Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Michael Zetterer (talaffuzi: Maykl Zetterer; 1995-yil 12-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Werder klubi darvozaboni.

Michael Zetterer

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michael Zetterer
Zetterer Austria Klagenfurt safida. 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1995-yil 12-iyul (1995-07-12) (31 yosh)
Tavallud joyi Munich, Germaniya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Werder Bremen
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2006 DJK Darching
2006—2013 SpVgg Unterhaching
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 SpVgg Unterhaching 30 (0)
2015— Werder Bremen 11 (0)
2015— Werder Bremen II 30 (0)
2019 → Austria Klagenfurt (ijara) 14 (0)
2019—2021 → PEC Zwolle (ijara) 32 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2016 Germaniya U20 4 (0)
2016 Germaniya U21 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-iyun uchun)

Michael Zetterer (talaffuzi: Maykl Zetterer; 1995-yil 12-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Werder klubi darvozaboni.

Klublardagi faoliyati

Zetterer Bavariya vodiysida mahalliy DJK Darching safida futbol oʻynay boshladi. Oʻn bir yoshida, 2006-yilda SpVgg Unterhachingning yoshlar jamoasiga oʻtdi. 2012-yil dekabr oyida 2013-yildan 2016-yilgacha boʻlgan uch yillik professional shartnoma imzoladi.

SpVgg Unterhaching

2013-2014-yilgi mavsumda Zetterer avvaliga Korbinian Müllerdan keyingi zaxira darvozabon sifatida ishlagan. Korbinian Müllerning zaif tomonlari tufaylini bosh murabbiy Manuel Baum Zettererni yangi asosiy darvozabon etib tayinladi. U 2014-yilning 1-martida jamoasi Hallescher FCda mehmonda 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lganida debyut qilgan.

2014-2015-yilgi mavsumda Zetterer Unterxachingning doimiy darvozaboni boʻlib qoldi. Uning oʻyinlari Germaniya yoshlar terma jamoasi va Bundesliganing bir qancha klublarida qiziqish uygʻotdi.

Werder Bremen

2015-yilning yanvarida Zetterer Bundesliga vakili Werderga oʻtdi. OAV xabariga koʻra, u 2018-yilgacha shartnoma imzolagan va uning transfer narxi 100 000 yevroni tashkil qilgan. Raphael Wolf va Koen Casteelsdan keyingi zaxirada darvozaboni boʻldi. 2014-2015-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Zetterer Werderning zaxira jamoasi bilan yettita o‘yin o‘tkazdi va uning to‘rtinchi bosqich Regionalligadan 3.Ligaga ko‘tarilishiga hissa qo‘shdi.

Wolf jarohatlangan keyin Zetterer 2015-2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida asosiy jamoaning ikkinchi darvozaboni boʻlgan. Mavsumdagi ilk uchrashuvini 2015-yil 1-noyabrda o‘rinbosarlar jamoasi Chemnitserga qarshi o‘yinda (3:2) o‘tkazdi.

2018-yilning iyul oyida Werder bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirishga kelishib oldi.

2019-yilning fevral oyida Avstriyaning Klagenfurt klubiga ijaraga oʻtdi.

2022-yil 11-sentabrda Bundesligadagi debyutini o‘tkazdi va Augsburgga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan Jiří Pavlenkaning o‘rniga maydonga tushdi.

Xalqaro faoliyati

2014-yilning avgust oyida Zetterer birinchi marta Germaniya U20 terma jamoasiga kiritildi. Hozirgacha u terma jamoada 4 marta oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

1-iyun, 2022-yil
Klub Mavsum Liga DFB-Pokal Boshqa Jami Manba
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
SpVgg Unterhaching 2013—2014 3. Liga 11 0 0 0 11 0
2014—2015 3. Liga 19 0 0 0 19 0
Jami 30 0 0 0 0 0 30 0
SpVgg Unterhaching II 2014—2015 Bayernliga Süd 1 0 0 0 1 0
Werder Bremen II 2014—2015 Regionalliga Nord 7 0 - 7 0
2015—2016 3. Liga 1 0 - 1 0
2016—2017 3. Liga 22 0 - 22 0
Jami 30 0 0 0 0 0 30 0
Werder Bremen 2021—2002 2. Bundesliga 11 0 1 0 12 0
Austria Klagenfurt (ijara) 2018—2019 Avstriya ikkinchi ligasi 14 0 0 0 - 14 0
PEC Zwolle (ijara) 2019—2020 Eredivisie 13 0 1 0 14 0
2020—2021 Eredivisie 19 0 1 0 20 1
Jami 32 0 2 0 0 0 34 0
Jami faoliyati 118 0 3 0 0 0 121 0

Terma jamoada

Yillar Terma jamoa Ishtirok Gollar
2014—2016 Germaniya U20 4 0
2016 Germaniya U21 1 0
Yuqori