| Avliyo Chalabiy | |
|---|---|
| Avliyo Chalabiy Muhammad Zalli ibn Darvish | |
![]() | |
| Tavalludi | 25-mart 1611-yil Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
| Vafoti | 1682-yili |
| Fuqaroligi | |
Avliyo chalabiy (usmonli turkcha: اوليا چلبي; 1611–1682) — turkiyalik mashhur sayyoh va olim.
Istanbulda zargar oilasida dunyoga kelgan. U arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she’riyat ilmi (po-etika)ni chuqur egallagan. Avliyo Chalabiy birmuncha vaqt Istanbuldagi Ayo Soʻfiya masjidida hofizlik (qorilik) qilgan. Soʻngra sulton saroyiga xizmatga olinadi, lekin koʻp oʻtmay harbiy xizmatga joʻnatiladi. U bir necha bor Turk armiyasining Azovga (1641) va Vengriyaga (1656) qilgan yurishlarida qatnashgan.
Avliyo Chalabiy Kichik Osiyo, Kurdiston, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, Misr va Habashistonning koʻp joylarini kezib chiqqan (1640); u Janubiy Rossiya (1665), Qrim va Kavkaz, xususan, Ozarbayjon (1644—48), Ukraina (1656—58), Bolqon yarim orol (1656, 1680) boʻylab sayohat qilgan.
Bu mamlakatlarning tarixi, iqtisodiy, siyosiy ahvoli va xalqining urf-odati haqidagi qimmatli ma’lumotlar olimning "Sayyohning tarixi" yoki Sayohatnoma asarida keltirilgan. Bu asar tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Asarning qoʻlyozmalari Turkiya, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarning qoʻlyozma asarlar fondlarida saqlanmoqda. "Sayohatnoma" 1897—1938-yilllar orasida 10 jildda turk tilida nashr etilgan. Uning ayrim qismlari Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa tillariga, Moldova va Ukrainaga oid qismlari rus tiliga tarjima qilinib, 1961, 1979, 1983-yillarda nashr etildi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 25-martda tugʻilganlar
- 1611-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Sayyohlar
