| Sazkar xonim | |||||
|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||
| Tugʻilishi | Zekiya Maan 8-may 1873-yil Kayalar, Adapazarı, Istanbul, Usmoniylar davlati | ||||
| Vafoti | tax. 1945 (yoshi 71–72) Damashq, Suriya | ||||
| Dafn etilgan joy | Sulaymoniya takyasi qabristoni, Damashq, Suriya | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | |||||
| Farzandlari | Rafiya Sulton | ||||
| |||||
| Uy | Maan (tugʻilganda) Usmoniylar (turmush orqali) | ||||
| Otasi | Rajab Bata Maan | ||||
| Onasi | Rukiya Havva Hanim | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Sazkar xonim (usmonli turkcha: سازکار خانم – „muvaffaq“; asl ismi – Fatma Zekiye Maan; 1873-yil 8-mayda tugʼilgan – tax. 1945-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning toʻqqizinchi xotini.
Yoshligi
Sazkar xonim 1873-yil 8-may kuni Istanbulning Adapazari shahri Kayalar deb nomlanuvchi hududida tugʻilgan. Asl ismi Fatma Zekiya Maan boʼlib, abxaziyalik zodagon Maan sulolasiga mansub edi. Otasi Rajab Bata Bey Maan, u esa Usmon Bey Maanning oʻgʻli, Kats Bey Maanning nabirasi edi. Onasi abxaziyalik Ruqiya Havva xonim Mikanba boʼlgan. Fatma Zekiye Maan sulton Abdulhamidning 12-xotini Behice xonimning jiyani edi.
Fatma Zekiye Maan saroy haramiga Çorlulizade Mahmud Jaloliddin poshoning abxaziyalik xotini Bidar xonim tomonidan taqdim etilgan. U boʻychan, malla sochli, och koʻk-yashil koʻzli ayol boʼlgan.
Nikohi
Sazkar xonim 1890-yilda Yıldız saroyida Abdulhamidga turmushga chiqqan va unga „Bosh Iqbol“ unvoni berilgan. Ularning nikohidan 1 yil oʻtib, 1891-yil 15-iyunda Sazkar oʼzining yagona farzandi, qizi Rafiya Sultonni dunyoga keltirgan. Sazkar xonim Abdulhamid II ning xotinlaridan biri Peyveste xonim bilan yaqin doʻst boʻlib qolgan.
1909-yil 27-aprelda Abdulhamid taxtdan agʻdarilib, Salonikiga surgun qilingan. Sazkar xonim Abdulhamidga juda yaqin edi va shu sababli bir muddat eri bilan boʼlgan. Biroq 1910-yilda Istanbulga qaytgan va qizi bilan Yeniköydagi saroyida yashay boshlagan. Keyinchalik Sazkar xonim Abdulhamidning xotinlari orasida eng suyuklisi boʻlgan Peyveste xonim bilan birga Shişlida yashagan. Ularning xonalari uyning bir qavatida joylashgan edi va har kuni birga qahva ichib, oʻtgan kunlarni eslab suhbat qurishardi. Peyveste xonimning oʻgʻli Shahzoda Abdurahim Hayriy ham shu yaqin atrofda yashar va ularni tez-tez yoʻqlab turardi. 1912-yilda Saloniki Yunoniston tarkibiga oʻtgach, Abdulhamid ham Istanbulga qaytarildi va Beylerbeyi saroyiga joylashtirildi. Abdulhamid 1918-yilda oʼsha yerda vafot etgan.
Beva qolishi va oʻlimi
1924-yil mart oyida sulola aʼzolari surgun qilingach, Sazkar qizi bilan birga Livanning Bayrut shahriga ketdi. U sulolaning qondosh aʼzosi emas, balki sultonning xotini boʼlganligi bois Turkiyada qolishi mumkin edi. Qizi 1938-yilda vafot etgach, Sazkar qizining qabri yaqinida boʻlish uchun Suriya poytaxti Damashqqa koʻchib oʻtgan va 1945-yilda shu yerda vafot etgan. Sazkar xonim vafot etgach, shaharda qizining yonida, yaʼni Suriyaning Damashq shahri Sulaymoniya takyasi qabristoniga dafn etilgan.
Farzandlari
| Ismi | Tugʻilgan sanasi | Vafot sanasi | Izohlar |
|---|---|---|---|
| Rafiya Sulton | 1891-yil 15-iyun | 1938-yil | bir marta turmushga chiqqan, ikki qizi bor |
Yana qarang
- Usmoniylar sultonlari xotinlari roʻyxati
- Iqbol (unvon)
- Usmoniylar imperiyasi harami
Adabiyotlar
- Açba, Leyla. Bir Çerkes prensesinin harem hatıraları. L & M, 2004. ISBN 978-9-756-49131-7.
- Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5.
- Osmanoğlu, Ayşe. Babam Sultan Abdülhamid. Mona Kitap Yayinlari, 2000. ISBN 978-6-050-81202-2.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu Mülkün Kadın Sultanları: Vâlide Sultanlar, Hâtunlar, Hasekiler, Kandınefendiler, Sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-6-051-71079-2.
- Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.
- 8-mayda tugʻilganlar
- 1873-yilda tugʻilganlar
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1945-yilda vafot etganlar
- Abdulhamid II
- 19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari
- 20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari
