![]() Flekken 2015-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1993-yil 13-iyun | ||
| Tavallud joyi | Kerkrade, Niderlandiya | ||
| Boʻyi | 1.95 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | SC Freiburg | ||
| Raqami | 26 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| WDZ | |||
| -2009 | Roda JC | ||
| 2009—2012 | Alemannia Aachen | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2013 | Alemannia Aachen | 15 | (0) |
| 2013—2016 | Greuther Fürth | 25 | (0) |
| 2013—2016 | Greuther Fürth II | 3 | (0) |
| 2016—2018 | MSV Duisburg | 68 | (1) |
| 2018- | SC Freiburg | 61 | (0) |
| 2021 | SC Freiburg II | 3 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022- | Niderlandiya | 4 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-noyabr 2022-yil uchun) | |||
Mark Flekken (1993-yil 13-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Freiburg“ klubi va Gollandiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Alemannia Aachen va Greyther Fürth
Flekken faoliyatini Bocholtz shahrida RKVV WDZ yoshlar boʻlimida boshlagan. 2011-yil 22-sentyabrda birinchi professional shartnomasini imzoladi.
2012—2013-yilgi 3. Liga mavsumining qishki tanaffusida Flekken René van Eck tomonidan asosiy darvozabon etib tayinlandi. Flekken 2013-yilning 26-yanvarida 1. Saarbruken FKga qarshi uy uchrashuvida (2:0) debyut qilgan.
MSV Duisburg
Flekken 2016-yil 12-iyun kuni MSV Duisburg bilan shartnoma imzoladi. 2016-yil 7-avgustda VfL Osnabrückga qarshi oʻyinda soʻnggi daqiqada gol urdi, oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi..
SC Freiburg
Flekken 2018—2019-yilhi mavsumda SC Freiburgga qoʻshildi. Mavsum davomida Alexandr Shwolowning zaxira darvozaboni boʻldi. 2018—2019-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida 1. Nürnberg klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Flekken 2021—2022-yilgi mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshladi va ketma-ket oʻnta oʻyinda jamoasi magʻlubiyatsiz oʻynaganidan soʻng ligada uchinchi oʻrinni egalladi. Shwolow 2020—2021-yilgi mavsum boshlanishidan oldin ketganidan soʻng, Flekken asosiy darvozabon etib tayinlandi, biroq koʻp oʻtmay DFB-Pokal doirasida SV Waldhof Mannheimga qarshi oʻyinda tirsagidan jiddiy jarohat oldi va butun mavsum qayta oʻynay olmadi.
Xalqaro faoliyati
Flekken 2021-yilning 13- va 16-noyabr kunlari Chernogoriya va Norvegiyaga qarshi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan edi.
Flekken Gollandiya terma jamoasi safida 2022-yil 26-mart kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Shaxsiy hayoti
Flekken Germaniya chegarasida Gollandiyaning Limburg, Bocholtz shahrida oʻsgan. Ota-onasi René va Annie ham futbol oʻynashgan, ukasi Roy ham darvozabon boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klubda
- 13-noyabr, 2022-yil
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Alemannia Aachen | 2012—2013 | 3. Liga | 15 | 0 | — | — | 15 | 0 | ||
| Greuther Fürth II | 2013—2014 | Regionalliga Bayern | 14 | 0 | — | — | 14 | 0 | ||
| 2014—2015 | 3 | 0 | — | — | 3 | 0 | ||||
| 2015—2016 | 8 | 0 | — | — | 8 | 0 | ||||
| Jami | 25 | 0 | — | — | 25 | 0 | ||||
| Greuther Fürth | 2014—2015 | 2. Bundesliga | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | |
| 2015—2016 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 2 | 0 | |||
| Jami | 3 | 0 | 1 | 0 | — | 4 | 0 | |||
| MSV Duisburg | 2016—2017 | 3. Liga | 37 | 1 | 1 | 0 | — | 38 | 1 | |
| 2017—2018 | 2. Bundesliga | 31 | 0 | 1 | 0 | — | 32 | 0 | ||
| Jami | 68 | 1 | 2 | 0 | — | 70 | 0 | |||
| SC Freiburg | 2018—2019 | Bundesliga | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
| 2019—2020 | 10 | 0 | 1 | 0 | — | 11 | 0 | |||
| 2020—2021 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | 4 | 0 | |||
| 2021—2022 | 32 | 0 | 5 | 0 | — | 37 | 0 | |||
| 2022—2023 | 15 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | 21 | 0 | ||
| Jami | 61 | 0 | 8 | 0 | 5 | 0 | 74 | 0 | ||
| SC Freiburg II | 2020—2021 | Regionalliga Südwest | 3 | 0 | — | — | 3 | 0 | ||
| Jami faoliyati | 175 | 1 | 11 | 0 | 5 | 0 | 191 | 1 | ||
- 13-iyunda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
