Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ortiq Otajonov (1947.30.1, Xorazm viloyati Bogʻot tumani — 2019.17.5, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq arti

Ortiq Otajonov

Vikipediyada ismi Ortiq va familiyasi Otajonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Ortiq Otajonov (1947.30.1, Xorazm viloyati Bogʻot tumani — 2019.17.5, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Xorazm viloyati Bogʻot tumani Jdanov (hozir Navoiy) nomli kolxozda tavallud topgan. Maktabni 7-sinfgacha Bogʻotda, davomini Urganchda oʻqigan. Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi boʻyicha, 1967) va Toshkent madaniyat instituti (1980)ni tugatgan. Milliy ashulachilik yoʻllarini Komiljon Otaniyozov. shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, „Lazgi“ ansamblida xonanda (1968—1981), „Lazgi“ ansamblining badiiy rahbari (1982—1988). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari („Feruz 1, 11“ savtlari bilan, „Chapandozi Suvora“, „Kajhang Suvora“, „Xorazm Dugohi“ va boshqalar), kuyini oʻzi bastalagan asarlar („Zebolanib kelibsiz“, „Ona diyorim“, „Xorazm farzandiman“, „Orol dardi“, „Seni kulishlaring“, „Ibiyay“, „Boshqacha“ va boshqalar), shuningdek, afgʻon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qoʻshiqlari oʻrin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. Oʻzbekiston televideniyesida „Ortiq Otajonov“ film-konserti yaratilgan. O. Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Ortiq Otajonov
Tavalludi 30-yanvar 1947-yil
Xorazm
Vafoti 17-may 2019-yil(2019-05-17)
(72 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR
Kasbi xonanda
Faoliyat yillari 1967-2019
Unvoni Oʻzbekiston Xalq Artisti (1991)
Bolalari Ulugʻbek Otajonov
Mukofotlari

Oʻzbekiston Xalq Artisti unvonining ilk sohibi. 1991-yil 8-noyabrda Oʻzbekiston Xalq Artisti unvoni ilk marta Ortiq Otajonovga Islom Karimov tomonidan shaxsan topshirilgan.

Ortiq Otajonov 2019-yil 17-may kuni vafot etdi.

Oilasi

  • Otajonova Chinni Matchonovna - onasi (1927.3-2008.3)
  • Safarboy Otajonov - ukasi, Jahongir Otajonovning otasi.
  • Qoʻzivoy Otajonov - ukasi.
  • Ulugʻbek Otajonov — oʻgʻli.
  • Zokir Otajonov - oʻgʻli
  • Karomat Otajonova — katta qizi.
  • Xosiyat Otajonova - qizi
  • Ali Otajonov — nabirasi.
  • Mardon Otajonov - nabirasi
  • Kamron Otajonov - nabirasi
  • Umrbek Otajonov - nabirasi, Ulugʻbek Otajonovni oʻgʻli
  • Behzod Otajonov - nabirasi
  • Islom Otajonov - nabirasi
  • Nodir Otajonov - nabirasi
  • Jahongir Otajonov — jiyani, ukasi Safarboy Otajonovning oʻgʻli

Unvon va mukofotlari

  • Oʻzbekiston xalq artisti
  • Mehnat shuhrati ordeni (2021-yil);
Yuqori