| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Almati viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Qaskelen | |
| Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
| Akim | Qutpanov Boʻlat-bi Satimbayevich | |
| Aholi (2013) | 285,943 (2-oʻrin) | |
| Zichligi | 124,3 kishi./km² | |
| Millatlar tarkibi | qozoqlar (58,18 %) ukrainlar (0,70 %) | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
| Maydoni | 2 300 km² (16-oʻrin) | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 72775 | |
| Pochta indeksi | 040900-040932 | |
| Avtomobil raqami kodi | B, 05 | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 43°11′57.84″N 76°37′17.40″E / 43.1994000°N 76.6215000°E | ||
Qarasay tumani — Almati viloyatining januby qismida joylashgan maʼmuriy hudud. 1928-yil tashkil topgan. Boshlanishida Lenin, keyinchalik (1935-yilgacha) Kalinin, 1935-yildan Qaskelen, 1998-yil sentyabr oyidan boshlab hozirgi nomi bilan nomlana boshladi. Yer maydoni 2,3 ming km2. Aholisi 285,943 kishi (2013). Tuman markazi Qaskelen shahri.
Aholisi
Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 285,943 kishi, zichligi 1 km2ga 124,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi asosan tekis hududlarda istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil):
- qozoqlar — 99 193 kishi (58,18 %)
- ruslar — 36 951 kishi (21,67 %)
- turklar — 10 690 kishi (6,22 %)
- ozarbayjonlar — 5 889 kishi (3,45 %)
- uygʻurlar — 4 219 kishi (2,47 %)
- kurdlar — 3 837 kishi (2,25 %)
- tatarlar — 1 878 kishi (1,10 %)
- olmonlar — 1 698 kishi (1,00 %)
- ukrainlar — 1 185 kishi (0,70 %)
- koreyslar — 888 kishi (0,52 %)
- chechenlar — 579 kishi (0,34 %)
- oʻzbeklar — 453 kishi (0,27 %)
- dunganlar — 254 kishi (0,15 %)
- qirgʻizlar — 217 kishi (0,13 %)
- beloruslar — 188 kishi (0,11 %)
- boshqalari — 2 457 kishi (1,44 %)
- Umumiy — 170 495 kishi (100,00 %)
Katta qishloqlari
- Qaskelen shahri
- Shamalgʻan (10,5)
- Shamalgʻan stansiyasi (9,1)
- Alatau (7,2)
- Kamenka (6,8)
- Qaragʻayli (6,0)
- Koʻksay (5,1)
- Abay (4,4)
- Irgeli (4,5)
- Jalpaqsay (4,1)
- Aqjar (3,9)
Iqlimi
Iqlimi kontinental, qishi ancha yumshoq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati − 6- 9 °C, iyulniki 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori tekis hududlarda 300–500 mm.
Ijtimoiy soha
Tumanda madaniy va maorif mahkamlaridan 53 kutubxona, 1 muzey, 7 madaniyat uyi, 1 kolledj, 3 kasbiy-texnik maktab, 46 umumiy bilim berish maskani, 2 bolalar bogʻchasi roʻyxatdan oʻtgan. Tibbiyot sohasidan „Sariarqa“, „Alma-Arasan“, „Qargʻali“, davolash joylari, „Orlenok“, „Elektron“ oʻquvchilar lagerlari, „Energetik“ horqiq uyi va oʻquvchilar lagerlari, shuningdek Qaskelen shahar markaziy kasalxonasi, Shamalgʻan qishlogʻi va Shamalgʻan temir yoʻli stansiyasilaridagi qishloq kasalxonalari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Boshqa qishloqlarda 30 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar va feldsherakusherlik punktlar bor. Tuman hududi orqali xalqaro ahamiyatga ega Almati — Qaragʻandi — Astana va Toshkent — Chimkent — Taraz — Bishkek — Almati tranzit avtomobil yoʻllari oʻtadi.
- Almati viloyati
- Qozogʻiston tumanlari
