Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Javohir Alisherovich Siddiqov (ruscha: Джавохир Алишерович Сиддиков, 1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Qoʻqonning „Qoʻqon

Javohir Siddiqov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Javohir Siddiqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Javohir Alisherovich Siddiqov
Tavallud sanasi 1996-yil 8-dekabr (1996-12-08) (29 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 164 cm (5 ft 4 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Qoʻqon 1912
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
7 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Paxtakor 2 (-)
2016—2020 Qoʻqon 1912 69 (11)
2019—2020   Paxtakor 21 (4)
2021 Lokomotiv 19 (0)
2022—2023 Qoʻqon 1912 21 (4)
2023   Nasaf 21 (1)
2024—2025 Nasaf 39 (3)
2026— Qoʻqon 1912 3 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekiston U-17 4 (-)
2014—2015 Oʻzbekiston U-20 6 (0)
2017—2019 Oʻzbekiston U-23 20 (4)
2018— Oʻzbekiston 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 1-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 1-iyun uchun)

Javohir Alisherovich Siddiqov (ruscha: Джавохир Алишерович Сиддиков, 1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. Javohir ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Qoʻqon 1912 klubi tarkibiga oʻtgan va asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yildan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati

2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014—2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yil Oʻzbekiston U-23 (Olimpiya) terma jamoasi tarkibida 2018-yilgi Osiyo oʻyinlaridan ishtirok etgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birga 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan.

Siddiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan va turnir davomida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 2019-yil 13-yanvar Al Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Turkmaniston 1-0 4-0 AFC Osiyo kubogi 2019

Yutuqlari

Paxtakor

Nasaf

Terma jamoa

  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni: 2018-yil
Yuqori