![]() Alex 2010-yilda Chelsea klubi tarkibida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Alex Rodrigo Dias da Costa | ||
| Tavallud sanasi | 1982-yil 17-iyun | ||
| Tavallud joyi | Niterói, Braziliya | ||
| Boʻyi | 1.88 m | ||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000-2001 | Juventus (SP) | ||
| 2002 | Santos | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2002-2004 | Santos | 78 | (14) |
| 2004-2012 | Chelsea | 86 | (7) |
| 2004-2007 | → PSV (ijara) | 84 | (11) |
| 2012-2014 | PSG | 70 | (6) |
| 2014-2016 | A.C. Milan | 46 | (4) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2003-2004 | Braziliya U23 | 13 | (2) |
| 2002-2011 | Braziliya | 17 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Alex Rodrigo Dias da Costa (1982-yil 17-iyun, Braziliya) Alex ismi bilan tanilgan markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq braziliyalik futbolchi. U oʻzining jismoniy kuchi va zarbasi bilan tanilgan himoyachi boʻlib, yaqinlari uni „Tank“ va Canhao da Vila („Vila Belmiro toʻpi“) laqablari bilan chaqirishgan.
2004-yilda Premer-liganing Chelsea klubi tomonidan sotib olingan Alex Gollandiyaning PSV jamoasiga ijaraga berildi va ular bilan 3 marotaba Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritdi. U PSVdagi uch yillik faoliyatidan soʻng 2007-yilning yozida „Chelsea“ klubi tarkibiga kelib qoʻshiladi. Chelseadagi faoliyati davomida u 2009-yilda Angliya kubogi va 2010-yilda liga va Angliya kubogi dublini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finaliga qadar borishga erishdi. U 2012-yilning yanvarida 4,2 million funt sterling evaziga PSG tarkibiga kelib qoʻshiladi va klub bilan ikki marta Liga 1 gʻolibligini qoʻlga kiritadi. 2014-yilda amaldagi shartnoma tugaganidan soʻng Italiyaning Milan jamoasiga qoʻshiladi va ikki yildan soʻng faoliyatini yakunlaydi.
Alex 2003- va 2008-yillar oraligʻida Braziliya terma jamoasi safida 17 ta oʻyin oʻtkazadi. Ushbu yillar davomida futbolchi jamoa bilan birgalikda 2007-yilgi Amerika Kubogida gʻolib chiqdi va 2003 yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Klublardagi faoliyati
AC Milanda
2014-yilning 5-iyunida PSG bilan shartnomasi tugagach, Alex „Milan“ klubi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi. U 31-avgust kuni A Seriyaning yangi mavsumidagi dasylabki uchrashuvida oʻz debyut amalga oshirdi. Ushbu oʻyinda uning jamoasi oʻz maydonida "Latsio" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Himoyachi ilk golini 2015-yilning 17-mayida Sassuologa qarshi oʻyinda (3:2)da kiritgan. 2016-yil 31-yanvarda Madonnina derbisida Alex boshi bilan gol kiritadi.
U 2016-yilning 25-may kuni klub xoʻjayini Silvio Berlusconi, shuningdek, Philippe Mexès, Kevin-Prince Boateng va Mario Balotelli bilan birga jamoani tark etishini eʼlon qildi. 2016-yilning dekabr oyida Alex futbolchi sifatida faoliyatini yakunladi.
Faoliyat statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga oʻyinlar | Milliy kubok | Liga kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Umumiy | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Santos | 2002 | Série A | 25 | 3 | 25 | 3 | ||||||||
| 2003 | Série A | 40 | 10 | 40 | 10 | |||||||||
| 2004 | Série A | 13 | 1 | 13 | 1 | |||||||||
| Umumiy | 78 | 14 | 78 | 14 | ||||||||||
| PSV (ijarada) | 2004-05 | Eredivisie | 27 | 3 | — | 13 | 2 | 40 | 5 | |||||
| 2005-06 | Eredivisie | 28 | 2 | — | 7 | 0 | 35 | 2 | ||||||
| 2006-07 | Eredivisie | 29 | 6 | — | 8 | 2 | 37 | 8 | ||||||
| Umumiy | 84 | 11 | — | 28 | 4 | 112 | 15 | |||||||
| Chelsea | 2007-08 | Premier Liga | 28 | 2 | 2 | 0 | 3 | 0 | 6 | 1 | — | 39 | 3 | |
| 2008-09 | Premier League | 24 | 2 | 6 | 1 | 2 | 0 | 9 | 1 | — | 41 | 4 | ||
| 2009-10 | Premier League | 16 | 1 | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 25 | 1 | |
| 2010-11 | Premier League | 15 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 20 | 2 | ||
| 2011-12 | Premier League | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3{ | 0 | — | 9 | 0 | ||
| Umumiy | 86 | 7 | 14 | 1 | 10 | 0 | 24 | 3 | 0 | 0 | 134 | 11 | ||
| Paris Saint-Germain | 2011-12 | Ligue 1 | 15 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 16 | 2 | ||
| 2012-13 | Ligue 1 | 24 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 9 | 2 | — | 34 | 3 | ||
| 2013-14 | Ligue 1 | 31 | 2 | 1 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 1 | 1 | 42 | 3 | |
| Umumiy | 70 | 6 | 3 | 0 | 2 | 0 | 16 | 2 | 1 | 1 | 92 | 9 | ||
| A.C. Milan | 2014-15 | Serie A | 21 | 1 | 2 | 0 | — | — | — | 23 | 1 | |||
| 2015-16 | Serie A | 25 | 3 | 0 | 0 | — | — | — | 25 | 3 | ||||
| Umumiy | 46 | 4 | 2 | 0 | — | — | — | 48 | 4 | |||||
| Umumiy faoliyati | 364 | 42 | 19 | 1 | 12 | 0 | 68 | 9 | 2 | 1 | 465 | 53 | ||
- 17-iyunda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Braziliyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbolchilar
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Sportchilar
- Futbolga oid chala maqolalar
