Doʻstlik Toshkent]] jamoasi bosh murabbiyi.
Hayoti
Futboldagi faoliyati
Yevstafeyev Aleksey Vladimirovich futbolchilik faoliyatini 1990-yildan 1998-yilgacha „Traktor“ klubida oʻtkazgan. 1999-yilda Xorazm tarkibiga kelib qoʻshilgan.
Murabbiylik faoliyati
Yevstafeyev murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston ikkinchi ligasidagi „Qibray“ klubida boshlagan. 2002-yilda "Paxtakor"ga oʻtib, klub akademiyasiga murabbiylik qiladi. 2009-yilda Yevstafeyev Oʻzbekistonning 15 yoshgacha boʻlgan (U-15, 1994-yilda tugʻilgan) yoshlar terma jamoasini boshqargan, uning vazifasi 2010-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati AFC U-16 chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritish edi. 2009-yilda jamoa 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
2010-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-16 yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Yevstafeyev shogirdlari musobaqa finaliga chiqib KXDRlik tengdoshlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chempionat natijalariga koʻra Yevstafeyev shogirdlari ilk bor 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2011-yilgi jahon chempionatida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 1-oʻrin bilan guruh bosqichidan chiqib, chorak finalda Urugvay termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oʻsha yili Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida (U-19) Ahmadjon Musayevning yordamchisi etib tayinlandi. Jamoa 2012-yilda Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar borib 2013-yil U-20 jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2013-yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning 1/4 finaliga yoʻl oldi.
2011-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan Aleksey Yevstafeyev Oʻzbekistonda 2010-yilning eng yaxshi murabbiyi, shuningdek, yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi deb topildi. 2011-yil natijalariga koʻra Yevstafeyev Vadim Abramovdan soʻng ikkinchi oʻrinni qayd etdi.
2012-yilning 6-yanvarida Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga (21 yoshgacha) bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoa oldiga 2013-yilgi 22 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish asosiy vazifa qilib belgilandi. Yevstafeyev shogirdlari 2012-yil iyun oyida Nepalda oʻtkazilgan saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
2012-yil 26-dekabrda Yevstafeyev Oʻzbekiston U-18 yoshlar terma jamoasini boshqargan. Bu safar Yevstafeyev zimmasiga 2014-yilda Myanmada boʻlib oʻtadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida oʻtish vazifasi qoʻyildi. 2013-yilda U-18 terma jamoasi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, „A“ guruhida 2-oʻrinni egalladi. 2013-yilning dekabr oyi boshlarida U-22 jamoasida murabbiy almashdi. 2013-yilning 6-dekabr kuni Oʻzbekiston asosiy terma jamoasining hozirgi yordamchisi Shuhrat Maqsudov U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Yevstafeyev terma jamoaning katta murabbiyi, asistent boʻldi. Yevstafeyev, shuningdek, 18 yoshgacha boʻlganlar (1995-yilda tugʻilgan) jamoasining bosh murabbiyi lavozimini saqlab qoldi. 2014-yil 11-mart kuni Yevstafeyev oʻz iltimosiga binoan U-19 jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu lavozimda uning oʻrnini Sergey Luschan egalladi.
Yutuqlari
Murabbiy sifatida
Oʻzbekiston U15-U17
- U-16 Osiyo chempionati: 2-oʻrin, 2010-yil
- U-17 jahon chempionati: Chorak final, 2011-yil
Shaxsiy
- Oʻzbekistonda yil murabbiyi: 2010-yil
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (2-oʻrin): 2011-yil
- Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi: 2010, 2011
Mukofotlar
- 2011-yil 25-avgust – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy
- 2013-yil 23-avgust- "Doʻstlik" ordeni – ilmiy faoliyati va fidokorona mehnati bilan Vatan mustaqilligini mustahkamlash, milliy gʻoya rivoji, maʼnaviyatni tiklash, xalqning oʻz-oʻzini anglash tuygʻusini yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, yorqin isteʼdod va ijodkorligi uchun.
- 28-dekabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Yekaterinburgda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Xorazm futbolchilari
- Zarafshon Navoiy futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Shoʻrtan klubi murabbiylari
- FC Doʻstlik Toshkent klubi murabbiylari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylar
- Alifbo boʻyicha sportchilar