- Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Ikromov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Azizbek Isroilovich Ikromov | |
|---|---|
| Mansab davri 2026-yil 28-yanvardan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Botir Qudratxoʻjayev |
| Mansab davri 2021-yildan – 2023-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Hotamov |
| Vorisi | Davron Nazarmuhamedov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1978-yil 10-iyun Toshkent |
| Mukofotlari | |
| Qoʻshin turi | ichki xizmat |
| Unvoni | General-mayor |
Azizbek Isroilovich Ikromov (oʻzbekcha: Азизбек Исраилович Икрамов) — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
Biografiyasi
1978-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovchisi.
2000—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasida bosh mutaxassislikdan bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.
2017-yil apreldan oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi.
2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.
2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi.
2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari.
2021-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi.
2020-yil 26-noyabrdan 2023-yil 27-iyulgacha — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.
2023-yil 27-iyuldan 2026-yil 28-yanvargacha Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2026-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
- 10-iyunda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston generallari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
