Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jahongir Otajonov (1978-yil 29-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik xonanda, sozanda va bastakor.

Jahongir Otajonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Otajonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jahongir Otajonov
Fayl:Jahongir Otajonov.jpg
Tavalludi 1978-yil 29-sentyabr (1978-09-29) (47 yosh)
Kasbi Xonanda, sozanda.
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Jahongir Otajonov (1978-yil 29-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik xonanda, sozanda va bastakor.

Hayoti

Jahongir Otajonov 1978-yil 29-sentyabrda OʻzSSR Xorazm viloyatida tugʻilgan. Otasi Safarboy Otajonov nemis tili oʻqituvchisi, onasi esa o‘zbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 6 marta oila qurgan. 8 nafar farzandi bor.

Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan Jahongir Otajonov amakisi Ortiq Otajonovga havas qilib musiqaga kirib kelgan. 1-sinfligidan Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni bitirgach Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan. Ilk mashhurlikka „Arazlamang“, „Oq kabutarlar“, „Dogʻman“ qoʻshiqlari orqali erishgan.

Sud

2021-yil 27-iyun kuni ijtimoiy tarmoq orqali ichki ishlar organi xodimlarini haqorat qilgani boʻyicha sudlandi. Sud hukmi 26-iyul kuni oʻqildi, unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan aybli topildi va 21-moddaga koʻra javobgarlikdan ozod etildi.

2021-yilgi prezident saylovi

Jahongir Otajonov 2021-yilning 20-yanvarida musiqadan ketganini eʼlon qilganidan koʻp oʻtmay oʻzining instagram sahifasida 2021-yilgi Oʻzbekiston Prezidenti saylovida oʻz nomzodini qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Shu yilning mart oyida u baʼzi taqiblar sabab Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda Otajonov nomaʼlum shaxslar tomonidan jismoniy tazyiqqa uchraganini va ular Oʻzbekiston hukumatiga aloqador shaxslar boʻishi mumkin, degan taxminini aytgan. 12-iyun kuni u onasining noroziligi tufayli siyosatdan ketishini e’lon qilgan.

Diskografiyasi

Yil Nomi Shoir Bastakor Musiqiy sayqalchi Izoh
2025 Happy Birthday
2024 Poram
Foniy dunyo Mahtumquli Eftan
Kachayte Galina Barskaya

(ruscha: „Галина Барская“)

Jahongir Otajonov Behzod Aytboyev
Davraga tush Bunyod Sharipov bilan duet
2023 Nimasan? Mahtumquli Asl matn oʻzgartirilgan
Bom-bom
Dunyodan uzoq Pinhani Suxrob Botirov
Gazini bos Mustafa Hoshogʻli Jahongir Otajonov ROCKET_A bilan duet
2022 Koʻzi qaro Xofiz Xorazmiy Jahongir Otajonov Suxrob Botirov
Oʻrtar
2021 18 yoshindadur Alisher Navoiy Jahongir Otajonov Rasulbek Hudayberganov
2020 Ya Hazrati Muhammad Ali Otajonov bilan duet
Oʻynasin
Zikr Ali Otajonov bilan duet
2019 Jingalamo
Jonim
Lola Muhammad Yusuf Jasur Badalbayev

A. Xolmurodov

2018 Qaddi baland
2014 Muhabbatim Muhammad Yusuf
Yuqori